Spamga qarshi ko’rashning shaxsiy vositalari.
Microsoft kompaniyasining pochta mijozlariga aniqlab, ularni alohida papkalarga joylashtiruvchi filtrlar bilan jixozlangan. Foydalanuvchi ushbu papkani vaqti – vaqti bilan tekshirib, o’tib ketib qolgan kerakli xatlarni ajratib olish kerak bo’ladi.
Microsoft Outlook 2010 filtri axborotlarni rasmiy atributlarini tahlil qiladi. Rasmiy atributlariga sarlavxadan ajratib olinadigan ko’rsatgichlar: jo’natuvchi va oluvchining adresi, xatning hajmi, ilovaning mavjudligi, shuningdek uning hajmi va x.k. Rasmiy atributlar tahlil qilishda filtr ok va qora ruxxatdan foydalanuvchi doimiy ravishda axborot almashib turadigan tashkilotlar kiritiladi. Qora ro’yhatga ommaviy ravishda spam jo’natish aniqlangan serverlar kiritiladi. Bunday serverlar internetdagi bozorlarda to’planadi. SHuning uchun ham pochta mijozlari spamerlarni ro’yhati vaqti – vaqti bilan yangilab boradilar. Foydalanuvchi o’zi ham ro’yhatga yangi spamerlarni kiritib borish mumkin.
Microsoft Outlook 2010 ga kiritilgan filtr xatlarning matnini tahlil qilish imkoniyatiga ega. Buning uchun maxsus leksiko signatur bazasidan foydalaniladi.
Leksiko signatura- bu pochta ma’lumotlarining o’ziga xos shabloni. Ushbu shablonlar maxsus joylarda, bazalarda saqlanadi. Bu bazalar antivirus bazalarini eslatadi, u yerda zararli kodlarning signaturalari kiritiladi. Mutaxassislar spamlar uchun ham shunday texnologiyalarni ishlab chiqdilar. SHunday qilib, ma’lumot matnini tahlil qilayotganda, filrt ularni bazada saqlanayotgan namunalar bilan solishtiriladi.
Kaspersky Anti – spam mahsuloti Microsoft Outlook qo’shimcha menyu sifatida sotilmoqda. Ushbu mahsulot ingliz, rus, ispan, frantso’z va nemis tillaridagi ma’lumotlarini qayta ishlash mumkin. Kaspersky Anti – spam kirayotgan pochtalarni avtomatik tarzda spamlarni toifalar bo’yicha ajratadi.
1. SPAM (aniq spam) ;
2. FORMAL ( rasmiy mahsulot, pochta robotlari to’zgan ma’lumot);
3. OBSCENE (leksiko me’yorlaridan chetga chiqqan ma’lumot) ;
4. PROBABLE SPAM (spam bo’lishi mumkin).
Spam bo’lishi mumkin toifadagi ma’lumotlarga filtr spam ekanligiga to’liq ishonmagan ma’lumotlar kiradi. Filtrning natijasini samaradorligi, unga kiritilgan bazaning sifatiga bog’liqdir. Ushbu mahsulotni yaratgan mutaxassislar lingvistik laboratoriyaga ega bo’lib, ular bazani doimiy ravishda yangilab turadi. Har kungi bazani yangilash hajmi o’rtacha 100 Kbaytga tengdir.
Bazaga bunchalik katta e’tibor berishning sababi, kelayotgan ma’lumotlar bir – ikkita mezon bilan emas, juda nozik belgilarini ham solishtirib tahlil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |