Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan



Download 4,93 Mb.
bet71/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan:

  • jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining jami kamida o‘ndan biriga ega bo‘lgan jamiyat ishtirokchilarining;

  • jamiyat kuzatuv kengashining;

  • jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) talabiga binoan chaqiriladi.

Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi zarur hollarda jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan uning tashabbusiga binoan chaqirilishi mumkin.
Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talab olingan sanadan e’tiboran uch kun ichida mazkur talabni ko‘rib chiqishi va jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish haqida yoki uni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan faqat quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin:

  • agar jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talabni taqdim etishning belgilangan tartibiga rioya etilgan bo‘lmasa;

  • agar jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalardan birortasi ham uning vakolatlari jumlasiga kirmasa.

Agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talab olingan sanadan e’tiboran uch kun ichida bu talabni kuzatuv kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritishi shart. Kuzatuv kengashi uch kun ichida mazkur talabni ko‘rib chiqishi va jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida uni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalarning biri yoki bir nechasi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jumlasiga kirmasa yoki qonun hujjatlarining talablariga mos bo‘lmasa, mazkur masalalar kun tartibiga kiritilmaydi.
Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalar ta’rifiga o‘zgartishlar kiritishga, shuningdek jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishning taklif qilingan shaklini o‘zgartirishga haqli emas.
Jamiyat ishtirokchilari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan masalalar bilan bir qatorda, jamiyatning ijro etuvchi organi o‘z tashabbusi bilan unga, kun tartibi rasmiy ravishda o‘qib eshittiriladigan kundan kechiktirmay, qo‘shimcha masalalar kiritishga haqlidir.
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bunday umumiy yig‘ilish uni o‘tkazish to‘g‘risidagi talabnoma olingan kundan e’tiboran qirq besh kundan kechiktirmay o‘tkazilishi shart.
Agar belgilangan muddat ichida jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan yoki uni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi uni o‘tkazishni talab qilayotgan organlar yoki shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin. Bunday holda jamiyatning ijro etuvchi organi mazkur organlar yoki shaxslarga jamiyat ishtirokchilarining manzillari ko‘rsatilgan ro‘yxatni taqdim etishi shart. Umumiy yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rish, uni chaqirish va o‘tkazish xarajatlari jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyatning mablag‘lari hisobidan qoplanishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar uni o‘tkazishdan kamida o‘ttiz kun oldin bu haqda jamiyatning har bir ishtirokchisini jamiyat ishtirokchilarining ro‘yxatida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha buyurtma xat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilishi shart.
Xabarnomada jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan vaqt va joy, shuningdek taklif qilinayotgan kun tartibi ko‘rsatilishi kerak.
Jamiyatning istalgan ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga qo‘shimcha masalalarni kiritish to‘g‘risida uni o‘tkazishdan kamida o‘n besh kun oldin takliflar kiritishga haqlidir. Qo‘shimcha masalalar, jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jumlasiga kirmaydigan masalalarni istisno etganda, jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga kiritiladi.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining kun tartibiga kiritish uchun taklif qilingan qo‘shimcha masalalar ta’rifiga o‘zgartishlar kiritishga haqli emaslar.
Agar jamiyat ishtirokchilarining taklifiga binoan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining dastlabki kun tartibiga o‘zgartishlar kiritiladigan bo‘lsa, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan kundan kamida o‘n kun oldin ko‘rsatilgan usulda kun tartibiga kiritilgan o‘zgartishlar haqida jamiyatning barcha ishtirokchilarini xabardor qilishlari shart.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida jamiyat ishtirokchilariga taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborot va materiallar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • jamiyatning yillik hisoboti;

  • jamiyatning yillik hisobotlari va yillik buxgalteriya balanslarini tekshirish natijalari bo‘yicha jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosasi;

  • moliyaviy hisobotlarning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi auditorlik xulosasi;

  • jamiyatning ijro etuvchi organlariga, jamiyatning kuzatuv kengashiga va jamiyatning taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzod (nomzodlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa axborot (materiallar).

Agar jamiyat ustavida jamiyatning ishtirokchilarini axborot va materiallar bilan tanishtirishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar ularga axborot va materiallarni jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnoma bilan birgalikda yuborishi shart, kun tartibi o‘zgartirilgan taqdirda, tegishli axborot va materiallar ana shunday o‘zgartish to‘g‘risidagi xabarnoma bilan birgalikda yuboriladi. Ko‘rsatilgan axborot va materiallar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishidan oldin o‘ttiz kun mobaynida jamiyat ijro etuvchi organining binosida tanishish uchun jamiyatning barcha ishtirokchilariga taqdim etilishi kerak. Jamiyatning ustavida ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilganidan qisqaroq muddatlar nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqirishning belgilangan tartibi buzilgan taqdirda, agar bunday umumiy yig‘ilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari ishtirok etayotgan bo‘lsa, u vakolatli deb e’tirof etiladi.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyatning ustavida va uning hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi jamiyatning ustavi va hujjatlari bilan tartibga solinmagan qismida jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishda shaxsan yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etishga haqlidirlar. Jamiyat ishtirokchilarining vakillari o‘z vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatni (ishonchnomani) ko‘rsatishlari lozim. Jamiyat ishtirokchisining vakiliga berilgan ishonchnoma qonun talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan va notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Jamiyatning ishtirokchilari yoki ularning vakillari kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish va qarorlarni qabul qilishda ovoz berish huquqiga egadirlar. Jamiyatning jamiyat ishtirokchilarining ko‘rsatib o‘tilgan huquqlarini cheklovchi ta’sis hujjatlarining qoidalari yoki jamiyat organlarining qarorlari haqiqiy emas.
Jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega bo‘ladi.
Jamiyatni ta’sis etish paytida jamiyatning ustaviga binoan yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaroriga binoan jamiyatning ustaviga o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan jamiyat ishtirokchilari ovozlarining sonini aniqlashning boshqacha tartibi belgilab qo‘yilishi mumkin. Jamiyat ustavining bunday tartibni belgilab qo‘yuvchi qoidalarini o‘zgartirish va chiqarib tashlash jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qarori asosida amalga oshiriladi.
Jamiyatning ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchisi (jamiyat ishtirokchisining vakili) ovoz berishda ishtirok etishga haqli emas.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan vaqtda yoki, agar jamiyatning barcha ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgan bo‘lsa, oldinroq ochiladi.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat ishtirokchilariga xabar qilingan kun tartibidagi masalalar bo‘yichagina qarorlar qabul qilishga haqli, mazkur umumiy yig‘ilishda jamiyatning barcha ishtirokchilari qatnashayotgan hollar bundan mustasno.
SHuningdek jamiyatning ustavida belgilangan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar, agar shunday qarorni qabul qilish uchun ushbu Qonunda yoki jamiyatning ustavida ko‘proq ovozlar soni zarurligi nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
Jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Qolgan qarorlar, agar bunday qarorlarni qabul qilish uchun ushbu Qonunda yoki jamiyatning ustavida ko‘proq ovozlar soni zarurligi nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarorlari, agar jamiyatning ustavida qarorlarni qabul qilishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.
Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining bayonnomasi yuritilishini tashkil etadi.

Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish