Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 4,93 Mb.
bet151/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Ichki audit nazorati

Ichki audit xizmati aksiyadorlik jamiyatining tuzilmaviy bo‘linmasi sifatida Kuzatuv kengashi qoshida tashkil etiladi. Ichki audit xizmatining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • Kuzatuv kengashini ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash va o‘tkazilgan ichki audit natijalari bo‘yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;

  • Korxona boshqaruv organlariga operativ ravishda ichki audit jarayonida aniqlangan kamchiliklarni tugatish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini taqdim qilish, ularni bartaraf qilish ustidan nazoratni amalga oshirish.

Ichki audit vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • xar chorakda o‘tkaziladigan ichki audit;

  • tuziladigan xo‘jalik shartnomalarining ekspertizasi;

  • korxona tuzilmaviy bo‘linmalariga uslubiy yordam berish, texnik va tavsiyalarni ishlab chiqishda Kuzatuv kengashiga ko‘mak berish kiradi.

Ichki audit xizmati o‘z faoliyati davomida biznes-rejaning bajarilishini, korporativ boshqaruv tamoyillariga rioya qilinishini, buxgalterlik xisobi va moliyaviy hisobot yuritilishini, hamda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining boshqa yo‘nalishlarining to‘g‘ri amalga oshirilishini tekshirish va monitoring qilishi kerak.
Aktivlarining balans qiymati bir milliard so‘mdan ko‘p bo‘lgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Ichki audit xizmati quyidagilarni amalga oshiradi:

  • jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etilishini;

  • buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarning to‘liq hamda to‘g‘ri aks ettirilishi ta’minlanishini;

  • xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini;

  • aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.

Ichki audit xizmati o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
Ichki audit xizmati korporativ menejment ustidan lozim nazoratni o‘rnatishda muhim yordamchi kuchdir. SHuning uchun, aktivlar qiymatini ko‘rsatilgan miqdordan kam bo‘lgan korxonalarda ham, ushbu organ foydali bo‘ladi. Ichki audit xizmati xodimlari rasmiy ravishda korporatsiya xodimlari hisoblansalar ham, bu tuzilmaning korxona ma’muriyatidan mustaqilligi Kuzatuv kengashi qarori bilan shakllantirilishi va faqat unga hisob berishi orqali ta’minlanadi. Boshqa tomondan, mazkur tuzilma Kuzatuv kengashining o‘ziga qaram bo‘lib qoladi va uning xarakatlarini nazorat qilishi gumon. SHunga qaramay, ichki audit xizmati taftish komissiyasi va auditorlik tashkilotlari bilan bir qatorda korporativ nazorat tizimining zarur va ajralmas qismidir. Oxirgi ikki organdan farqli ravishda, bu tuzilma ancha barqaror ish rejimiga ega bo‘lib, ijrochilik intizomi darajasi korporativ nazoratning boshqa organlariga nisbatan ancha yuqoriroqdir.
IAXni tashkil qilish va uning faoliyat ko‘rsatishi uchun Kuzatuv Kengashi korxona tarkibida IAX ni tashkil etish to‘g‘risidagi bayonnoma qarorini qabul qiladi, uning nizomini, harajatlari smetasini, joriy yil uchun rejasini tasdiqlaydi. Ichki auditorlar bilan mehnat shartnomasini kuzatuv kengashi raisi tuzadi.
Ichki auditor, tashqi auditorlar singari, o‘z faoliyatini milliy andozalariga muvofiq amalga oshiradi. Ichki auditorning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ichki auditorlik tekshiruvi natijalari buyicha kuzatuv kengashini korxonaning joriy moliyaviy ahvoli tug‘risidagi ishonchli axborot bilan ta’minlash;

  • aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish buyicha tavsiyalarni korxona ijrochi organiga tezkor taqdim etish, shuningdek ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash.

Umuman olganda ichki auditor mulkdorlar vakili bo‘lib, buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi kerak. U mulkdorlarga korxonadagi haqiqiy ahvoli to‘g‘risida, ijro organlarining qanchalik vakolatli ekanligi haqida axborot beribgina qolmay, balki ijro organiga moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yuritishda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka ham yordam beradi.
Ichki auditor ijro organi (shuningdek uning vakolatxonalari va filiallari) tomonidan korxonani boshqarish bo‘yicha qonunchilikka, ta’sis hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishini, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to‘liqligi va ishonchliligini, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarning saqlanishi ustidan nazorat va monitoringini amalga oshiradi.
Ichki auditor amalda tashqi auditor funksiyalarini bajaradi, lekin uning harakatlari tezkor, puxta va batafsilroq bo‘lishi kerak. Bu ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi 734-XII- son “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” gi Qonuniga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilmaydigan korxonalar uchun muhim.

Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish