Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Soliq tekshiruvini о‘tkazishda hujjatlarni talab qilib olish



Download 5,22 Mb.
bet148/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

4.Soliq tekshiruvini о‘tkazishda hujjatlarni talab qilib olish
Soliq organining soliq tekshiruvini о‘tkazayotgan mansabdor shaxsi tekshirilayotgan shaxsdan tekshiruv uchun zarur bо‘lgan hujjatlarni talab qilib olishga haqli.
Hujjatlar taqdim etish tо‘g‘risidagi talabnoma tekshirilayotgan shaxsga (uning qonuniy yoki vakolatli vakiliga) shaxsan imzo qо‘ydirgan holda topshiriladi. Agar hujjatlarni taqdim etish tо‘g‘risidagi talabnomani mazkur usulda topshirish imkoni bо‘lmasa, u Kodeks 19-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda yuboriladi.
Talab qilib olinadigan hujjatlar soliq organiga shaxsan yoki vakil orqali taqdim etilishi, pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilishi yoxud telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari yoki soliq tо‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda topshirilishi mumkin.
Hujjatlarni qog‘ozda taqdim etish tekshirilayotgan shaxs tomonidan tasdiqlangan kо‘chirma nusxalar shaklida amalga oshiriladi. Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bо‘lsa, soliq organiga (mansabdor shaxsga) taqdim etiladigan hujjatlarning kо‘chirma nusxalarini notarial tarzda tasdiqlashni talab qilishga yо‘l qо‘yilmaydi.
Hisobga olish hujjatlari elektron shaklda tuzilgan taqdirda soliq tо‘lovchi (soliq agenti) soliq tekshiruvi chog‘ida soliq organlari mansabdor shaxslarining talabiga kо‘ra bunday hujjatlarning qog‘ozdagi kо‘chirma nusxalarini taqdim etishi shart, bundan elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida rо‘yxatga olingan hisobvaraq-fakturalar mustasno.
Zarur bо‘lgan taqdirda soliq organi hujjatlarning asl nusxalari bilan tanishishga haqli.
Soliq tekshiruvi davomida talab qilib olingan hujjatlar tegishli talabnoma olingan kundan e’tiboran besh kun ichida taqdim etiladi. Agar tekshirilayotgan shaxs talab qilinayotgan hujjatlarni belgilangan muddat ichida taqdim etish imkoniga ega bо‘lmasa, u tekshiruvchi mansabdor shaxslarni bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.
Soliq tо‘lovchi talab qilinadigan hujjatlarni kо‘rsatilgan muddatlarda taqdim etishning imkoni yо‘qligi tо‘g‘risidagi, talab qilib olinayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoni bо‘lmagan sabablar kо‘rsatilgan yozma shakldagi xabarnomani hujjatlar taqdim etish haqidagi talabnoma olingan kundan keyingi kun davomida yuborishi kerak. Xabarnomada soliq tо‘lovchi talab qilingan hujjatlarni taqdim eta olishi mumkin bо‘lgan muddatlar kо‘rsatilishi lozim.
Soliq organining rahbari (rahbar о‘rinbosari) soliq tо‘lovchidan xabarnomani olgan kundan e’tiboran ikki kun ichida Soliq xabarnoma asosida hujjatlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish yoki muddatlarni uzaytirishni rad etishga haqli bо‘lib, bu haqda alohida qaror chiqaradi.
Tekshirilayotgan shaxsning talab qilinayotgan hujjatlarni taqdim etishni rad etganligi soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan tuziladigan bayonnomada qayd etiladi. Bayonnoma soliq organining mansabdor shaxsi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadi. Tekshirilayotgan shaxs bayonnomani imzolashni rad etgan taqdirda bu haqda tegishli qayd kiritiladi. Kо‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etish soliq tо‘lovchi tomonidan rad etilganligi yoki belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganligi Soliq hujjatlarni Soliq kodeksining 148-moddasida nazarda tutilgan tartibda olib qо‘yish uchun asos bо‘ladi.
Soliq tekshiruvi va soliq nazoratining boshqa tadbirlari jarayonida soliq organlari tekshirilayotgan shaxsning kameral yoki sayyor soliq tekshiruvlari о‘tkazilganda soliq organlariga ilgari taqdim etilgan hujjatlarni, shuningdek soliq monitoringini о‘tkazish jarayonida tasdiqlangan kо‘chirma nusxalar shaklida taqdim etilgan hujjatlarni tekshirilayotgan shaxsdan talab qilib olishga haqli emas.
Agar hujjatlar ilgari soliq organiga asl nusxalar tarzida taqdim etilib, keyinchalik tekshirilayotgan shaxsga qaytarilgan bо‘lsa, shuningdek soliq organiga taqdim etilib, bartaraf etib bо‘lmaydigan kuch holatlari oqibatida yо‘qotilgan taqdirda, hujjatlar tekshirilayotgan shaxsdan qayta talab qilib olinishi mumkin.
Soliq organining soliq tekshiruvini о‘tkazayotgan mansabdor shaxsi tekshirilayotgan soliq tо‘lovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarga (axborotga) ega bо‘lgan kontragentdan yoki boshqa shaxslardan Soliq hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishga haqli.
Tekshirilayotgan soliq tо‘lovchining (soliq agentining) faoliyatiga taalluqli hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish soliq organi rahbarining (rahbari о‘rinbosarining) soliq nazoratining qо‘shimcha tadbirlarini tayinlash tо‘g‘risidagi qarori asosida soliq tekshiruvi materiallarini kо‘rib chiqish chog‘ida ham amalga oshirilishi mumkin.
Soliq tekshiruvlarini yoki soliq nazoratining boshqa tadbirlarini amalga oshiruvchi soliq organi tekshirilayotgan soliq tо‘lovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish tо‘g‘risidagi topshiriqnomani mazkur hujjatlar (axborot) talab qilib olinishi kerak bо‘lgan shaxsning hisobda turgan joyidagi soliq organiga yuboradi. Bunda topshiriqnomada soliq nazoratining qaysi tadbirini о‘tkazish chog‘ida hujjatlar (axborot) taqdim etish zarurati yuzaga kelganligi kо‘rsatiladi, muayyan bitimga taalluqli axborot talab qilib olinayotganda esa Soliq bitimni identifikatsiyalash imkonini beruvchi ma’lumotlar kо‘rsatiladi.
Topshiriqnoma olingan kundan e’tiboran uch kun ichida hujjatlar (axborot) qaysi shaxsdan talab qilib olinayotgan bо‘lsa, о‘sha shaxsning hisobda turgan joyidagi soliq organi Soliq shaxsga hujjatlarni (axborotni) taqdim etish tо‘g‘risida talabnoma yuboradi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish