Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Auditoriya bilan o’zaro harakati va taqdimot multimediyasi va uning ustivorligi



Download 4,75 Mb.
bet58/204
Sana05.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#743005
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   204
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Auditoriya bilan o’zaro harakati va taqdimot multimediyasi va uning ustivorligi.

1. Maqsadni aniqlab olish. Odatda ovoz chiqarib aytilgan va sarlavxada shakllangan maqsadlar mavjud. Lekin bundan tashqari, aytilmaydigan, sizning chiqishingizdan keyin eshituvchi ma’lum tarzda predmet to’g’risida o’ylaydi va eng asosiysi – ular sizga qanday kerak bo’lsa, shunday harakatlar qiladilar. Xech bo’lmaganda sizning chiqishingizdan keyin qaror qabul qiluvchilarni ishontira olishingiz kerak.
Bu narsa hamma taqdimotlar uchun adolatli bo’ladi, xox u biron tovarni sotuvga qo’yilishi bo’lsain, xox kimningdir ishga qabul qilish bo’lsain. Maqsadni aniqlash uchun quyidagi savolga javob berishi kerak: «Sizning taqdimotingizdan so’ng tinglovchilar nima qilishlarini xoxlardingiz va maqsadingiz amalga oshganini qanday aniqlaysiz?”.
Agar siz auditoriya fikrini boshqarishini xoxlasangiz, avvlo auditoriya maqsadini tushinib yetish kerak va bu odamlar nima birlashtirishini o’rganish kerak. Bunday ma’lumotlarsiz auditoriyani boshqarish mumkin emas. Agar aditoriyada taqdimotchining taqdimotini muvaffaqiyatli o’tishga ta’sir etuvchi inosnlar bo’lsa, bu odam haqida yanada ko’proq ma’lumotni bilish maqsadga muvokdir. Uning orzusinitopishga harakat qiling va bu orzu – maqsadga siz va sizning loyixangiz yordamida qanday erishishini unga tushintiring.
Auditoriyani qanday ishontirishini ham o’ylab ko’ring. Yana dalillaringizdagi so’zlarni lugat boyligiga alohida e’tibor qaratish kerak bo’ladi. Yel universiteti izlanishlari natijasi shuni ko’rsatdiki, quyidagi so’zlar insonni yanada qattiqroq ishontirish xususiyatiga ega: “Siz, pul, saqlab qo’ymoq, yangi, natija, oson, sog’liq, xavfsizlik, muxabbat, ochilish, isbotlangan, kafolatlangan”.


2. Xulosani shakllantirish. Xulosa – bu taqdimotning eng asosiy qismi bo’lib, aynan mana shu qismda barcha xulosalar kelib chiqadi. Maqsadning qanday shakllanganligi xotimada ko’rsatilishi kerak – bu esa taqdimotni butun vazifasi hisoblanadi. Tinglovchilaringiz sizning hamkorlaringizga aylanadimi yo’qmi, siz tavsiya etigan mahsulotni sotib oladilarmi yo’qmi, buning bari xulosadan so’ng aniq bo’ladi.
Xotima(taqdimotning xulosaviy qismi) shunchalik muximki, uni yodlab olish kerak.
Mutaxassislar xulosaning ayrim stsenariylarini ishlab chiqqanlar va xattoki ularni tavsiflarini keltirganlar. Masalan, IBM firmasining xodimi, mashxur marketolog Devid A. Piplz o’zining “Taqdimot plyus” kitobida xulosa variantlarini va ularning nomlarini keltirgan.
Baxtli xotima” deb nomlangan xulosada kuchli va ustivor tomonlarni bayon etish ko’zda tuilgan. “Shiddatli to’lqinlar ustidagi ko’prik” deb nom olgan xulosada, sizning mahsulotingiz xususiyatlari potentsial iste’molchining xavfini minimallashtirish va maqsadga yetishishini ta’minlashini ko’rsatib berish kerak. Ya’ni sizning mahsulotingiz o’sha insonning hayotidagi qiyinchiliklar daryosidan o’tishda unga ko’prik vazifasini utaydi deb ishontirishingiz kerak.
Aysberg” deb nom olgan xulosa, faktlar, dalillar va misollarni aysberg misolida birgalikda ko’rsatib berish va bu elementlar suv ostida tursada mo’z tog chukkisini ushlab turganidek, iste’molchining mehnat va hayotini mustaxkam ushlab turishga kodir ekanligini ko’rsatish,isbotlash kerak.
Har qanday xulosa, minnatdorchilik bildirish, aloqa o’rnatish uchun ma’lumotlar va auditoriyaning savollariga javob berishga tayyor ekanligini bildirish bilan yakunlanishi kerak.


3. So’zga chiqishni shakllantirish. So’zga chiqish – bu, taqdimotning shunday bir qismiki, bunda tinglovchilarda taqdimot to’g’risidagi birinchi ta’suurotni shakllantiradi. So’zga chiqish auditoriyaning e’tiborini tortish va taqdimotning maqsadini yoritishga qaratiladi va u qisqa hamda ma’lumotlarga boy bo’lishi kerak.
Taqdimotchining chiqishi quyidagi savollarga javob berishi kerak:

        • Nimaga aynan siz gapirishingiz kerak?

        • Nutqingiz qanchalik uzoq davom etadi?

        • Buni auditoriyaga qanday aloqasi bor?

        • Nutqning asosiy qismini nima tashkil qiladi?

Ba’zi narsalar borki bo’larni auditoriya xech kachon kechirmaydi, bo’lar: taqdimotchining tayyor emasligi, taqdimotning zerikarligi va mavzuga oid bilimlarga kerakli darajada ega emasligi.
Taqdimotning asosiy qismi – bu taqdimotni to’ldiruvchi dalillar, sonlar, isbot va namunalardir. Taqdimotning asosiy qismida dalillar sistemasini mukammal ishlab chiqish kerak. Qo’yida ko’rsatilgan odatiy jumlalar askotib qolishi mumkin:

  • “....izlanishlar natijasi shuni ko’rsatadiki..... ” ( holat ta’rifi, analiz, natija);

  • “........shuning uchun men taklif kilamanki...” (taklif maqsadi);

  • “.......natijada sizlar........erishasizlar”(natija va auditoriya oladigan foyda);

  • “buni mana shunday isbot kila olaman”(mahsulot tavsifi, g’oya, solishtirma, statistika);

  • “.....bu narsa sizlarni qanday qilib .....erishishingizni ...isbot qiladi”(oxirida yana bir bor natija haqida, auditoriya oladigan foyda haqida gapirish);

  • “bundan tashqari siz yana …......”(xulosaga yoki keyingi natajaga o’tish).

Auditoriya e’tiborini ushlab turish uchun uni boshqarish lozim. Qiziqarli vokealarni eslang, xazil aralashtiring va xokazo.


Kurgazmali qurollardan o’z o’rnida foydalaning, chunki inson ko’zi bilan qulog’iga karaganda 11 marta ko’proq inofrmatsiya olish salohiyatiga ega. SHuning uchun ham inson ma’lumotlarni katta qismini ko’rish orqali tez va tushinarli qabul qilishini doimo yodda saqlang.
Kurgazmali qurollarni tayyorlaganda quyidagi ayrim tavsiyalarni hisobga olish kerak:

  • sarlavxada taqdim etilayotgan ma’lumotlardan yakun yasab bering;

  • qisqa sarlavhalarda belgilar va harflar bilan yozilgan so’zlardan foydalaning;

  • Slaydlar 5-6 qatordan, qatorlar esa 5-7 so’zdan oshmasligiga e’tibor bering;

  • Slaydda 2-3tadan ortiq ranglardan foydalanmaslikka harakat qiling;

  • Ranglar uygunligi e’tiborni jalb etishiga va asosiy so’zlarni ajratib ko’rsatishga yordam beradi;

  • Har bir slayddagi o’sha bitta so’z yoki element doimo bir xil rangda bo’lishiga e’tibor bering.

Qog’ozga qarab gapirish mumkin emas, lekin qo’lingizda ma’lumotlar bo’lishi shart. Auditoriya tinglovchilari sizga qanchalik yakinliklarini va taqdimot ular uchun maxsus tayyorlanganligini xis qilishlari kerak.
Taqdimotchining tashqi ko’rinishi o’sha auditoriyaga mos kelishi kerak. Xech kaysi akter repetitsiyasiz saxnaga chiqmaydi, siz ham repetitsiyasiz tayyo ekanligingizga ishonmang, repetitsiya taqdimotchining o’ziga bo’lgan ishnochini oshiradi.
AQSHning Minnesota universitetining izlanishlari natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, taqdimotni tik turib o’tkazilishi, stol atrofida o’tkazilgan oddiy suhbatdan ko’ra 43%ga ishnochli bo’lar ekan. Varton biznes maktabida 2 ta auditoriyada yangi biznesga sarmoya qo’yish haqida taqdimot o’tkazildi va 1 - auditoriya taqdimotchisi tinglovchilarni stol atrofiga yigib ularni yangi biznesni foydali va samarali tomonlarini tushintirdi va ularni 58% ga ishnotira oldi. Har xil narsalar namoyish vositasi bo’lishi mumkin, lekin namoyishning asosiy vositasi – bu taqdimotchining o’zidir.
Xuddi o’sha taqdimotni, bir xil ma’lumotlar va slaydlar bilan xuddi o’sha auditoriyada o’tkazilsa ham ikkinchi bir taqdimotchining tinglovchilari “nafas olmasdan”, butun diqqat e’tibori bilan tinglashlari mumkin. Yana boshqa taqdimotchini esa uxlab kolib, e’tiborsizlik bilan, kimdir tinglab, kimdir tinglamay o’tkazishlari mumkin. CHunki ular , taqdimotchilarning biriga ishonadilar, boshqasiga esa ishonmaydilar.
Sizning taqdimotinigizdan keyin tinglovchining xotirasida sizning so’zlaringizga bog’liq holda sizning oxangingiz(intonatsiya) ya’ni noverbal xatti – harakatlarigiz saqlanib koladi.
Professor Albert Mirabyanning fikricha taqdimotchi tinglovchilarga ta’sirining 7%ni so’zlar, 38%ni oxang, ovoz modulyatsiyasi va 55%ni imo – ishoraldar yordamida amalga oshiradi.
Taqdimotchining kiyofasiga uning xulqi, xatti – harakatlari katta ta’sir o’tkazadi. Agar o’sha taqdim etayotgan mavzuga o’zingiz ishonmasangiz, yaxshisi umuman namoyish qilishga chiqmaganingiz ma’qul, chunki o’zingiz ishonmay turib auditoriyani ishontira olmaysiz.
Sizning taqdimotinigiz tinglovchilar uchun qanchalik qiziqarli? Ularning taqdimot uchun ajratgan vaqtidan sizning chiqishingiz qanchalik qiymatga ega ekanligini bilish mumkin. Auditoriya qanchalik katta bo’lsa, tinglovchilar uchun ma’lumotlaringiz ham shunchalik qiymatli bo’lishi kerak. O’zingizga bir savol berib ko’ring: “Agar taqdimotga kirish pullik bo’lganida, zalda qancha odam bo’lar edi?”.

Har qanday taqdimotni uning maqsadini bilgan holda boshlash kerak. Ayrim taqdimotchilar ritorika qoidalarining «so’zga chiqishga tayyorlanish» bosqichiga yetarli e’tibor bermaydilar. Oqibatda, audioriya oldida so’zlagan nutqi o’z ta’sirchanligini yo’qotadi.


Ritorika qoidalarini asosan uch bosqichga bo’lish mumkin:

  1. Ritorika ko’nikmalariga dastlabki tayyorgarlik;

  2. So’zga chiqishga bevosita tayyorgarlik ko’rish;

  3. So’zga chiqayotgan vaqtda o’zini tuta bilishlik.


Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish