Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 4,93 Mb.
bet152/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Ichki auditor huquqlari:

  • korxona hujjatlari (rahbarning buyruqlari, ko‘rsatmalari, boshqaruv organi qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning nusxalari va boshqa hujjatlar)dan foydalanish, ichki auditini amalga oshirish davomida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha mansabdor va ma’suliyatli shaxslardan og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish;

  • korxonaning tegishli mutaxassislarini ichki auditini o‘tkazishga yordam berish uchun jalb qilish.

Ichki auditor majburiyatlari:

  • qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;

  • har chorakda hisobotlar tayyorlash;

  • moliyaviy va statistika hisoboti ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligini tekshirish;

  • korxonaning mansabdor shaxslari va boshqa xizmatchilari tomonidan unga zarar etkazilganligidan dalolat beruvchi dalillar aniqlanganda, darhol bu haqda korxona kuzatuv kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotiga tegishli yozuvlar kiritish;

  • aktivlarni xatlashda ishtirok etish.

Ichki auditorning huquq va majburiyatlari umuman olganda tashqi auditornikiga o‘xshab ketadi. Asosiy farq shundaki, tashqi auditorlar kamdan-kam hollarda har chorakda hisobot tuzadi, chunki, odatda, ular korxonani bir yilda bir marta tekshiradi.
Ichki auditor ta’sischilarning moddiy manfaatlarini himoya qiladi va korxonaning ijrochi organidan mutlaqo mustaqildir, rahbariyat va korxonadagi yuqori mansabdor shaxslar bilan qarindoshlik va xizmat tekshiruvini va monitoringini o‘tkazadi:

  • tasdiqlangan biznes-rejaning bajarilishini;

  • korporativ boshqaruv tamoyillariga rioya etilishini;

  • buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot ahvolini;

  • soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilganligi va to‘lanishini;

  • moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritishda qonunchilikka rioya etilishini;

  • aktivlar holatini;

  • ichki nazorat ahvolini.

Ammo ichki auditor majburiyatlari bu bilan cheklanmaydi. Kuzatuv kengashi korxona ixtisosidan kelib chiqib, qonunchilikka muvofiq tekshiruvlar o‘tkazishning boshqa yo‘nalishlarini ham belgilashi mumkin.
Auditorlik malaka sertifikatiga ega mutaxassis odatda oliy iqtisodiy ma’lumotlarga, 5 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga, auditorlarni tayyorlash kurslarini tinglaganligi haqidagi shahodatnomaga, shuningdek “Moliyaviy hisob-1” fani buyicha halqaro imtihonlarni hamda auditorlar uchun malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarga ega bo‘lishi zarur.
Ammo yuqoridagilar doim ham auditorning buxgalteriya hisobi va xo‘jalik faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakaga egaligini bildiravermaydi. Bilim va ko‘nikmalar muntazam o‘qish va amaliyot orqali keladi va muayyan vaqtni talab qiladi.
Ular boshqa kasb vakillaridan farq qilib, ichki auditor har yili malakaviy yaroqlilik buyicha attestatsiyadan o‘tishi lozim. Uning professional o‘sishi attestatsiya natijalariga bog‘liq. Attestatsiya salbiy natija bersa, bunday auditorning boshqa tashkilotlarga auditor sifatida qabul qilinmasligi ehtimoli ortadi.
IAX xodimlari attestatsiyasi har yili korxona kuzatuv kengashi tomonidan o‘tkaziladi. Mantiqan qaralganda, auditorni faqat undan yuqori malakaga ega bo‘lgan shaxs o‘tkazishi kerak. Biroq, aksariyat korxonalarning kuzatuv kengashlari attestatsiya o‘tkazishga faqat rasman yondashadi: malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikatning buzilishini va tashqi auditorning ijobiy xulosasinigina talab qiladi.
Ichki auditor maqomini korxona bosh buxgalteri bilan solishtirsak, O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustdagi 279-I-son “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yuritish uchun javobgarlik bosh buxgalter emas, balki korxona rahbari zimmasiga yuklatiladi. Bundan tashqari buxgalter har yili attestatsiyadan o‘tmaydi, kuzatuv kengashi oldida korxona faoliyatining barcha tomonlari yuzasidan hisobot bermaydi.
Ayni paytda bosh buxgalterning malaka darajasiga me’yoriy talablar deyarli yo‘q. Nazariy jihatdan bosh buxgalter lavozimiga iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lmasdan olti oylik buxgalterlarni tayyorlash kurslarini tugatganligi to‘g‘risida shahodatnomaga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanishi mumkin. Bundan tashqari, agar bosh buxgalter rahbarning ko‘rsatmalarini bajarishga majbur bo‘lganligini va bu bilan qonunchilikning buzilishiga yo‘l qo‘yganligini isbotlab bera olsa, u tegishli qonunbuzorlik uchun javobgarlikka tortilmasligi mumkin. Ichki auditor javobgarligi esa qonunchilikka qatiy belgilab berilgan va uning har bir xatti-xarakati belgilangan.
Tashqi auditorlar faoliyati tor yo‘nalishlar buyicha mutaxassislarning jamoaviy ishlashini taqozo etadi. Auditorlik firmalarda maslahatlar va o‘zaro tekshiruvlarning butun bir tizimi shakllantirilgan bo‘lib, turli vaziyatlar uchun tayyor echimlarga ega ma’lumotlar bazasi ham bor. Ichki auditor esa bir o‘zi ishlashga majbur.
Hozirgi paytda korxonalar kuzatuv kengashlarining hammasi ham ichki auditorlar bilan to‘g‘ri ishlashni bilmaydi, korxona faoliyatining turli jihatlarini tekshirishganda ularning salohiyati va malakasidan munosib foydalanmaydi. Ayrim hollarda ichki auditor o‘z ish beruvchisi bilan faqat tugagan chorak yakunlari bo‘yicha kuzatuv kengashi yig‘ilishlarida uchrashadi.
Respublikamizning sug‘urta bozorida jismoniy shaxslar nomidan auditorlarning professional qaltisliklarini sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilmaydi. Korxonalarning o‘zida ham ichki auditorning qaltisliklarini sug‘urtalash amaliyoti hali qo‘llanilmayapti.
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ichki auditor uchun ish haqi darajasini belgilashda ko‘pincha unga bosh buxgalter ish haqidan kamroq maosh belgilanadi.
Audit bozorga iqtisodiy sohaga ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan shaxslar yo‘naltiriladi. SHunga qaramay, korxona IAXga ishga kirgan ichki auditor amalda mehnat stajini yo‘qotadi. U o‘z malakasi va faoliyat turini almashtirmagan bo‘lsa ham, korxonada uzoq yillik ish uchun moddiy rag‘batlantirish tizimiga qo‘shilmaydi.
Auditorning professional etikasi Kodeksiga muvofiq, ichki auditor, masalan, xodimlarning shaxsiy ehtiyojlariga beriladigan foizsiz ssudalar ko‘rinishidagi korxonaning moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimidan foydalana olmaydi.
SHuningdek, IAX korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy qilish va ularga amal qilish darajasini tekshirishi kerak. Korporativ boshqaruv fan sifatida nisbatan yaqin davr ichida (XX-asrning oxirgi o‘n yilligida) paydo bo‘ldi va uning asosiy qoidalari ko‘pchilik mutaxassislar uchun xozircha noma’lum. Agar IAX shtatini «Korporativ boshqaruv o‘zi nima? Uning asosiy tamoyillarining mazmuni qanday? Korporativ boshqaruv tamoyillarini qanday joriy qilish kerak?» kabi savollarga javob bera olmaydigan faqat buxgalteriya hisobi professionallaridan to‘ldiradigan bo‘lsak, biz zaif korporativ nazorat organiga ega bo‘lib qolishimiz mumkin. Agar IAX xodimlarining o‘zlari nazorat ob’­ekti xaqida etarli ma’lumotga ega bo‘lmasalar nimani va qanday qilib tekshirishlari mumkin? Hattoki, ular tomonidan muvofiq tavsiyalar berilishi ham nazarda tutilgan. Ushbu holatda IAXga nomzodlarning rasmiy attestatsiyasini korporativ huquq masalalarida ham bilimlarini sinash orqali kuchaytirish maqsadga muvofiqligi ayondir. Ammo xayotda ko‘pchilik auditorlik tashkilotlari audit davomida ijrochi direktorlar xatti-xarakatining qonuniyligini ichki korporativ me’yorlar nuqtai nazaridan tekshirishni maqsad qilib qo‘ymaydilar. Masalan, u yoki bu asosiy vositalarning sotib olinishi xaqda jamiyat biznes-rejasida tasdiqlangan xarajatlarga qanchalik darajada mos kelishi va xokazo masalalar. SHunisi muhimki, biznes-rejada nazarda tutilmagan barcha turdagi xarajatlar noqonuniy bo‘lib, aksiyadorlik jamiyatiga sezilarli moddiy zarar etkazadi.
IAX korporativ nazorat organi bo‘lib, aynan korporativ audit bilan shug‘ullanishi kerak. Bundan tashqari, IAX aksiyadorlik jamiyatidagi ichki nazorat holatini taftish qilishi lozim. YA’ni, boshqa nazorat qiluvchi shaxslar faoliyatining samaradorligini va qonuniyligini tekshirishi kerak. Nizomning 13-bandiga binoan: «O‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha bevosita uni o‘tkazgan xodim (xodimlar) tomonidan imzolanadigan tegishli hisobotlar tuziladi».

Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish