Jamiyat, korporatsiyalar ularga xalqaro va milliy darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ularning faoliyati har xil shakllardagi korxona va tashkilotlar, shuningdek, boshqarish tuzilmalar va ommaviy axborot vositalarining e’tiborida bo‘ladi.
Korporatsiyalardan milliy va xalqaro miqyosidagi soliq hamda boshqa majburiy to‘lovlarini to‘lash kabi muammolarni echish amalga oshirishini kutadi. Korporatsiyalarning jamiyat oldidagi asosiy majburiyatlaridan biri o‘z iqtisodiy hayotiyligini qo‘llab-quvvatlash va saqlab qolishdan iboratdir.
SHu orqali ish joylarini ko‘paytirish, ya’ni dunyodagi global muammolaridan biri ishsizlikning oldini olish va ishlab chiqarishda ekologik xavf-xatardan himoyalashi lozimdir.
Mol etkazib beruvchilar, odatda, ularning asosiy qismini kichik korxonalar, ya’ni korporatsiyalar bilan haqqoniy savdo aloqalarini va o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirishni hamda ijobiy hamkorlikni amalga oshirishni afzal ko‘radi. Korporatsiyalar va ularning mol etkazib beruvchilari o‘rtasidagi hamjihatlik iqtisodiy tizimning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi, chunki kichik korxonalarning hayotiyligi korporatsiyalarning ularga nisbatan jiddiy va haqqoniy aloqalariga bog‘liq hisoblanadi.
Korporatsiyalar turli xil prinsipial qarorlarini qabul qilishda korporativ aloqalar ishtirokchilari ehtiyojlari tengligini hisobga olsa, korporatsiyalar mohiyatini va muhimligini oshiradi. SHu maqsadda yirik korporatsiyalar korporativ muhitni va o‘zaro aloqalarni mustahkamlash uchun quyidagi hujjatlar ro‘yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi:
Ahloq kodeksi.
Ish haqi to‘lash va xizmatchilarni rag‘batlantirish, ularning huquqlarini himoyalash, shaxsiy hayotiga aralashmaslik, erkinlik bo‘yicha takliflarni kiritish.
Ishchilarni ish joylarida xavf-xatardan saqlash, sog‘liqni saqlashni ta’minlash va ularga oid me’yor va tartiblarni o‘rnatish.
Korporatsiyalarning xayriya faoliyati qoidalarini tartiblashtirish.
Korporativ munosabatlardagi mavjud menejerlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, dasturlarni axborotlashtirish.
Korporativ boshqaruv va korporativ menejment tushunchalarini bir-biri bilan adashtirib yuborish hollari mavjudligini ta’kidlash joiz. Aytib o‘tamizki, menejment korporativ boshqaruvni ham qamrab oladigan torroq tushuncha hisoblanadi. Bundan tashqari, korporativ menejment faqat kompaniya menejmenti (oliy rahbariyat bo‘g‘ini) tomonidan, korporativ boshqaruv esa kompaniya boshqaruv organlari (aksiyadorlar, direktorlar kengashi, bosh direktor va menejment) tomonidan amalga oshiriladi. Korporativ boshqaruv ko‘proq strategik xarakterga ega bo‘lib, kompaniyaning tashqi muhitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga yo‘naltirilgan bo‘ladi (aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish, hukumat organlari, hamkorlar, kreditorlar va boshqalar bilan aloqa qilish).
Korporativ boshqaruvni (corporate governance) menejment (management) bilan tenglash to‘g‘ri emas. Bu turli xil tushunchalardir. Korporativ boshqaruv uchun muhim narsa — halol, mas’uliyatli, ravshan korporativ xulq va hisobotni ta’minlashga qaratilgan mexanizmlardir.
Menejment esa korxona biznesining professional mutaxassislar tomonidan yuritilishiga qaratilgan mexanizmlarni nazarda tutadi.
Korporativ boshqaruv menejmentga nisbatan rahbarlik qilishning yuqoriroq pog‘onasida joylashgan bo‘lib, kompaniya faoliyatini uning aksiyadorlari manfaatlari yo‘lida boshqarilishini ta’minlaydi. Korporativ boshqaruv va menejment vazifalarining o‘zaro kesishuvi faqat kompaniyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi.
Korporativ boshqaruvning maqsadi korporatsiyalarning investitsiya jozibadorligini oshirish va barcha manfaatdor tomonlar manfaatlarining oqilona muvozanatiga rioya qilgan holda, amaldagi qonunchilik doirasida ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining barcha faoliyat turlaridan imkoni qadar yuqoriroq foyda olishdir. Normal holatdagi korporativ boshqaruvni amalga oshirish uchun korporativ tizimga tez moslasha olish uchun uning qulay yo‘llarini topish maqsadga muvofiqdir. Ushbu maqsadni echishda korporatsiya menejmenti marketing oldida har tomonlama katta hajmli, ko‘p rejali ishlarni amalga oshirilishi kutib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |