Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar va
tavsiyalar
“Marketing” fani bo’yicha amaliy va seminar mashg’ulotlari talabalarning fanni nazariy va amaliy jixatlarini chuqurroq tushunishlariga yordam beradi. Amaliy va seminar mashg’ulotlarda O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari batafsil o’rganiladi.
Amaliy mashg’ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan
mavzulari:
Amaliy mashg’ulotlarda talabalar turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil etish yo’llarini o’rganadilar.
Amaliy mashg’ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
Marketing va uni rivojlanishini asosiy bosqichlari
Marketing tamoyillari, vazifalari, funktsiyalari va turlari
Marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash
Marketingni tarkibiy tuzilishi va uni boshqarishni tashkil etish
Marketing dasturi
Strategik va taktik rejalashtirish, marketing nazorati
Bozor kon’yunkturasini tadqiq etish va bashorat qilish
Bozor segmentatsiyasi va xaridorlar turlari
Tovar va tovar siyosati
Narx va narx siyosati
Sotish siyosati
Kommunikatsiya siyosati
Amaliy va seminar mashg’ulotlari talabalar bilan blits – so’rov savollari, “davra suhbati” munozarasi shaklida o’tkaziladi. Aqliy xujum uslubi asosida talabalar faoliyati faollashtiriladi. Amaliy va seminar mashg’ulotlarida talabalar bir necha guruxlarga bo’linadi va ularga muxokama qilish uchun savollar beriladi. Har bir guruxga natijalarni baholash varag’i tarqatiladi. Har bir guruxdan yetakchi o’z guruxining javoblarini taqdim qiladi. Har bir gurux boshqa guruxlar javoblarini baholaydi. Bundan tashqari amaliy va seminar mashg’ulotlarida mashg’ulot mavzusiga oid bo’lgan masala va misollar, test savollari yechiladi, keys-stadilar muxokama qilinadi, xamda ishbilarmon o’yinlari o’tkaziladi. Talabalar amaliy va seminar mashg’ulotlarida uy vazifasini bajarish bo’yicha berilgan topshiriqlar va referatlarni taqdimot qiladilar. Taqdimot jarayonida POWER POINT dasturidan keng foydalaniladi. Pinbord texnikasi, Venna diagrammasi, T-sxema, SWOT taxlili, “Sinkveyn”, “Nima uchun”, “Qanday”, “Koop-koop” va boshqa grafik organayzerlardan foydalanish amaliy va seminar mashg’ulotlari sifatini yaxshilashga xamda talabalarning mavzuni o’zlashtirish darajasini oshirishga yordam beradi. SHuningdek, fanga doir turli darslik ham o’quv qo’llanmalar asosida, tarqatma materiallardan foydalanish orqali talabalar bilimlarini oshirish, statistik ma’lumotlar asosida mavzular bo’yicha tahlillar olib borish, masalalar yechish va boshqalar tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |