Turi
|
Mazmuni
|
Xarakterli jihatlar
|
Xolding
|
Bosh korxonalarning aksiyalar nazorat paketiga ega bo‘lgan va ularga nisbatan belgilangan fianksiyalarni bajaruvchi xo‘jalikjamiyati shaklidagi yuridikshaxs (sofxolding, ma’muriy xolding, moliyaviy xolding va h.k.)
|
Xolding strukturasi: asosiyjamiyat, vakolatxona va filiallar, sho‘ba va qaram korxonalar, boshqa firma va xo‘jaliksub’ektlari. Xolding boshqa kompaniyaga nisbatan sho‘ba kompaniya bo‘lishi mumkin (oraliq xolding). Xolding shakllantirish uchun shartnoma asoslari talab etilmaydi.
|
MSG
|
MSG tashkil etish haqida shartnoma imzolagan, yuridikshaxs huquqiga ega xo‘jaliksub’ektlari majmui.Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish sohasida amal qiluvchi strukturalar va moliyaviy straktura mavjud bo‘lishi shart. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
|
Kuchli moliyaviy markaz va boshqaruv tizimiga ega birlashma. «Bosh kompaniya»-«sho‘ba kompaniya» asosida ham,ishtirok etish tamoyili bo‘yicha hamhamkorlikqilishi mumkin.
|
Konsern
|
Manfaatlar umumiyligi, moliyalashtirish, ishlab chiqarish hamkorligi bilan bog‘langan, yagona mulkchliliknegizi va nazorat organiga ega bo‘lgan korxonalar birlashmasi. Nazorat nizom kapitalida ishtirok etish tizimi orqali amalga oshiriladi.
|
YAqqoi ifodalangan ishlab chiqarish negizi mavjudligi. Ixtisoslashuv va kooperatsiya darajasi yuqoriligi bilan tavsiflanuvchi vertikal va gorizontal konsernlar farqlanadi. Konsern tashkil qiiish uchun konsernga kirishga asos sifatida bitimva shartnomalar mavjudligi talab etiladi.
|
Konglomerat
|
Texnologikjihatdan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘p sonli tashkilotlarning birikuvi (birlashish va qo‘shib olish) natijasida vujudga keladigan struktura.
|
Keng miqyosdagi ishlab chiqarish diversifikatsiyasi va moliyaviy operatsiyalar hajmi. SHartnoma va bitimlar talab qilinmaydi.
|
Konsorsitium
|
Sanoat, moliya, transport, savdo va boshqa tashkilotlarning vaqtinchalikbirlashuvi. Faoliyatdan maqsad — katta ahamiyatga ega bo‘lgan, jiddiy resurslar jalb etishni talab qiluvchi loyihalar yoki yiriksanoat loyihalarini amalga oshirish.Boshqaruv ishonch asosida boshqarish instituti vositasida amalga oshiriladi.
|
Bu birlashmani tashkil qiluvchi tashkilotlar mustaqil yuridikshaxs maqomini saqlab qoiadi, faqat konsorsium maqsadlariga taalluqli joylarda birgalikda saylangan rahbariyatga bo‘ysuniladi. SHartnoma asosida tashkil etiladi.
|
Sindikat
|
Xo‘jalikjamiyati shaklida tashkil etiladigan umumiy organ orqali xom ashyo xarid qiiish va mahsulot sotish bo‘yicha tashkiliy jihatdan rasmiyashtirilgan birlashma. Sindikat a’zolari o‘zining yuridikva ishlab chiqarish mustaqilligini saqlab qoiadi.
|
Tashkilotlarning savdo faoliyatiaa amalga oshirish uchun birlashuvi.Raqobatning kuchayishi sharoitlariga asoslangan. Tashkil etishning asoslari konvenssonal.
|
Kartel
|
Ishlab chiqarish hajmi, sotuv narxi, sotuv shartlari, bozorlarni cheklash masalalari bo‘yicha kelishib oiish maqsadida faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan mustaqil xo‘jalik sub’ektlarining birlashuvi (marketing faoliyatini muvofiqlashtirish).
|
Maqsad — bozor mexanizmlari mukammal bo‘lmagan sharoitlarda bitta bozor sub’ektlarining harakatlarins tartibga solish. Kartei tarkibiga kiruvchi tashkilotlar yuridik, moliyaviy, ishlab chiqarish va tijorat mustaqilligini yo‘qotmaydi.Bitimlar asosida amal qiladi.
|
Trest
|
Turli tashkilotlar umumiy ishlab chiqarish majmuiga birlashadigan tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan birlashma. Bunda ular aksiyalar nazorat paketini yoki ishonch asosidagi shartnomani ishonch asosidagi kengashga berib, yuridik, ishlab chiqarish va tijorat mustaqilligini yo‘qotadi.
|
Bir xil turdagi mahsulotlarning bitta yoki bir nechta turlariga ixtisoslashgan holda turli yo‘nalishlar bo‘yicha tadbirkorlikfaoliyatini amalga oshiradi.Boshqaruv funksiyalarning bir erga jamlanish darajasi haddan tashqari yuqoriligi bilan tavsiflanadi.
|
Assosatsiya
|
Tijorat tashkilotlari o‘rtasida ular faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, umumiy mulkiy manfaatiarni ifodalash va himoya qilish maqsadida tashkil etiladigan birlashma.
|
Assotsiatsiya qarorlari uning a’zolari uchun tavsiya berish xarakteriga ega bo‘ladi.
|