Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 3,3 Mb.
bet126/173
Sana28.05.2023
Hajmi3,3 Mb.
#945147
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   173
Bog'liq
Loyihalarni boshqarish UMK TAYYOR

Zararsizlik nuqtasi – mahsulotni sotishdan tushgan tushumning sotilgan mahsulot tannarxiga teng bo’lgandagi grafik nuqtani anglatadi. Bunda eng asosiy maqsad xarajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish xajmini aniqlashdan iborat. Xarajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan sotish hajmi maxsus nuqtani tavsiflaydi, ya’ni u ishlab chiqarish hajmining kritik nuqtasini ifodalaydi. Bunda korxona foyda ham olmaydi, zarar ham ko’rmaydi, ya’ni mahsulot sotishdan tushgan tushum mahsulotning to’liq tannarxiga (xarajatlarga) barobardir. «Zararsizlik nuqtasi»dagi sotishdan tushgan tushum o’zini zararsiz sotish qiymati sifatida namoyon etadi, mahsulot birligi bu holatda zararsiz sotish bahosi hisoblanadi.
Ijara shartnomasi – fuqarolik-huquqiy shartnoma. Unga ko’ra, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.
Ijara haqi – ijara sharoitida taqdim etilgan mulk uchun to’lovning turi. Asosiy fondlarning alohida ob’ektlari ijaraga olinganda ular ijara shartnomasining butun amal qilish davomida teng hissalarda mahsulot tannarxiga kiritiladi.
Ijtimoiy investitsiyalar – inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar.
Import (ingl. import – keltirish, olib kelish) – mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga o’tkazib yuborish uchun chet el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qog’ozlar va boshqalarni keltirish.
Imtiyozli aktsiya – dividend olingan foydaga qarab emas, balki oldindan belgilangan qat’iy foizlarda beriladigan aktsiya.
Investitsiya (lot. investio – o’rash) – iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida o’z mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo’yish). Pulning vaqtga bog’liq qiymati nazariyasiga ko’ra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablag’lar qo’yishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bog’lashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki kapital qiymatini vaqt mobaynida o’stirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga bo’lgan huquqlarni aks ettiradi.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish