Pul mablag’lari oqimining tarkibi nimalardan iborat?
A. Pul kirimlaridan iborat.
Pul chiqimlaridan iborat.
Sof pul oqimidan iborat.
D. Pul kirimi va chiqimidan iborat.
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
“SANOAT ISHLAB CHIQARISHINI TASHKIL ETISH” kafеdrasi
“LOYIHALARNI BOSHQARISH”
fanidan
MUSTAQIL ISHLARNI
BAJARISH BO‘YICHA
USLUBIY KO‘RSATMA
Andijon – 2022
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
№
|
Mustaqil ta’lim mavzulari
|
Dars soatlari hajmi
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida loyihalarni boshqarish bo‘yicha fikrlari.
|
2
|
|
Korxonalarning o‘zgaruvchan tashqi muhitga o‘z vaqtida moslasha olmasligi sabablari.
|
2
|
|
O‘zbekistonda loyihalarni boshqarish nazariyasi va amaliyotining bugungi kundagi rivoji.
|
2
|
|
O‘zbekistonning o‘ziga xos xo‘jalik yuritish tizimida loyihalarni boshqarishning g‘arb uslublarining moslashuvi.
|
2
|
|
Loyihalarni boshqarishning asosiy modelining mazmuni va ahamiyati (PMMM- Project Management Maturity Model).
|
2
|
|
Loyihalarni boshqarishga marketing yondoshuvi.
|
1
|
|
Korxonada loyihani amaliyotga tadbiq etishning asosiy bosqichlari.
|
1
|
|
Loyihalarni boshqarish tizimini ifodalash ko’rsatkichlari.
|
1
|
|
Loyihalarning turkumlanishi.
|
1
|
|
Megaloyiha (megaprojects) larning mazmuni va ularning turlari.
|
1
|
|
Loyihaning struktura modellari.
|
1
|
|
Loyiha strukturasiga qo‘yiladigan talablar.
|
1
|
|
Loyihalarning investitsiya ko‘rsatkichlari.
|
1
|
|
Loyihalarni amalga oshirishda nazorat.
|
1
|
|
Korxonada shaxslararo nizolarni boshqarish.
|
1
|
|
Tashkilotda tuzilmaviy nizolarni boshqarish.
|
1
|
|
Loyihalarni boshqarishda ilmiy yondoshuvlarning rivoji.
|
1
|
|
Turli usullar yordamida ish bajarish davomiyligini hisoblash.
|
1
|
|
Ish bajarishda kalendar reja bajarilish monitoringi usullari.
|
1
|
|
Loyiha qiymatini boshqarishning asosiy elementlari.
|
1
|
|
Loyihani boshqarish sifatini oshirish jarayoni.
|
1
|
|
Sifatni boshqarish siyosati.
|
1
|
|
Loyihalarni boshqarishda tavakkalchilik klassifikatsiyasi..
|
1
|
|
Menejerlarni baholash ko‘rsatkichlari.
|
1
|
|
Boshqaruv tizimi tushunchasi.. Boshqaruv tizimi elementlari.
|
1
|
|
Boshqaruv tizimini yo’lga qo’yish tamoyillari.
|
1
|
|
Boshqaruv tizimi tiplari.
|
1
|
|
Qaror qabul qilish usullari
|
1
|
|
Loyihalarni boshqarishda tarmoqli modellardan foydalanish
|
1
|
|
Loyihalarni boshqarishda kritik yo‘l va uni qisqartirish yo‘llari
|
1
|
|
Jami:
|
26
|
Mustaqil ishni tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi: ayrim nazariy mavzularni o′quv adabiyotlari yordamida o′zlashtirish; amaliy mashg′ulotlar uchun topshirilgan, mavzuga doir masalalar, keys-stadi va o′quv loyihalarini axborot resurs markazi manbalari hamda izlanish ob′ekti bo′lmish korxona va tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy ko′rsatkichlari hamda O′zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo′mitasi ma′lumotlarini to′plagan holda bajarish; ilmiy-amaliy anjumanlarga ma′ruza tezislari va ilmiy maqolalarni tayyorlash.
Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
Izoh: Yuqorida qayd etilgan mustaqil ishlar mavzularidan tashqari talabalar o´zlari qiziqqan mavzular bo´yicha internet ma´lumotlari asosida slaydlar tayyorlab to’shirish huquqiga egadirlar.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAHSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MAShINASOZLIK INSTITUTI
“MAShINASOZLIK TEXNOLOGIYASI” FAKULTETI
“SANOAT ISHLAB CHIQARISHINI TASHKIL ETISH” KAFEDRASI
«LOYIHALARNI BOSHQARISH»
Fanidan
GLOSSARIY
Andijon-2022
GLOSSARIY
Aylanma vositalar (mablag’lar) – korxona (xo’jalik)ning faoliyatini moliyalash uchun foydalanadigan pul mablag’lari. Aylanma vositalar aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlaridan tashkil topadi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida bir marta ishtirok etadi, har bir ishlab chiqarish davrida butunlay iste’mol qilinadi, o’z natural shaklini o’zgartiradi, uning qiymati etishtirilayotgan mahsulotga to’liq o’tadi va mahsulot sotilishi bilan pulga aylanadi (xom ashyo, materiallar, kelgusi davr xarajatlari, arzon baho anjomlar va b.). Muomala fondlari – mahsulotning korxonadan chiqib, to sotilishiga qadar muomala jarayonida band bo’lgan vositalar (sotuvga chiqariladigan tayyor mahsulot qiymati, kassadagi naqd pul mablag’lari va bankdagi hisobvaraqda turgan mablag’lar). Aylanma fondlarning muomala fondlari bilan birikishi iqtisodiy jihatdan asosli bo’lib, mablag’larning muomala va ishlab chiqarish sohalarida taqsimlanishini nazorat etishga imkon beradi.
Aktiv – (lot. activus – faol, ta’sirchan, ishchan) – 1) buxgalteriya balansining chap qismi, korxonaning muayyan sanada va pul ifodasida barcha vositalarini, ularning tarkibi va joylashuvini (asosiy fondlar, aylanma vositalar, pul vositalari, kapital sarflar, qarzdorlik talabnomalari va b.) aks ettiradi; 2) korxona yoki tashkilotning mulki yoki resurslari (bino, mashina, naqd pul, qimmatli qog’ozlar va b.). Pulga tez sotilishi (aylanishi) mumkin bo’lgan, bozori chaqqon aktivlar (veksellar, qimmatli qog’ozlar, oltin, naqd pul va b.) likvid aktivlar deyiladi.
Aktsiya – (frants. action – farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) – aktsiyador jamiyat chiqargan qimmatli qog’oz. O’z egasining aktsiyadorlar jamiyati kapitalida hissasi borligini va shunga muvofiq topilgan foydaning bir qismini dividend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi.
Aktsiya kursi – aktsiyaning bozor narxi. Aktsiya kursi aktsiya keltiradigan dividend miqdoriga to’g’ri mutanosib va bank foizi darajasiga teskari mutanosiblikda o’zgaradi. Aktsiya kursi aktsiya nominalidan (aktsiyada ko’rsatilgan summadan) yuqori yoki past bo’lib, bu talab va taklifga bog’liq. Aktsiya kursini emitent emas, bozor belgilaydi. Aktsiya narxining birjada belgilanishi birja kotirovkasi deyiladi.
Aktsiyador – aktsiyaning egasi, undan naf ko’ruvchi yuridik va jismoniy shaxs.
Aktsiyadorlik jamiyati – daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati.
Aktsiyadorlik kapitali – aktsiyadorlik jamiyatining kapitali, sherikchilik asosida tashkil topgan korporativ mulk hisoblanadi.
Aktsiyalarning nazorat paketi – aktsiya egasiga aktsiyadorlik jamiyatida amaldagi hukmronlikni ta’minlaydigan aktsiyalar miqdori; chiqarilgan aktsiyalarning umumiy summasida bir shaxs, kompaniya yoki davlatning yirik hissasi. Aktsiyador jamiyatning yig’ilishida hal qiluvchi ovozga ega bo’lish huquqini beradi.
Amortizatsiya (lot. amortisatio – qoplash) – asosiy kapital (fondlar) amortizatsiyasi – asosiy kapital (mashina, mexanizmlar, jihozlar, binolar, inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarga o’tib borishi.
Amortizatsiya ajratmalari – mahsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar amortizatsiyasi summasi; asosiy fondlarni qisman tiklash (kapital ta’mirlash va yangilash) va to’liq tiklash fondlarini yaratishga xizmat qiladi.
Amortizatsiya fondi – 1) amortizatsiya ajratmalari hisobiga shakllanadigan maxsus fond; 2) mahsulotning tannarxi tarkibiga kiritiladigan amortizatsiya ajratmalari hisobidan korxonada shakllantiriladigan pul mablag’lari fondi.
Annuitet – (frants. annuite – yillik badal) – 1) kreditorlarga qarzni uzish hisobiga foizi bilan birga har yili to’lanadigan pul; 2) mijozga shartnomada ko’rsatilgan muayyan muddatlarda muntazam pul summasi keltiradigan investitsiyalar; 3) muddatli davlat qarzi, qarzlarning muayyan qismi har yili foizi to’langan holda uzib boriladi.
Asosiy kapital – kapitalning asosiy ishlab chiqarish vositalari (mashina, asbobuskuna, ishlab chiqarish binolari va uskunalari)ni o’z ichiga oluvchi, iqtisodiy jihatdan o’z qiymatini ishlab chiqarilgan tovarlarga asta-sekin va uzoq muddatda o’tkazib boruvchi qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |