Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Soliq nazorati tо‘g‘risida tushuncha



Download 5,22 Mb.
bet146/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

1.Soliq nazorati tо‘g‘risida tushuncha
Vakolatli organlarning soliq tо‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq tо‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati soliq nazoratidir.
Soliq nazorati maqsadida Soliq kodeksining 133-moddasida kо‘rsatilgan davlat organlari, muassasalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar soliq tо‘lovchilarni soliq bо‘yicha hisobga olish uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlarni Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etishi shart.
Soliq nazorati maqsadida banklar Soliq kodeksining 134-moddasida о‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajaradi.
Soliq, bojxona organlari va boshqa vakolatli organlar, prokuratura organlari hamda tergov organlari soliq tо‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlari, о‘zlari olib borayotgan soliq tekshiruvlari haqidagi о‘zida mavjud materiallar tо‘g‘risida bir-birini xabardor qiladi. Shuningdek mazkur organlar о‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa zarur axborot bilan almashishni amalga oshiradi. Bunday xabardor qilish tartibi mazkur organlar о‘rtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi.
Soliq tо‘lovchi (soliq agenti) tо‘g‘risida qonunchilik talablarini buzgan holda olingan hujjatlar yoki boshqa axborot Soliq shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishga asos bо‘lib xizmat qilishi mumkin emas.
Soliq nazorati materiallari О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda soliq tо‘lovchi hisobda turgan joydagi soliq organida tekshiruv tugagan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay rо‘yxatdan о‘tkazilishi kerak.
2.Soliq nazoratining shakllari va turlari
Soliq organlari soliq nazoratini:
1) soliq tekshiruvlari;
2) soliq monitoringi shaklida amalga oshiradi.
Bojxona organlari tovarlarning О‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib о‘tilishi munosabati bilan tо‘lanishi lozim bо‘lgan soliqlarga nisbatan о‘z vakolatlari doirasida Soliq Kodeksiga va bojxona tо‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq soliq nazoratini amalga oshiradi.
Soliq tekshiruvlari soliq tо‘lovchilar, yig‘imlarni tо‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq tо‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida о‘tkaziladi.
Soliq tekshiruvi soliq tо‘lovchi tо‘g‘risida soliq organlarida mavjud bо‘lgan ma’lumotlarni о‘rganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini о‘tkazadi:
1) kameral soliq tekshiruvi;
2) sayyor soliq tekshiruvi;
3) soliq auditi.
Kameral soliq tekshiruvi soliq tо‘lovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq tо‘lovchining faoliyati tо‘g‘risida soliq organida mavjud bо‘lgan boshqa hujjatlar hamda ma’lumotlarni tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan о‘tkaziladi.
Kameral soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari о‘rinbosarining) buyrug‘i asosida о‘tkaziladi. Buyruqda soliq tо‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, tekshiruvni о‘tkazish muddatlari, tekshirilayotgan davr, tekshirilayotgan soliqlar va yig‘imlarning turlari kо‘rsatiladi.
Kameral soliq tekshiruvi Soliq kodeksning 88-moddasida belgilangan da’vo muddati о‘tmagan soliq davrlariga nisbatan о‘tkazilishi mumkin.
Kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organi soliq tо‘lovchidan (soliq agentidan, uchinchi shaxsdan) hisobga olish hujjatlarini, taqdim etilgan soliq hisobotiga va hisobga olish hujjatlariga doir tushuntirishlarni, shuningdek soliq hamda yig‘imlarni hisoblab chiqarish va tо‘lash bilan bog‘liq boshqa axborotni Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda sо‘rab olishi mumkin.
