Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 4,93 Mb.
bet105/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Strategiya bozorlarning va huquqiy tizimning holati, ichki va tashqi korxonalar bilan raqobatchilik kabi korxonaning hozirdagi va kelajakda tushib qolishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarni hisobga olgan holda korxonaning boshqaruvchilik, texnik, moliyaviy va boshqa resurslarini ishlatish haqida qaror qabul qilishdir. Strategiya mahsulot nomenklaturasi va ishlab-chiqarish hajmlari, sotish bozorlari, xom-ashyo va investitsiya manbalarini o‘z ichiga oluvchi restrukturizatsiyaning turli bosqichlarida korxona rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berishi lozim.
Strategiyaning muqobil variantlari:
- qisqartirish - ishlab-chiqarishni restrukturizatsiyasi hisobiga faoliyatni yaxshilash yoki yo‘nalishini o‘zgartirish uchun korxona o‘zi intiladigan ko‘rsatkichlarni oldin erishganga nisbatan pasaytiradi;
- turg‘unlik korxonaning ichki va tashqi faoliyatini qisman qayta qurish davomida bozorda va tarmoqda egallangan pozitsiyalarning saqlab qolinishidir. Odatda cheklangan hajmda bir sohalarda o‘sish va boshqa (asosiy bo‘lmagan) sohalarda qisqartirishdek o‘zaro raqobatda bo‘lgan strategiyalarni qo‘shib olib borish bilan ta’minlanadi;
- cheklangan o‘sish - raqobatchilik asosida rivojlanish varianti bo‘lib, inflyasiya va boshqa tashqi omillarni hisobga olib to‘g‘rilangan natijalarga tayanadi. Odatda o‘zgarmas ishlab-chiqarish hajmiga ega bo‘lgan va murakkab texnologik jarayonlarni qo‘llaydigan tarmoqqa mansub bo‘lgan, uzoq hayot sikliga ega an’anaviy mahsulot bilan bozorda mustahkam o‘rin egallagan va barqaror foydalilik darajasiga erishgan korxonalar tomonidan ishlatiladi;
- o‘sish - birinchi navbatda tovarlari tez-tez o‘zgarib turadigan va yangilanib turadigan tez rivojlanuvchi tarmoqlarda ishlatiladi. O‘sishning yuqori ko‘rsatkichlari ichki omillar hisobiga ta’minlangan bo‘lishi mumkin. (nomenklaturaning kengayishi, an’anaviy nomenklaturali bozorda faol ish olib borish). Mazkur strategiya yuqori natijalarga erishishga imkon beradi, biroq to‘lov qobiliyati yo‘qotilishining katta ehtimolligi bilan bog‘liqdir. SHuning uchun, korxona maqsadlariga erishilishini, kerak bo‘lgan resurslarni baholashni aniq nazoratining o‘rnatilishini, zaruriyat bo‘lganda esa butun xo‘jalik faoliyatini tezkorlik bilan qarab chiqishni talab qiladi.
Tanlangan strategiya asosida quyidagilar ishlab chiqiladi:
1) YAqin 1-2 yil ichida korxonalarning yashovchanligini ta’minlashga qaratilgan qisqa muddatli chora-tadbirlar dasturi.
2) Korxonani restrukturizatsiyalash kompleks dasturi. Dastur uni amalga oshirishning har bir yo‘nalishi masalalarini hal qilish kichik dasturlaridan iborat (mulkiy majmuaning restrukturizatsiyasi, korxona majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikning res trukturizatsiyasi, boshqaruvchilik tuzilmasini takomillashtirish va boshqalar).
Har bir kichik dasturda restrukturizatsiyalashning aniq yo‘nalishi bo‘yicha maqsadlarga erishishga qaratilgan tadbirlar ro‘yhati, ularni bajarish muddatlari va olinadigan natijalar, mas’ul shaxslar, har bir tadbirni o‘tkazish uchun talab qilinadigan mablag‘ miqdori va manbai ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Tanlangan strategiya va restrukturizatsiya asosida joriy va istiqbolli biznes-rejalar ishlab chiqiladiki, ularda rejalashtirish muddatlariga mutanosib bo‘lgan aniqlik bilan mahsulotni ishlab-chiqarish va sotishning prognoz hajmlari, asosiy fondlarga, xom-ashyo, materiallar va sotib olinadigan butlovchi qismlarga bo‘lgan ehtiyoj, kutiladigan moliyaviy natijalar va korxona faoliyatining boshqa asosiy ko‘rsatkichlar akslantiriladi.
Restrukturizatsiya korxona tomonidan mustaqil ravishda yoki o‘zi tarkibiga kirgan tarmoqiy (hududiy) xo‘jalik birlashmasi (uyushma, xolding kompaniyasi va boshqalar) yordami bilan amalga oshiriladi.
Ko‘p korxonalar restrukturizatsiyani amalga oshirishda davlat ko‘magiga muhtoj bo‘lib, ular quyidagi shaklda bo‘lishi mumkin:
- korxonalarni restrukturizatsiyalash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha uslubiy materiallar bilan ta’minlash;
- korxonalarni moliyaviy qo‘llash, (byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarni hisobdan chiqarish yoki muddatini kechiktirish, foydaning restrukturizatsiyaga yo‘naltirilgan qismi bo‘yicha soliqlarni kamaytirish va boshqalar);
- ijtimoiy ahamiyatdagi ob’ektlarni mahalliy hokimiyat organlari balansiga o‘tkazishda ko‘maklashish;
- davlat investitsiyalarini taqsimlashda va mahsulot etkazib berish bo‘yicha davlat buyurtmalarini joylashtirishda restrukturizatsiya qilinayotgan korxonalarga ustunlik berish;
- auditning, buxgalterlik hisobining va davlat hisobotining halqaro andozalarini tatbiq etish;
- korxonalar rahbarlari va mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish va xokazo.
Restrukturizatsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda korxonalarga yordam berish vazifasi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni restrukturizatsiya qilish fondiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi, raqobatchilik va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan. Biroq tajriba shuni ko‘rsatadiki, korxonalarni restrukturizatsiya qilishga yordam berishda boshqa davlat organlari, ayniqsa Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi ham faol qatnashishi kerak.




  1. Download 4,93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish