kengashning o‘zak g‘oyasi — jamiyat va uning faoliyati bilan ishbilarmonlik va boshqa o‘zaro munosabatlardan holi, mulk egalari (aksiyadorlar) va boshqa manfaatdor shaxslar nomidan nazorat ishlarini olib boruvchi shaxslar guruhining shakllanishidir;
kengashning missiyasi aksiyadorlar qo‘ygan ulush qiymatining maksimal o‘stirilishidir. Kengash faoliyati asosida aksiyadorlar maqsadlari va manfaatlari yotishi zarur.
Kuzatuv kengashining vakolatlari quyidagicha aniqlanadi: Umumiy yig‘ilish yoki Ijro etuvchi organga hal qilish uchun berilishi mumkin bo‘lmagan va faqat Kuzatuv kengashi vakolatiga kiradigan masalalar, jamiyat Ustavida faqat Kuzatuv kengashi vakolatiga kiruvchi masalalar deb belgilanishi kerak;
Kuzatuv kengashi vakolatiga kiritilgan masala Umumiy yig‘ilish mutlaq vakolatiga tegishli bo‘lsa, Ustavda ushbu masalani faqat Kuzatuv kengashi vakolatiga taalluqli qilib belgilash mumkin;
Umumiy yig‘ilishning umumiy vakolatiga qarashli masalalar, Jamiyat Ustavida Umumiy yig‘ilish yoki Kuzatuv kengashi yoki Ijro etuvchi organ vakolatiga doir qilib belgilanishi mumkin;
Taftish komissiyasi tomonidan jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish haqidagi qaror qabul qilish to‘g‘risidagi masala, Ustavda ham Umumiy yig‘ilish, ham Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi vakolatiga kiritilishi kerak;
Umumiy yig‘ilish kun tartibini shakllantirish bo‘yicha tashabbuslar bilan bog‘liq masalalar.
Kuzatuv kengashi vakolatlaridan samarali foydalanish uchun quyidagilarga amal qilish lozim: Umumiy yig‘ilish va Kuzatuv kengashi qarorlarining bajarilishini kuzatib borish;
Kuzatuv kengashiga aksiyadorlarning murojaatlari bo‘yicha muvofiq aksincha aloqani ta’minlash;
Biznes — rejani tuzish va amalga oshirishda Kuzatuv kengashi va Ijroiya organining solidar (birgalikda) javobgarligi;
Aksiyadorlarning dividendlar bo‘yicha «umidlarini» va ishlab chiqarishning qayta investitsiya qilinishiga ehtiyojlarini hisobga oladigan mo‘‘tadil dividend siyosati;
AJ asosiy faoliyatiga mansub bo‘lmagan, mulklarni sotib olish va begonalashtirish, bitimlar hamda zaxira va boshqa fondlarni ishlatilish ustidan Kuzatuv kengashining nazorati;
Ijroiya organi bilan yollash bo‘yicha mehnat shartnomasi doirasida qat’iy o‘zaro munosabatlarni yuritish.
Kengashning vazifasiga aksiyadorlar nomidan Jamiyat faoliyatiga rahbarlik qilish va uning oliy menejerlari (Boshqaruv, Bosh direktor) faoliyatini nazorat qilish kiradi.