Sо‘ralgan hujjatlar va tushuntirishlar soliq organiga tegishli sо‘rov olingan kundan e’tiboran besh kun ichida taqdim etilishi kerak. Sо‘ralgan hujjatlarni taqdim etish muddati soliq tо‘lovchining hujjatlar taqdim etish uchun sabablari va zarur bо‘lgan muddatlari kо‘rsatilgan arizasiga kо‘ra soliq organi tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Agar soliq tо‘lovchi kameral soliq tekshiruvi tugaguniga qadar Soliq kodeksining 83-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisoblab chiqarilgan soliq summasi о‘zgartirilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etsa, kameral soliq tekshiruvi taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini hisobga olgan holda о‘tkaziladi.
Agar о‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi yakuni bilan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlangan bо‘lsa, soliq organi soliq tо‘lovchiga Kodeksda belgilangan tartibda soliq hisobotlariga tuzatishlar kiritish talabnomasini yuboradi.
Soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish haqida talabnoma yuborilgan sana kameral soliq tekshiruvi tugatilgan sana hisoblanadi. Agar о‘rganish va tahlil qilish yakunlariga kо‘ra tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlanmagan bо‘lsa ham kameral soliq tekshiruvi yakunlangan hisoblanadi.
Soliq tо‘lovchi tuzatishlar kiritish tо‘g‘risidagi talabnoma olingan kundan e’tiboran о‘n kunlik muddatda tegishli soliqlar va yig‘imlar bо‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoxud tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda aniqlangan tafovutlarning asosnomasini Kodeksda belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
Soliq tо‘lovchi soliq organining tegishli talabnomasida kо‘rsatilgan, aniqlangan tafovutlarning asosnomasi sifatida soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini taqdim etishga haqli. Soliq tо‘lovchining nomidan bunday asosnomani soliq maslahatchilari tashkiloti soliq tо‘lovchi bilan tuzilgan shartnoma asosida mustaqil ravishda taqdim etishi mumkin.
Soliq tо‘lovchining taqdim etgan asosnomasi tegishli hujjatlar (asosnomalar) olingan kundan e’tiboran о‘n besh kun ichida soliq organining rahbari (rahbari о‘rinbosari) tomonidan kо‘rib chiqiladi. Aniqlangan tafovutlar bо‘yicha taqdim etilgan asosnomalariga tо‘liq yoki qisman rozilik berilgan taqdirda, soliq organi ilgari yuborilgan talabnoma bekor qilinganligi tо‘g‘risidagi bildirish xatini yoxud soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish tо‘g‘risidagi aniqlashtirilgan talabnomani soliq tо‘lovchiga yuboradi.
Agar soliq tо‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa (shu jumladan aniqlashtirilgan talabnomadan keyin), yoxud aniqlangan tafovutlar bо‘yicha asosnomalarni taqdim etmasa, yoki u taqdim etgan asosnomalar etarli emas deb topilsa, soliq organi soliq tо‘lovchiga soliq auditini tayinlashga haqli hisoblanadi.
Agar soliq (hisobot) davri uchun soliq monitoringi о‘tkazilayotgan bо‘lsa, bunday davr uchun kameral soliq tekshiruvi о‘tkazilmaydi. Mazkur qoida soliq monitoringi muddatidan oldin tugatilganda qо‘llanilmaydi. Zimmasiga soliq hisobotini taqdim etish bо‘yicha majburiyat yuklatilgan soliq agentlarining va boshqa shaxslarning kameral soliq tekshiruvlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Qо‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi soliq tо‘lovchi tomonidan qо‘shilgan qiymat solig‘ining summasini qaytarish uchun ariza taqdim etilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida soliq organining buyrug‘isiz, О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qо‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi natijalariga kо‘ra soliq hisobotiga о‘zgartishlar kiritish haqidagi talabnoma yozib berilmaydi.
Qо‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi natijalariga kо‘ra soliq organlari Soliq summani qoplash tо‘g‘risidagi qaror yoxud ularni qoplashni rad etish (tо‘liq yoki qisman) tо‘g‘risidagi asoslantirilgan qaror qabul qiladi.
Kameral soliq tekshiruvi о‘tkazish tо‘g‘risidagi nizomni О‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qо‘mitasi tasdiqlaydi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish