Korporativ nazorat ob’ektlariga quyidagilar kiradi:
korporatsiya biznes-rejalari va byudjetlarining ijrosi;
korporativ andozalar (ustav, nizomlar, tartiblar, yo‘riqnomalar va reglamentlar) me’yorlariga rioya qilish;
korporatsiyaning mulkni sotib olish yoki begonalashtirish va korxonaning asosiy xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan bitimlari va aktivlarining harakati ustidan nazorat;
kadrlarga oid muhim qarorlar ustidan nazorat;
kompaniya aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlari, kuzatuv kengashi qarorlari va ijroiya organining eng muhim qarorlari ijrosi;
kompaniya mulkdorlarini eng muhim manfaatlariga aloqador bo‘lgan kompaniya faoliyatining sohalari.
2006 yilgacha O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ nazorat quyidagilar tomonidan amalga oshirilayotgan edi2:
kompaniya mulkdorlari (aksiyadorlari);
Kuzatuv kengashi;
Taftish komissiyasi;
auditorlik tashkiloti;
ijroiya organi.
2006 yilda davlatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ munosabatlar saxnasida yangi xarakatlanuvchi shaxs - Ichki audit xizmati (IAX) paydo bo‘lib, uning asosiy funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son Qarori bilan tasdiqlangan «Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risida»gi Nizomda belgilangan. Nizom aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan korxonalarda ichki auditni tashkil etishga qo‘yiladigan yagona talablarni hamda uning ishini tashkil etishning metodologik asoslarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 27 sentyabrdagi PQ-475 son “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tug‘risida” gi qarorining qabul qilinishi O‘zbekistonda ichki auditorlar institutining shakllanishi jarayonini boshlab berdi. Ushbu me’yoriy hujjatda 2007 yilning 1 yanvaridan boshlab, mulkchilik shaklidan qati nazar, aktivlarning balans qiymati 1 mlrd. so‘mdan ko‘proq bo‘lgan korxonalarda kuzatuvchi kengashlar tomonidan tayinlanadigan va ularga hisobot beradigan ichki audit hizmatlari (IAX) tashkil etilishi belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16-noyabrdagi 215-sonli karori bilan “Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan bo‘lib, unda korxonalardagi ichki auditni tashkil qilishga bir xil talablar quyilgan shuningdek uning ishini yuritishning metodologik asoslari belgilangan. Aytib o‘tilgan me’yoriy xujatlarining 1996 yil 26-apreldagi 223-II-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarning xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi 2001-yil 6-dekabrdagi 310-II-son “Mas’uliyati cheklangan hamda ko‘shimcha masuliyatli jamiyat to‘g‘risida”gi Konunlarga kiritiladi.
Auditorlik faoliyati milliy andozalari ichki auditor ishidan foydalanish mumkinligini ko‘zda tutmaydi. Bunday imkoniyat 610-son “Ichki audit ishini ko‘rib chiqish” Halqaro audit andozalarida aks ettirilgan.
2008 yil fevral oyining boshiga kelib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, amal qilish muddati o‘tmagan malaka sertifikatiga ega auditorlar soni 1340 kishini tashkil qildi. Ulardan taxminan 1500 dan oshig‘i auditorlik faoliyatini yuritish uchun litsenziya olgan yoki yaqin orada uni olishni kutayotgan auditorlik tashkilotlari shtatida hisobda turadi. Qolganlari xo‘jalik sub’ektlari asosan, bosh buxgalter yoki moliyaviy direktor lavozimlarida ishlamoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi ma’lumotlariga muvofiq, 2008 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 2,2 mlrd. sumdan ortiq aktivlarga respublikamizning 1700 ta korxonasi ega bo‘lgan. Ularda IAX ni tashkil qilish uchun 2500 ta sertifakatlangan auditor talab qilingan. O‘tgan davr mobaynida bunday korxonalar soni oshdi, malakali auditorlar soni esa ko‘paymadi. Ayni paytda ichki auditorlarni etishmasligi ancha dolzarb muammo hisoblanadi.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi 558-II-son “Ma’suliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida” gi Qonuni 38 moddasiga muvofiq, IAXni yaratish va uning xizmatchilarini tayinlash to‘g‘risidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi, ijro qiluvchi organ esa bu qarorni bajaradi. SHundan kelib chiqib aytish mumkinki, oxir-oqibat IAXning o‘z vaqtida shakllantirilmaganligi uchun javobgarlik korxona ijrochi organi zimmasiga yuklanadi.