Marketing byudjeti - firmaning marketing faoliyatini amalga oshirishdagi xarajatlar, foyda va daromadlar miqdori detallashtirilgan tarzda (marketing kompleksi elementlari yoki marketing tadbirlari bo’yicha) aks ettirilgan ko’rsatkichlar tizimi, marketingning moliyaviy rejasi, korxona marketing rejasining bo’limi. Marketing byudjetini rejalashtirish maqsadli foydaga asoslanishi yoki foydani optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin.
Marketing jarayoni - yangi ehtiyoj va g’oyalarni izlab topish, tanlash va ularni tovar yoki xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va bozorlarda yoki savdo taqsimot tarmoqlariga sotish bilan bog’liq harakatlar va bosqichlarning tartibga solingan majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |