3. Ofislarni boshqarishda axborot almashinuvining ahamiyati,
rahbar va xodim o’rtasidagi kommunikatsiya
Tashkilotlarning iqtisodiy samaradorligi, boshqarish samaradorligiga bevosita bog’liqdir. Boshqarish samaradorligini ta’minlovchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Rahbar xodimlarning malakasi;
Boshqarish xarajatlarini kamaytirish;
Boshqarish va ishlab chiqarish o’rtasidagi mutonosiblik;
Boshqarish kommunikatsiyasining samaradorligini oshirish.
Kommunikatsiyaning samaradorligi deganda boshqarish ob’ekti va sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro axborot almashinuv jarayonidagi xarajatlarni kamaytirish, vaqt omilining qaytarib bo’lmasligi va xakozolar. Tashkilotdagi xodimlararo, rahbar va xodimlar o’rtasidagi bevosita muloqot quyidagi usullarda amalga oshiriladi( 1 -rasm):
1 -rasm. Axborot o’tkazish jarayoni
Ogzaki kommunikatsiya - nutq, ya’ni so’zlar yordamida muloqot qilish jarayoni bo’lib, menejmentda bu jarayon-verbal kommunikativ xatti-harakatlar deyiladi.
Nutqsiz-noverbal kommunikatsiya qo’l, barmoq, yuz harakatlari, imo-ishora, oxang, sukut (pauza), kulgu, ko’z yoshi qilish orqali amalga oshiriladi, bo’lar og’zaki kommunikativ xatti-harakat vositasi hisoblangan so’zlarni to’ldiruvchi, kuchaytiruvchi ba’zan esa o’rnini bosuvchi belgilar tizimini hosil qiladi.
Noverbal kommunikativ xatti-harakatlar quyidagi ko’rinishlardan iborat bo’ladi:
Optika - kinestetik - imo-ishora, pantomimika;
Paralingvistik - ovoz sifati, oxangi, tembri va diapazoni;
Ekstralingvistik - pauza, yig’i va kulgu;
Makon va zamon - suhbat ishtirokchilarining moyilligi, muloqot
o’tkazish vaqti , joyi va sharoiti.
Noverbal xatti-harakatlar insonning yoshi, jinsi, millati, temperamentining turi, ijtimoiy mavqeyi va kasbiga qarab farq qiladi, masalan:
- italiyalik yoki shvetsariyaliklarning xatti-harakatlari bir - biridan farq qiladi;
- ijtimoiy-iqtisodiy mavqei yuqori bo’lgan kishilarda jestlar va tana harakati kamroq bo’ladi.
Imo-ishoralarga umumiy holatdan kelib chiqqan holda baho berish maqsadga muvofiqdir. Bir xil so’zlar turli ma’no berganidek, imo-ishoralar ham turli ma’noni anglatadi. Masalan: Suhbat davrida qo’llarini ko’kragiga chalmashtirib olgan kishi, o’zini erkin xis qilmayotganini yoki bu muammoni hal qilishda ishtirok etishni xoxlamasligini bildirsa, qishda ochiq havoda turgan kishining esa sovuqqotganligini bildiradi.
Qo’l berib ko’rishishdan qochish ma’lum kasb egalariga xosdir. Masalan: rassomlar, musiqachilar va jarroxlar.
Biz yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek kommunikatsiya kishilar o’rtasidagi munosabatlar jarayoni bo’lib, bu jarayon ishtirokchilari quyidagicha nomlanadilar:
-axborot beruvchi – Kommunikator;
-axborot qabul qiluvchi - retsipient deb yuritiladi.
Kommunikator o’z ma’lumotlarini retsipientga yetkazib berishda:
55%-yuz harakatlari, imo-ishora orqali;
38%-oxang, ovoz modulyatsiyasi orqali;
7%-so’zlardan foydalanadi.
Rahbarning noverbal xatti –harakatlarga qanchalik ko’p e’tibor berishi kerakligi bu taqsimotdan yaqqol ko’rinib turibdi. Masalan: agar xodim rahbar oldiga kirganida, rahbar qog’ozlarini titkilab, soatiga qarab, birozdan keyin: «Nima bilan Sizga yordam berishim mumkin?» deb aytsa, demak uni Siz bilan gaplashgani vaqti yo’q. Ushbu noverbal harakatlar verbal simvollar ma’nosini yo’qka chiqarmoqda.
Faoliyatdan ko’zlangan maqsadga erishish uchun axborot ayirboshlash, kommunikatsiya o’rnatish bilan birga o’zligini boshqa kishilarda davom ettirish, o’zining-o’ziga xosligini «translyatsiya qilish» kabilarning ham mavjudligi har bir kishining ikkinchisiga ko’rsatadigan ta’siriga e’tiborni jalb qiladi. Translyatsiya qilish - deganda ish mazmunlarini axborot beruvchi tomonidan axborot oluvchiga yetkazib berish tushiniladi. O’zaro birgalikda harakat kila boshlaydigan odamlar o’zaro hamjixatlik darajasini baholab oladigan va muomalaga kirishgan hamkorining kimligi haqida o’ziga hisob bera oladigan bo’lsagina muomala yuz berishi mumkin. Muomala ishtirokchilari o’z ongida bir-birlarinig ichki dunyosini asl holida aks ettirishga, xis-tuyg’ularini va xatti-harakatlarini sabablarini, ahamiyatga molik ob’ektlarga nisbatan munosabatini faxmlab yetishga harakat qiladilar.
SHaxslararo birgalikda harakat, odamlarning bir – birlariga qilayotgan ta’siriga javobining vaqtga izchil yoyilgan tarzini ifoda etadi: ya’ni A. individning B. individ xulq - atvorini o’zgartiradigan xatti – harakati unda javob munosabati (reaktsiyasi) ni paydo qiladi, o’z navbatida bu A.individning xulq – atvoriga ham ta’sir qiladi.
O’zaro bir-birini bilish borasida shaxslararo idrok etishning uchta muxim omili mavjud( 2-rasm):
M a z m u n i
Aynan o’ziga o’xshatish
Individ suhbatdoshni qanday idrok etmoqda
Bir xil qolipga solish
O m i l l a r
Identifikatsiyalash
Reflektsiya
Steriotiplashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |