Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Korporatsiyalarning integratsiya turlari va tiplari



Download 4,93 Mb.
bet63/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Korporatsiyalarning integratsiya turlari va tiplari

Korporativ biznesning mavjud integratsiya shakllari xilma-xilligidan gorizontal integratsiyalashgan, vertikal integratsiyalashgan va konglomerat tipdagi korporatsiyalarni alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
Gorizontal integratsiyalash natijasida vujudga keladigan korporativ tuzilmalar bitta tarmoq korxonalarining sa’y-harakatlarini birlashtirish tendensiyasini aks ettiradi. Axir dastlab kapital markazlashuvi bir erga jamlanishi xo‘jalik sub’ektlarini, jumladan, bir xil turdagi strukturalarni birlashtirish hisobiga qo‘shimcha kapital jalb qilish yo‘li bilan mustah-kamlashda o‘z aksini topadi.
Gorizontal integratsiya bitta tarmoqdagi bir xil ishlab chiqarish tavsifnomasiga ega bo‘lgan kapitallar birlashuvini aks ettiradi, u O‘zbekistonning hozirgi kun sharoitlarida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Iqtisodiyotda gorizontal integratsiyaning imkoniyatlari hali batamom foydalanib bo‘linmagan.
Bu ko‘plab tarmoqlarda kapitalning bir erda joylashuv darajall etarli emasligi, bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohalarining rivojlanishi yakunlanmaganligi natijasidir. Gorizontal integratsiyalashgan strukturalarga umumiy boshqaruv asosida birlashish shakli xos. Gorizontal aloqalarning bu tizimida alohida korporativ tuzilmalar yirik bir tuzilmaning tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Rivojlanishning ma’lum bir bosqichida kapitalning jamlanish tendensiyasi bir-biri bilan texnologik jihatdan bog‘liq ishlab chiqarishlarga tarqaladi. Bu holat vertikal integratsiyaning rivojlanishi da o‘z aksini topadi.
Vertikal integratsiya deganda keng ma’noda korporativ tuzilmalar xo‘jalik sub’ektlarining o‘zaro aloqalari tushuniladi, shu tariqa, bir sub’ektning mahsulotlari boshqa sub’ekt uchun xomashyo hisoblanadi.
YA’ni, korporatsiyaning ishlab chiqarish funksiyalarini amalga oshirishi texnologik jihatdan murakkab tovar va xizmatlarni ishlab chiqish va bozorga samarali olib chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan, ketma-ketlikdagi tashkiliy usullar asosida ta’minlanadi. Vertikal integratsiyada o‘z mahsulotini bosh kompaniyaga etkazib beruvchi turli pog‘onadagi subpudratchilar ierarxiyasidan tashkil topadi: tayyorlash (qazib chiqarish), qayta ishlash (ishlov berish), yakuniy mahsulot ishlab chiqarish, uni sotish. Ushbu turdagi integratsiyaning negizida ishlab chiqarish jarayonlarining bir-biri bilan texnologik bog‘liqligi yotadi.
Vertikal integratsiyada tashkil etiladigan birlashmalarni mahsulotni ishlab chiqish va bozorga samarali chiqarishning tashkiliy-boshqaruv, moliya-xo‘jalik usullari sifatida tavsiflash mumkin. Vertikal integratsiya asosiy mahsuiotlar ishlab chiqarish bilan uyg‘unlikda xomashyo ishlab chiqarishni qamrab olish yo‘nalishida rivojlanishi mumkin. Xo‘jalik amaliyotida u ba’zida yuqoriga yo‘nalgan integratsiya deb ham ataladi.
Masalan, alyuminiy sanoatida: alyuminiy oksidi va boksitlar qazib olish — metall ishlab chiqarish; shina ishlab chiqarishda: kauchuk plantatsiyasi — shina zavodi, neft sanoatida: neft qazib olish — neft mahsuiotlari ishlab chiqarish va hokazo. Agar vertikal integratsiyaning rivojlanishi sotuv tizimini qamrab olish yo‘nalishida bo‘lsa, pastga yo‘nalgan integratsiya deyiladi: benzin ishlab chiqarish — avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari.
Vertikal integratsiya uning asosida tashkil etiladigan korporativ strukturalarga sezilarli afzalliklar taqdim etadi: birinchidan, mahsulotning murakkab ishlab chiqarish sikllari bo‘yicha harakatlanishida iqtisodiy yutuqqa erishiladi; ikkinchidan, butlovchi qismlarni taklif qilishdagi keyingi har bitta ishlab chiqarish siklida mos keluvchi axborot olish zarurati bilan bog‘liq noaniqliklar kamayadi; uchinchidan, iqtisodiyotning bir sektoridagi risklarni boshqa sektorlarga qayta taqsimlash imkoniyati paydo bo‘ladi; to‘rtinchidan, transaksiya xarajatlari kamaya­di; beshinchidan, ko‘plab qo‘shimcha natijalar olinadi (qo‘shimcha axborotga ega bo‘lish, soliqlardan tejab qolish va hokazo). Vertikal integratsiya butun texnologik zanjir bo‘ylab risklarni qayta taqsimlash imkonini beradi.
Konglomerat birlashmalar ham ancha keng tarqalgan bo‘lib, ular texnologik jihatdan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha tuzilmalar bilan ifodalanadi, ya’ni gap to‘ldiruvchi integratsiya yoki ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash haqida boradi.
Diversifikatsiyalangan korporativ tuzilmaning (konglomerat) iqtisodiy yutug‘i, avvalo, turli tarmoqlarning kapital aylanmasidagi farqdan iborat.
SHu tufayli mablag‘larning pasayish bosqichida turgan ishlab chiqarish tarmoqlaridan ko‘tarilish bosqichidagi ishlab chiqarishlarga yo‘naltirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Diversifikatsiya mavsumiy tebranishlarga bardosh berishga yordamlashadi, foydalanilmagan ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga kuchli ekspansiya manbasi bo‘lib xizmat qiladi, o‘z resurslarini qayta yo‘na­ltirish yo‘li bilan kapitalni yangilashga imkon beradi, raqobat kurashi bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytiradi.
Bunday strategiyani amalga oshirar ekan, kompaniya yangi tovarlar chiqaradi, yangi bozorlar tomon yo‘nalib, o‘z tarmog‘i va uning uchun an’anaviy bo‘lgan biznes doirasidan chetga chiqadi.
Konglomerat kapital va mulkning birlashish jarayonini aks ettiradi; bu o‘ziga xos yopiq kapitallar bozori bo‘lib, diversifikatsiyalangan faoliyat turlaridan pul mablag‘larining bir erga jamlanishi ro‘y beradi.
Eng samarali loyihalarga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari va diversifikatsiyalangan aktivlarni boshqarish bo‘yicha umumiy markaz tashkil etiladi.
Bu vaziyatda, xo‘jalik amaliyoti tajribasining ko‘rsatishicha, mu-vofiqlashtiruvchi markaz konglomerat a’zolariga doim ham zaruriy ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Ko‘proq tarkibiy bo‘linmalarning o‘zida foydani qayta investi-siyalash jarayoni boradi, ya’ni etakchi bo‘g‘inning alohida struk-turalarga ta’sir darajasi o‘z chegaralariga ega hisoblanadi. Konglomerat tashkiliy strukturasi doim ham resurslarni oqilona taqsimlashga imkon beravermaydi.
Korporatsiyalarning integratsiya tiplari. Integratsiya jarayonlari orasida uchta asosiy birlashmalar turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: mulkiy munosabatlar asosida integratsiya; resurslar va xizmatlar ustidan nazoratni bir erga jamlash asosida integratsiya; struktura qatnashchi-larining ayrim hokimlik vakolatlarini ko‘ngilli markazlashtirish asosida integratsiya.
Birinchi turdagi birlashmalar doirasida birinchi navbatda, klassik xoldinglar ajralib turadi. Bu erda korxonalar mulkining rasmiy huquqlar nazorat paketi bosh kompaniya qo‘lida bo‘ladi (gap «aksiyalar nazorat paketi» haqidagina emas, chunki qator xoldinglarda «sho‘ba» korxonalar aksiyadorlik jamiyatlari hisoblanmasdan, mas’uliyati cheklangan jamiyat yoki davlat unitar korxonalari shakliga ega).
Xoldingdan tashqari, bu guruhga MSG, konsern, konsorsium, trest kiradi.
Uchinchi turdagi birlashmalar ma’lum ma’noda bundan oldingi korporativ tuzilmalarga xos bo‘lgan vositalardan foydalanish bilan (avsiflanadi. Bu qatorga konsern, MSG, konsorsium, sindikat va trestlar kiradi.




  1. Download 4,93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish