O’QUV-USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI
1.
|
O’quv materiallar:
|
|
1.1.
|
Ma’ruza kursi.
|
5
|
1.2.
|
Amaliy mashg’ulotlarni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma.
|
160
|
|
|
|
2.
|
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari:
|
250
|
2.1.
|
Mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy ko’rsatma.
|
250
|
2.2.
|
Kurs loyiha va kurs ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma.
|
251
|
|
|
|
3.
|
Glossariy.
|
292
|
4.
|
Ilovalar:
|
|
4.1.
|
Fan dasturi.
|
318
|
4.2.
|
Ishchi o’quv dastur.
|
330
|
4.3.
|
Sillabus.
|
349
|
4.4.
|
Tarqatma materiallar.
|
353
|
4.5.
|
Testlar.
|
375
|
4.6.
|
Ishchi o’quv dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.
|
414
|
4.7.
|
Fanning o’ziga xosligiga qarab o’rganish bo’yicha boshqa materiallar.
|
|
4.8.
|
O’UM ning elektron varianti.
|
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
“SANOAT ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH”
KAFEDRASI
Eraliev A.A.
“Zamonaviy ofislarni boshqarish”
FANIDAN
MA’RUZALAR KURSI
Andijon 2021
Eraliev A.A. , Zamonaviy ofislarni boshqarish. Ma’ruzalar kursi. – A.: And.MI, 2021, 155– bet.
Taqrizchilar:
1. A. Maxmudov – “Uzbekneftegaz” DXK SP-1 boshqarmasi boshlig’i
D. Isroilova – AndMI, “Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi katta o’qituvchisi, iqtisod fanlari nomzodi.
Zamonaviy ofislarni boshqarishning mohiyati, iqtisodiyotda to’tgan o’rni, ofislarning turlari va shakllari, xorijiy mamlakatlarda hamda O’zbekistonda zamonaviy ofislarni boshqarishning rivojlanishi, Zamonaviy ofislarni boshqarish faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, tahlil etish, boshqarish, bank, soliq, audit bilan aloqalari, moliyaviy holati, kredit bilan ta’minlash shakllari va faoliyatining samaradorligini aniqlash usulari ham korxonadagi axborotlarni himoyalash yo’llari bayon etilgan.
Eraliev A.A.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
A.A. ERALIYEV
ZAMONAVIY OFISLARNI BOSHQARISH
A N D I J O N — 2021
Mundarija
|
|
So’zboshi
|
5
|
1 mavzu: Zamonaviy ofislarni boshqarish fanining
mohiyati va vazifalari…………………………………………
Fanning predmeti, maqsadi va o’rganish ob’ekti
Hujjatlarning aylanishining mohiyati va strukturasi.
Ofislarni boshqarishda axborot almashishning ahamiyati, rahbar va xodim o’rtasidagi kommunikatsiya.
|
8
|
2-mavzu. Ish yuritish va ofislar tashkiliy texnikasining rivojlanish evolyutsiyasining asosiy tendentsiyalari
Ish yuritish (munshoat)ning evolyutsion tarixi.
Korxonalarni kompyuterlashtirish evolyutsiyasi.
Ofislarni dastur ta’minotidagi evolyutsion jarayonlar.
Hujjatlar va hujjatlar sistemasi.
|
17
|
3-mavzu. Boshqarishni hujjatlar bilan ta’minlash
Boshqarishni hujjatlar bilan ta’minlashning umumiy strukturasi.
Ish yuritishning me’yoriy bazasi.
Hujjatlar tizimi va ularni rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar.
|
22
|
4-mavzu. Korxonadagi informatsion aloqalar
Turli tashkilotlardagi axborot aylanish strukturasi.
Internet, intranet va ekstranet tarmoqlari.
Ofis texnikasi va zamonviy ofislarda axborotlar oqim.
|
32
|
5-mavzu. Texnik vositalardan foydalangan holda hujjatlar
aylanishini tashkil etish
Hujjatlar aylanishini avtomatlashtirish va uning bosqichlari.
Elektron hujjatlarning yuridik kuchi.
Yuridik kuchga ega bo’lmagan hujjatlarni ayirboshlash.
Turli hajmdagi korxonalarda hujjatlar aylanishi.
|
41
|
6- mavzu. Elektron pochta va yangiliklarni guruxlarga ajratish
Elektron pochtaning adresi va uning ishlash tamoyillari.
Pochta mijozlarining funktsiyalari va ommaviy pochta mijozlari.
Xizmat e-mail larini yozish etikasi.
Tarqatmalarning ro’yhati va tarmoqdagi yangiliklar.
|
52
|
7- mavzu. Korxonalarda rejalashtirish funktsiyalari va ishlab chiqarish dasturlari
Kompaniya missiyasi .
Rejalashtirish turlari.
Korxonaning ishlab chiqarish dasturi
|
59
|
8 – mavzu. Xodimlarning ish vaqtini to’g’ri rejalashtirishni tashkil etish
Kompaniya rejalari va uning xodimlarining rejalari.
Xodimlar vaqtini rejalashtirish tamoyillari.
Axborotlar bilan oqilona ishlashni tashkil qilish.
|
66
|
9 mavzu. Tashkilotlarda kompyuterlardan foydalanishdagi xavfsizlik muammolari
AyTi (IT) xavfsizligi bilan bog’liq muammolarning kelib chiqish sabablari.
IT-xavfsizligi muammolarining turli darajalari.
|
74
|
10-mavzu: Axborot olish va undan foydalanishni nazorat qilishni tashkil etish.
MS Office hujjatlaridan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish.
Axborot olishni nazorat qilishning texnik vositalari.
Axborot olishni nazorat qilishning biometrik vositalari.
|
78
|
11- mavzu: SHartnomalar tuzish va uning yuridik asoslari.
SHartnoma tushunchasi va uni tuzish shartlari.
Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnoma va ularni sharxlash.
SHartnoma shakllari va oferta.
|
85
|
12-tema. Zamonaviy tashkilotlarda informatsion xavfsizlikni ta’minlash
«Kontent sekyuriti» tushunchasining mohiyati.
Spamga qarshi ko’rashning shaxsiy vositalari.
Spamga qarshi ko’rashning korporativ yechimlari.
|
89
|
13-mavzu. Marketing va marketing hujjatlari
Marketing to’g’risidagi asosiy tushunchalar.
Marketingni rejalashtirish.
Marketingni rejelashtirish uchun zarur bo’lgan hujjatlar.
|
97
|
14-mavzu: Prezentatsiya (taqdimot) o’tkazish san’ati
Taqdimot va uni rejalashtirish bosqichlari.
Taqdimotni o’tkazish qoidalari.
Auditoriya bilan o’zaro harakati va taqdimot multimediyasi va uning ustivorligi.
|
105
|
15 – mavzu: Korporativ saytga tashrif buyurishni
ko’paytirish yo’llari
Saytga kiruvchilar sonini qanday qilib ko’paytirish mumkin?
Saytni Web orqali reklama qilish va ularning turlari.
Saytlarni qidiruv sistemasiga olib kirish.
E-mail – jo’natmalar, ularning turlari va yaxshilash usullari.
|
120
|
16- mavzu. SHaxsiy marketing yoki qanday qilib xizmat lavozimidan
kutariladi.
«SHaxsiy marketing» nima?
Ofis madaniyatining turlari va talablari.
Samarali rezyume yozish sirlari.
Internetda ish beruvchi topish yo’llari.
|
130
|
GLOSSARIY
|
139
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
146
|
So’zboshi
O’zbekiston iqtisodiyotining istiqbolga mo’ljallangan asosiy vazifa va ustuvor yo’nalishlari avvalo bu sohaning yuqori sur’atlar bilan o’sib borishini ta’minlash, buning uchun mavjud barcha rezerv va imkoniyatlarni safarbar etish borasida qabul qilingan strategiyani davom ettirishga qaratilgan.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustaxkamlash, xavfsizlik va xuquqtartibot, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustivorligini, inson xuquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglik muxitini taminlash uchun muxim poydevor bo’ldi, halqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shartsharoitlar yaratdi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiet yo’lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal suratlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondoshuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va chiqarishni taqazo etmoqda. Yuritilaetgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama, jadal rivojlanishi uchun shartsharoitlar yaratib, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda xayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustivor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida Prezident SHavkat Mirziyoyev 2017 yil 7-fevral kuni ,,O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’isida”gi farmonni imzoladi va 2017-2021yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi.
Takidlash joiz, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev 2021 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida, shuningdek mamlakatimiz jamoatchiligi, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog’ida mamlakatni ijtimoiy-siesiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalariga katta e’tibor qaratib kelganlar. SHu bilan birga SHavkat Mirziyoev 2020 yilning 29 dekabrida O’zbekiston Respublikasi Parlamentiga qilgan Murojaatnomasida informatsion texnologiyalarni rivojlantirishga alohida to’xtab o’tdilar va jumladan shunday dedilar: “Toshkent shahri, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg`ona viloyatlarida tashkil etilgan “IT-parklar”da 500 dan ortiq zamonaviy kompaniyalar ish boshladi”1.
Bozorning iqtisodiy munosabatlari korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlarni boshqarish va uni tashkil etishlarni har taraflama o’zgarishini talab etadi. Uzoq muddatda korxonalarning samarali faoliyati, ularning raqobatbardoshligini oshirish va rivojlanishning yuqori darajalariga ko’tarish, korxonalardagi ishchi va mutaxassisning innovatsion faolligi darajasi va innovatsion faoliyat diapazoni kengligi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotning yangilanishi innovatsiyalarga bog’liq ekan, demak bu faoliyat to’g’risida malakaga ega bo’lish muhim ahamiyatga ega bo’lib, talabalar bu borada puxta va chuqur nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar egallashlari zarur.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyevni ushbu Murojaatnomasidan kelib chiqadigan asosiy masala va vazifa qo’shma korxonalar va xorijiy kapitalga qurilgan korxonalarda halqaro talablarga mos ravishda ish yuritish va ofislarni boshqarishni tashkil etishdir. Bu borada oliygoxlarda keskin o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Talabalarga zamonaviy firma va kompaniyalardagi, jumladan, AQSHning «Djeneral elektrik», «Dyupon» , ACDI\VOCA va Yaponiyaning «Toyota» kompaniyalaridagi ofislarni boshqarish tajribalarini o’rgatish maqsadida va mitaqadagi ko’plab sanoat ishlab chiqarish korxonalarining talablaridan kelib chiqib «Zamonaviy ofislarda ish yuritish va boshqarish» fani o’quv rejaga kiritilgan.
«Zamonaviy ofislarni boshqarish» fani bo’yicha respublikamiz va MDH mamlakatlarining yetakchi olimlari tomonidan ko’plab darslik va ma’ruzalar kursilar chop etilgan.
Yuqorida qayd etilgan ma’ruzalar kursilardan farqli o’laroq, mazkur ma’ruzalar kursi O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Zamonaviy ofislarni boshqarish» fani o’quv dasturi asosida tayyorlangan.
Unda Zamonaviy ofislarni boshqarish bo’yicha xorij iqtisodchi-olimlari tomonidan ilgari surilgan nazariya va maktablarning vujudga kelishi va taraqqiy topishi, Zamonaviy ofislarni boshqarish tushunchalari, ularning iqtisodiyotda to’tgan o’rni, respublikada korxonalarni rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari, Zamonaviy ofislarni boshqarishning tashkiliy-huquqiy asoslari va ularni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash masalalari keng yoritilgan. SHuningdek, Zamonaviy ofislarni boshqarishda tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish, uning moliyaviy holati va kredit bilan ta’minlash shakllari va boshqarishni axborot bilan ta’minlash yo’llari, boshqarish psixologiyasi va faoliyatining iqtisodiy samaradorligini aniqlash usullari batafsil bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |