Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Shunday qilib, quyidagi algoritm namoyon bo‘ladi



Download 4,93 Mb.
bet35/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Shunday qilib, quyidagi algoritm namoyon bo‘ladi:

    1. Korporativ maqsad;

    2. Korporativ strategiyani baholash;

    3. Korporativ srategiyalarni moliyaviy ta’minlashning usul va mezonlarini aniqlash;

    4. Korporativ boshqaruvning moliyaviy mexanizmidan foydalanish;

    5. Ko’proq samarali moliyaviy dastaklar va usullarni tanlash.

«Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish» nazariyasidan kelib chiqilsa, aksiyadorlar daromadlarining o‘sishiga erishish asosiy korporativ strategiya va korporativ boshqaruv samaradorligini baholash mezoni sifatida qaralmog‘i lozim, unda korporativ boshqaruvning moliyaviy mexanizmini mazkur strategiyani moliyaviy ta’minlash nuq­tayi nazaridan ko‘rish mumkin,


Korporativ strategiyalarni ta’minlashning moliyaviy dastaklari va usullarining to‘plami bir-biridan farq qiladi. CHunonchi, uzoq muddatli strategiyalarni amalga oshirishda, ya’ni moliyaviy resurslarga ehtiyoj belgilanib, pul oqimlari rejasi tuzilganda, quyidagilarni aniqlash lozim:

    1. O‘z va qarz kapitali nisbati. Bunda korxonaning uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan moliyaviy siyosatiga jamg‘arish fondini kengaytirish kiritilishi va bunda asosiy urg‘u o‘z-o‘zini moliyalashtirishga berilishi kerak. O‘z-o‘zini moliyalashtirish ushbu fondlarga yo‘naltiriladigan sof foyda ulushini belgilash orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, uzoq muddatli strategiyalarning moliyaviy ta’minoti usullari ro‘yxatiga vaqtincha bo‘sh mablag‘larni ularni inflyasiyadan saqlash hamda ko‘paytirish maqsadida moliya bozorlarida joylashtirish ham kiritilishi kerak. Buning uchun moliyaviy vositachilar tarkibini belgilash zarur, bu tarkib vaqtincha bo‘sh mablag‘larni joylashtirish tavakkalchiligi minimal bo‘lishi uchun etarlicha diversifikatsiyalanishi darkor.

    2. Agar moliyaviy resurslar manbasi sifatida investitsiya loyihasini kreditlash qabul qilingan bo‘lsa, u holda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ochiladigan va kreditni qoplashni ko‘zda tutadigan uzoq muddatli kredit liniyasi to‘g‘risida bitim tuzish lozim.

    3. Kreditni qoplash tamoyillari korxonaning moliyaviy ahvolini, pul mablag‘larining joriy va istiqboldagi qiymatini, kreditni qoplash shartlarini qayta ko‘rib chiqish imkoniyati hisobga olinishi kerak.

    4. Agar moliyalashtirishni aksiya va obligatsiyalarni qimmatli qog‘ozlar bozorida joylashtirish hisobiga amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, u holda investorlar doirasini va korporatsiya obro‘sini oshirish uchun reklama kompaniyasi byudjetining eng yuqori darajasini aniqlash talab etiladi.

    5. Aksiyadorlik jamiyatlari uchun strategiyalar moliyaviy tusga ega bo‘lishi va aksiyalar kurs qiymatining oshishida ifodalanishi mumkin. Bu holda, moliyaviy dastaklar qatoriga foyda va dividendlar kiritiladi, dividendlar hamda sof foyda miqdorlarining o‘sishini ta’minlashning moliyaviy usullari esa chiqimlarni kamaytirish va ishlab chiqarish rentabelligini oshirish bo‘yicha tadbirlardir.

Agar korporativ strategiya yangi jihozlarni sotib olishdan iborat bo‘lsa, moliyaviy ta’minot usullari qatoriga uzoq va o‘rta muddatli moliyalashtirish usuli sifatida lizingni kiritish mumkin.




  1. Download 4,93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish