Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Nodavlat moliyaviy nazorati



Download 5,22 Mb.
bet39/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

4. Nodavlat moliyaviy nazorati
Bozor iqtisodiyoti asoslarining shakllanishi davlat nazorat organlarining bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladigan moliyaviy nazoratning turlari rolini oshiradi. YUqorida qayd etilgandek, moliyaviy nazoratning nodavlat turlarini ichki firmaviy (korporativ) nazorat, tijorat banklar tomonidan mijoz-tashkilotlar ustidan nazorat, auditorlik nazoratlari tashkil qiladi.
Ichki firmaviy moliyaviy nazorat korxona, muassasa, firma, korporatsiyalar о‘zining iqtisodiy xizmatlari, ya’ni buxgalteriya, moliya bо‘limi, moliyaviy menejment xizmatlari va boshqalar tomonidan о‘z korxonasi, filiallari va shu’ba tuzilmalarining moliyaviy faoliyati ustidan nazorat amalga oshiriladi.
Ichki nazorat xizmatlari doimiy ravishda pul mablag‘larini (shaxsiy, qarziy, jalb etilgan) ishlatilishining samaradorligi va maqsadga muvofiqligi kuzatadi, rejalashtirgan moliyaviy natijalar bilan haqiqiy moliyaviy natijalar qiyoslab, tahlil qiladi, investitsion loyihalarning natijalariga moliyaviy baho beradi, korxonaning moliyaviy holatini nazorat qiladi.
Ichki nazorat kapitalni investitsiyalashtirishning butun jarayonini kuzatib boradi. Ichki nazoratning kо‘rinishlaridan biri bо‘lgan va “post-audit” nomini olgan nazorat biznes-rejaning moliya bо‘limidagi ishlab chiqarish-investitsiya faoliyatining har bir bosqichida rejlashtirilgan moliyaviy natijani haqiqiy holat bilan taqqoslash, ularni nomuvofiq kelishi sabablarini aniqlash va bartaraf etish, chiqimlarni kamaytirish va moliyaviy rejalashtirish metodlarini yaxshilash yо‘llarini qidirishni anglatadi.
Bank tizimining qayta qurilishi natijasida tijorat banklarining paydo bо‘lishi ahamiyatli darajada moliyaviy nazorat sohasidagi banklarning funksiyalarini о‘zgartirdi.
Agar sobiq ittifoq davlat bankining bо‘limlari о‘zlariga biriktirilgan korxonalarning butun moliyaviy faoliyatini nazorat qilgan bо‘lsa, tijorat banklari esa qonunga muvofiq ravishda davlat tomonidan faqat hisob-kassa operatsiyalarini yuritish va valyuta qonunchiligiga rioya etish borasida о‘rnatilgan tartibning mijozlar tomonidan amal qilinishini nazorat qilib borishi kerak. SHu bilan birgalikda likvidlikni qо‘llab-quvvatlashning ob’ektiv zarurligi bankdan potensial zayom oluvchilarning, ya’ni zayom oluvchi korxonalarning moliyaviy holati va kredit olishga layoqatliligini baholashni talab qiladi.
Ssuda berilgan taqdirda bank о‘rnatilgan muddatlarda tegishli foizlar bilan birgalikda ssudaning qaytarilish ehtimolini baholash maqsadida berilgan ssudaning ishlatilishini, mijozning tо‘lov qobiliyati va likvidligini nazorat qiladi. Bank tomonidan amalga oshiriladigan bunday nazorat kredit riskini boshqarishning muhim elementi bо‘lib hisoblanadi.
Auditorlik nazorati nodavlat moliyaviy nazoratining yangi turi bо‘lib, u mustaqillikning dastlabki yillarida О‘zbekistonda ham paydo bо‘ldi. Iqtisodiyotni boshqarishning bozor tizimiga о‘tilishi va turli tijorat tizimlarining paydo bо‘lishi bilan ularning moliyaviy ishonchliligiga, shuningdek ular moliyaviy holatini ob’ektiv baholashga nisbatan talablar keskin oshirildi.
Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari buxgalterlik va moliyaviy hisobotning ishonchliligini hamda amalga oshirilgan moliyaviy va xо‘jalik operatsiyalarining amalda bо‘lgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini niqlash, tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ektlarning tо‘lov-hisobot hujjatlarini, soliq deklaratsiyalarini va boshqa moliyaviy majburiyatlarini tekshirishdan iborat.
Auditorlik xizmatlari quyidagi boshqa xizmatlarni ham kо‘rsatishlari mumkin:
-buxgalteriya hisobini yо‘lga qо‘yish va olib borish;
-daromadlar haqida buxgalteriya hisobotini va deklaratsiyani tuzish;
-moliya-xо‘jalik faoliyatini tahlil qilish va bashoratlash;
-buxgalteriya xizmati xodimlarini о‘qitish va qonunchilik masalalarida maslahat berish;
-auditorlik tekshiruvlari natijasida olingan tavsiyalarni ishlab chiqish;
-va boshqalar.
Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbusli bо‘lishi mumkin. Agar tashabbusli tekshiruv iqtisodiy sub’ektning о‘z qarori bо‘yicha amalga oshiriladigan bо‘lsa, majburiy audit uning xohish-irodasi va istagiga bog‘liq bо‘lmagan va qonunchilikda belgilangan hollarda majburiy tartibda о‘tkaziladi. Har yili majburiy auditorlik tekshiruvi:

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish