O‘zbekiston Respublikasi korxonalari faoliyatida korporativ boshqaruv usullarining institutsional qaror topishi jarayoni quyidagi omillar bilan izohlanadi
O‘zbekiston Respublikasi korxonalari faoliyatida korporativ boshqaruv usullarining institutsional qaror topishi jarayoni quyidagi omillar bilan izohlanadi:
davlatning korxonalarni xususiylashtirish va ularning moliyaviy ahvolini mustahkamlashga qaratilgan choralari;
davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil qilish shaklida davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni, emissiya ko‘lamlarini kengaytirish va ularning aksiyalarini muomalaga chiqarish;
korxonalar aksiyadorlari huquqlarini davlat va uning vakolatli idoralari tomonidan himoya qilinishining mustahkam qonunchilik hamda institutsional bazasini yaratish.
Korporativ boshqaruvni vujudga kelishining shart-sharoitlari va sabablari
Korporativ boshqaruv yirik biznes yuritish zarurati ob’ekti sifatida shakllangan. Tabiiyki, bundan oldin korporatsiyalar shakllanishining uzoq muddatli jarayoni ro‘y bergan. Ma’lum bir bosqichda xalqaro hamjamiyat korporativ strukturalar joylashuvidan qat’iy nazar ularning boshqarish jarayonlarini soddalashtirish va bir xillashtirishga imkon beradigan umumiy me’yorlar va andozalar ishlab chiqishga majbur bo‘ldi.
Korporatsiyalarning shakllanishi umumjahon tendensiyalarini tahlil qilib, mutaxassislar uchta asosiy bosqichni ajratib ko‘rsatadilar. Har bir bosqich jamiyatda o‘sha paytda shakllangan korporatsiyalarga xos jihatlarni aks ettiradi.
XX asrning boshlarida sanoat inqilobi davomida paydo bo‘lgan korporatsiyalar ularning egalari mulki sifatida qabul qilingan. Ular kiritilgin mablag‘larga mos keluvchi samara ta’minlash maqsadi uchungina xizmat qiladi deb hisoblangan. Korporatsiya mashina sifatida ko‘rib chiqilgan, xodimlar va boshqaruvchilar bu mashinaning qismlari hisoblangan. Bu davrda boshqaruvning mexanistik modeli hukmronlik qilgan. Ushbu davrga quyidagi sharoitlar xos bo‘lgan:
Korporatsiya egasi xodimlar ustidan cheksiz hukmronlik qilgan va ularga hohlaganicha xo‘jayinchilik qilgan.
Hodimlarning malaka darajasi juda past bo‘lgan va takomillashuv uchun stimullar bo‘lmagan.
Ma’lumot va so‘rovlar darajasi past bo‘lgan, chunki ishsizlik bilan bog‘liq iqtisodiy muhtojliklar tahdidi muntazam bo‘lgan.
Iqtisodiy rivojlanishning mazkur bosqichi korporativ boshqaruvning nazariy asoslari negizi hisoblangan quyidagi ishlarda o‘z aksini topgan.
Korporativ boshqaruvning nazariy asoslari firmani boshqarish elementlarini qamrab oladi hamda belgilangan boshqaruv va ishlab chiqarish tashkiliy strukturasiga ega firmaning ko‘p profilli yirik biznesgacha rivojlanish tendensiyalarini modellashtiradi.