2. Moliyaviy salohiyat о‘sishining omillari Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining asosini iqtisodiyot real sektori moliyasi tashkil etadi. Moddiy boylik ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish samaradorligiga katta ta’sir kо‘rsatuvchi moliyaviy munosabatlar shakllanadi.
XYUSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadigan pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi samaradorligining о‘sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayonini amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bо‘lgan qarziy mablag‘lar asosida tashkil topadi.
Hozirgi vaqtda kapital quyilmalarni moliyalash-tirishda XYUS о‘z mablag‘larining (sof foyda va amortizatsiya) salmog‘i muhim ahamiyatga ega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish alohida rolь о‘ynaydi.
Yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XYUSlar о‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bо‘ladi. Ana shu darajada XYUSlar va aholining birlamchi daromadlari bir qismini tо‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqli undirish yо‘li bilan va shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat moliyasi tashkil topadi (shakllanadi).
XYUSlar pul resurslarini, uy xо‘jaliklari daromadlarini ikkilamchi qayta taqsimlash kredit - bank sohasi va sug‘urta tizimi orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va banklarning boshqa jamg‘arma operatsiyalari, ular tomonidan yuridik shaxslar va aholiga uzoq, о‘rta va qisqa muddatli kreditlar va ssudalar berish, turli risklarni sug‘urta qilish shakllarida sodir bо‘ladi.
Kо‘p darajali byudjet tizimi va maqsadli fondlar faoliyatidagi qayta taqsimlash jarayonlarini takomillashtirish moliyaviy salohiyatni yanada kuchaytirish va davlat moliyaviy resurslari о‘sishining quyidagi yо‘nalishlari bilan uzviy bog‘langan:
- byudjet - soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsimlashning samaradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sirchan fiskalь siyosatni hayotga tatbiq etish bilan bog‘liqki, bu siyosat о‘z navbatida, ishlab chiqarishning о‘sishi va XYUSlarning investitsiyalarga yо‘naltiriladigan moliyaviy resurslarining о‘sishini rag‘batlantirishni kо‘zda tutmog‘i kerak;
-bank-kredit sektori orqali pul resurslarining qayta taqsimlanishini optimallashtirish. Buning eng asosiy iqtisodiy instrumentlari va mexanizmlari bо‘lib quyidagilar hisoblanishi mumkin: kredit siyosati; uzoq, о‘rta va qisqa muddatli kreditlar hajmlarining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va depozit foizlarining stavkasi; qimmatli qog‘ozlar bozori.
Iqtisodiyotda bu instrument va mexanizmlardan foydalangan holda davlat tomonidan ma’lum bir maqsadga yо‘naltirilgan tarzda tartibga solish davlat, XYUSlarning investitsion imkoniyatlari chegaralarini kengaytiradi, aholining pulli jamg‘armalarini investitsiyalarga jalb qiladi;
-yangi samarali iqtisodiyotni - intellektual infrastrukturaning yuqori sur’atlarda rivojlanishi farqlanuvchi belgisi bо‘lgan bilimlar iqtisodiyotini shakllantiradigan XYUSlarning ildam rivojlanishi. Mamlakat raqobatbardosh iqtisodiyotining yadrosini yuqori qо‘shilgan qiymat va yuqori darajada qayta ishlanadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi tarmoqlar tashkil etmog‘i lozim.
Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishida xom ashyo-energiya sektorining hukmronlik qilishi, yoqilg‘i - energetika kompleksining sanoat ishlab chiqarishida, konsolidatsiyalashtirilgan va respublika byudjeti daromadlarida, eksportda va valyuta tushumlarida nisbatan katta salmoqning egallashi iqtisodiyotning shu tomonga deformatsiyalashganligidan dalolat beradi.
Milliy xо‘jalikning bunday tarkibiy nomuvofiqligi iqtisodiyotni qoloqlik sari etaklaydi, uni modernizatsiya qilish vazifalarini murakkablashtiradi. SHu munosabat bilan xom ashyo tarmoqlaridan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga kapitalning oqib о‘tishini ta’minlovchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish muammosi dolzarblik kasb etib, bu narsa oxir oqibatda, davlatning moliyaviy salohiyatini yuqori darajaga kо‘taradi;
-XYUSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning samarali investitsion-tadbirkorlik faolligiga bog‘liq. Zamonaviy о‘zgaruvchan (dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni qо‘shgan holda о‘z va jalb qilingan investitsion manbalar asosida ishlab chiqarishni doimiy ravishda ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilashni va rivojlantirishni talab qiladi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashning о‘ziga xos omili bо‘lib ularning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya - sanoat guruhlari, konsernlar, konglomeratlar, xoldinglar, konsorsiumlar va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. Bank va sanoat kapitalining real qо‘shilishi va ta’sirchan moliyaviy kapitalning shakllanishi sodir bо‘lmoqda. Bularning natijasida ishlab chiqarish masshtablarining о‘sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalarining о‘zaro ta’sirchanligi va investitsiyalarning о‘sishidan olingan sinergetik samara kompaniyalarga yirik masshtabli moliyaviy vazifalarni echishga imkon bermoqda.