Iqtisodiy munosabatlarda ko‘pincha ma’lum bir sababiarga ko‘ra ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmay qoladi. Respublikamizda bunday vaziyatlarni tartibga solish bilan «Monopoliyadan chiqarish va raqobatni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi* shug‘ullanadi.
Fanda «bankrot» so‘zi etimolgiyasining bir yoqlama tushunchasi mavjud emas. Rus till tadqiqodchisi P. CHernixning fikricha «bankrot» so‘zi fransuzcha «banqueroute» so‘zidan kelib chiqqan deydi. Lekin ko‘pchilik tadqiqodchilar «bankrot» so‘zining etimologik asosini «stul (kursi)» «siniq» ma’nosini anglatuvchi italyancha «banco» va «rotto» so‘zlaridan olinganligini ta’kidlashadi. E. Freyxeytning fikricha «bankrot» tushunchasi XVI asrdan qo‘llanila boshlangan va u italyancha «bancarotta» so‘zidan kelib chiqib «singan stol» ma’nosini anglatishini e’tirof etadi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra kreditor savdo-garlar o‘rta asr Italiya shahar-davlatlari (Venesiya, Genuya) bozorlarida shug‘ullanuvchi to‘lovga qobiliyasiz bo‘lib qolgan pul almashtiruv-chilarning stollarini sindirishgan. YAna boshqa bir nuqtayi nazarga ko‘ra «bankrot» so‘zi «bank» so‘zidan kelib chiqqan deyiladi. Har-xil sababiarga ko‘ra o‘rta asrlarda tijorat banklari to‘lovga qobiliyasiz bo‘lib turganlar. Bizning mamlakatimizda bu tushuncha asosan mustaqillik davridan keng qo‘llanila boshlagan.
Korxona va tashkilotning bankrotlik alomati (iqtisodiy nochor) -O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasiga asosan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan c’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmaganligi deb e’tirof etiladi.
Amaldagi qonunchilik bo‘yicha iqtisodiy xavf alomatlari mavjud korxonalar guruhiga mansub korxonalar toiov qobiliyatini yo‘qotgan va past rentabellik yoki moliyaviy xavf belgilari mavjudligi bilan aniqlanadi. SHuningdek, iqtisodiy nochor korxonalar guruhiga mansub korxonalar pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlardan bo‘lgan qarzlarini to‘lash muddati uch oydan ortiqligi bo‘yicha belgilanadi. Bunda iqtisodiy nochorlikning amaldagi qonunchilik bo‘yicha mezoni - eng kam ish xaqining 500 barobaridan (6,4 mln.so‘m) yuqori bo‘lishligi belgilangan.
Korxona bozorda o‘z ulushini yo‘qotmasligi maqsadida sarmoyani moliyalashtirish uchun kredit olishga majbur bo‘ladi, bu o‘z navbatida majburiyatlarning yanada oshishiga olib keladi. Agarda ishlab chiqarishga jalb qilingan qo‘yilmalar majburiyatlar hajmi o‘sish sur’atidan ko‘ra tushumning o‘sish sur’atlarining oshishiga olib kelsa, korxonaning to‘lov qobiliyati oshadi va inqiroz yuz bermaydi. Agarda ushbu holatning aksi ro‘y bersa inqiroz so‘zsiz yuz beradi. Agarda tushumning o‘sish sur’atlari majburiyatlar hajmi o‘sish sur’atlaridan past bo‘lsa, ertami yoki kech tushumdan majburiyatlar summasining oshish ostonasi keladi. Bunday holatda koixona o‘z majburiyatlarini kreditorlarni qoniqtiradigan muddatlarda bajara olmaydi, ya’ni to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmay qoladi.
Biz majburiyatlar hajmi o‘sish sur’ati tushum o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lgan holatdagi korxona to‘lov qobiliyati dinamikasini ko‘rib chiqamiz. Bunday holat, ishlab chiqarish samaradorligining pasayishi natijasida korxona moliyaviy holatining yomonlashishi yoki daromadlilik salohiyatini oshirish uchun mavjud moliyaviy salohiyatdan to‘laqonli foydalanmaslik oqibatida yuzaga kelishi mumkin.
Majburiyatlar tushumga nisbatan 1 dan kichik bo‘lsa korxona sof foyda ko‘rinishdagi bo‘sh pul mablag‘lari zahirasiga ega bo‘lib, undan o‘zining ishlab chiqarishiga sarmoya sifatida yoki boshqa ishlab chiqarishlarga loyihaning daromadliligiga qarab sarmoya kiritishi, dividend to‘lashi yoki kredit ajratishi mumkin. Pul mablag‘laridan foydalanish variantlarini tanlashda korxona amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasidan aksiyadorlar (qatnashuvchilar) oladigan, bitta oddiy aksiyaga (ulushga) maksimal foyda olish mezoni bo‘yicha foydani ko‘zlaydi.
Majburiyatlar tushumga nisbatan 1 ga teng bo‘lganda korxona majburiyatlarini muntazam bajarishni ta’minlay oladigan va muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmaydigan holatda bo‘ladi, lekin buning uchun aylanma aktivlari tarkibida ma’lum pul mablag‘lari zahirasi zarur bo‘ladi.
Majburiyatlar summasining oshish ostonasi majburiyatlardan 1 dan katta bo‘lsa, u o‘z navbatida tushumdan 1 ga katta bo‘lsa, korxona tushumi majburiyatlar summasidan kichik bo‘lishiga qaramasdan to‘lov qobiliyatiga ega hisoblanadi, zero bu holatda majburiyatlarni bajarish muddati kreditorlarni qoniqtiradi.
Mabodo, majburiyatlar summasi nisbati ayrim chegaraviy osto-nasidan o‘tsa (yuqori bo‘lsa) majburiyatlarni bajarish muddati kreditorlarni qoniqtirmay qo‘yadi va to‘lov qobiliyasizligi bosh-lanadi.
Majburiyatlarning tushumga nisbati, majburiyatlar summasining oshish ostonasiga teng bo‘lsa, korxona majburiyatlar hajmi o‘sish sur’atini pasaytirish choralarini ko‘rish lozim.
Ma’lumki, korxona kredit siyosatini baholashda zararsizlik nuqtasi (a) ning holati (/ joriy vaqtning) va (t2-t) muayyan davr davomida to‘lov qobiliyatini saqlash diapazoni muhim ahamiyatga ega.
Ishlab chiqarishning yuqori samaradorligida korxonaga kredit olish foydalidir (agarda kredit foizlari kapital rentabelliligidan past bo‘lsa).
SHunday ekan, tushum o‘sishi bilan bir qatorda majburiyatlar summasi ham o‘sib boradi. Ishlab chiqarishning kam samaradorligida kreditlar hajmini kamaytirish lozimki (bu holatda kreditlar bo‘yicha foizlar kapital rentabelligidan yuqori bo‘lishi va o‘z mablag‘lar rentabelligi kamayishi mumkin), bunda tushum pasayishi barobarida majburiyatlar summasi pasayishi lozim.
Ushbu holatdan kelib chiqqan holda korxona to‘g‘ri kredit siyosati yuritsa, zararsizlik nuqta holati biroz barqaror holatda bo‘ladi.
Korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirishda asosiy masalalardan biri bu inqirozning yuzaga kelishi sabablarini aniqlashdir.
Bu odatda, korxonani moliyaviy taxlil qilish jarayoni orqali amalga oshiriladi. Adabiyotlarda korxonaning iqtisodiy inqirozga uchrash sabablarining qator tasniflari mavjud.
Bizning fikrimizcha, tasniflanish A.P. Gradova va B.I. Kuzina muharrirligi ostida chop etilgan kitobda to‘liq keltirilgan. quyidagi jadvalda korxona moliyaviy qobiliyati omiilarining tasniflanishi keltirilgan.
Ushbu omillarni konkret korxona misolida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak ushbu korxonada inqirozning yuzaga kelish sababini aniqlash mumkin. Korxonada yuzaga kelgan inqirozning barcha sabablarini (korxonaga nisbatan) ichki va tashqi sabablarga ajratsak bo‘ladi.
Korporatsiya investitsion-innovatsion faoliyatning rivojlanishi ko‘p jihatdan korxona moliyaviy holatining o‘zgarish tendensiyasi va darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
SHundan, inqirozli moliyaviy holatda bo‘lgan korxonalarni moliyaviy sogiomlashtirish va uni o‘z vaqtida aniqlash va ogohlantirish turli moliyaviy ma’Jumotlardan foydalanuvchilar ucliun muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik yuritishning bozor sharoitida korxonalar (investorlar), o‘z hamkorlarining iqtisodiy qobiliyati va ishonchliligini aniq bilishi kerak. Aks holda to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan qarzdorlarga bankrotlik mexanizmini qo‘llash ehtimoli paydo bo‘ladi.
SHu bois korxona raxbarlari, turli darajadagi menedjerlar bankrot-likka uchrashdan qochish, agarda bankrotlikka uchragan taqdirda uni moliyaviy sog‘lomlashtira olish uchun o‘z korxonasini inqirozga qarshi boshqarish asosida yuritishi lozim.
SHu bilan bir qatorda ular o‘tkazilgan moliyaviy tahlil natijasida kontragent korxonalarning noxush moliyaviy holatini o‘z vaqtida aniqlay olishi va zarur holatda qarzdorga nisbatan sud orqali bankrotlik taomilini qo‘llay olishi lozim bo‘ladi.
Iqtisodiy fanda korxona qobiliyasizligi nazariyasi muammolari tahlili va ularni inqirozga qarshi boshqarishga bag‘ishlangan tadqiqotlar etarli emas. Hanuzgacha barqaror rivojlanishning, inqirozni engib o‘tish va korxonalarni bankrot bo‘lishini ogohlantirishning yalpi iqtisodiy konsepsiyasi mavjud emas.
SHuningdek, barqaror va hamma tari olgan ilmiy-tushunchaviy apparat tashkil qilinniagan. YUristlar ham, iqtisodchilar ham ko‘pincha «qobiliyasizlik», «to‘lovga qobiliyasizlik», «bankrotlik», «korxonaning inqirozli holati» tushunchalari o‘rtasini ajratmaydilar (farqlamaydi). Ko‘pchilik ilmiy ishlar va amaliy maqolalarda mazkur barcha tushun-chaiar sinonim sifatida qo‘llaniladi.
SHuning uchun fan oldida bir-biriga yaqin lekin, turlicha iqtisodiy ma’noni anglatuvchi tushunchalarni biri-biridan ajratish masalasi turadi.
Har bir iqtisodiy hodisani o‘rganishda uni ham tashqi shakli va ichki tuzilishini chuqur o‘rganishni talab etadi.
Korxona qobiliyasizligining tashqi shakli to‘lovga qobiliyasizligi hisoblanadi. Ichki tarkibi esa uning normal bozor iqtisodiyotida biznes samaradorligi darajasimng belgilangan darajadan pastligi, tashqi shakli esa uning to‘lovga qobiliyasizligidir. Qobiliyasizlikning tashqi shakli bo‘lgan to‘lovga qobiliyasizlik darrov namoyon bo‘lmaydi. Ko‘pchilik tadqiqodchilar to‘lov qobiliyasizligini o‘z aylanma mablag‘larini yo‘qotish bilan xarakterlanadi deb hisoblaydilar, lekin shu bilan bir vaqtda korxonada o‘z majburiyatlarini qoplash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar manbai sifatidagi etarli amortizatsion ajratmalar yig‘indisi mavjud bo‘lsada (15-jadval).
SHundan kelib chiqqan holda biznes yuritishning beshta bosqichini va uning to‘lov qobiliyasizligi bilan bog‘liqligini ajratish mumkin.
1. Daromadli faoliyat. Bu holatda biznes shunday samaradorliki, bunda sof foyda summasi va yig‘ilgan amortizatsiya nafaqat o‘z majburiyatlarini bajarishni balki, oddiy va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
2. Zararsiz faoliyat. Sof foyda generatsiyasi amalga oshirilmaydi, yig‘ilgan amortizasiya ajratmalari esa oddiy qayta ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Bunday moliyaviy holatda korxonaning to‘lov qobiliyatliligi va xo‘jalik faoliyatining to‘liq ta’minlanishi kafolatlanadi, agarda muddati o‘tgan debitor qarzdorlik va o‘z vaqtida so‘ndirilmagan qisqa va uzoq muddatli majburiyatlari bo‘lrnasa.
3. Vaqtinchalik to‘lovga qobiliyasizlik. Bu holat foyda mavjud bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi, yig‘ilgan amortizatsion ajratmalar esa aylanma kapitalni moliyalashtirishga jalb qilingan bo‘ladi. Korxona qisqa muddatli majburiyatlari va zararlarni qoplashga ishlab chiqarish zaxiralarining bir qismini yo‘naltiradi va shu bilan qiqartirilgan qayta ishlash rejimiga o‘tadi. Bu davrda boshqaruvning asosiy maqsadi – korxona va biznesda keskin restrukturizatsiya o‘tkazish, kreditorlar bilan hisob-kitobni amalga oshirish va korxona moliyaviy holatini yaxshilashdir.
4. Oraliq to‘lovga qobiliyasizlik. Uning farqi shundaki, biznes bilan generatsiya qilinadigan pul oqimlarining etishmasligini va korxona likvid aktivlarining etishmasligini faqat biznesning sifatli yaxshilanishi hisobiga engib o‘tish mumkin bo‘ladi.
Bunda ishlab chiqarishning to‘xtab qolishi va bankrot bo‘lish xavfi tug‘iladi. Korxonaning to‘lov qobiliyatini tiklashga, ishlab chiqarish jarayonini qayta tiklash va uni qo‘llab-quvvatlash uchun zudlik bilan barcha zaruriy choralar ko‘rilishi zarur.
Kreditorlarning talabi bilan korxonaga moliyaviy sog‘lomlashtirish va tashqi boshqaruvning hakamlik jarayoni kiritilishi mumkin. Samarah reorganizatsion ichki tadbirlarni o‘tkazish nafaqat kreditorlar talabini qondirishga balki samarali xo‘jalik faoliyatini qayta tiklashga, bankrotiik ishlarini to‘xtatib o‘z faoliyatini davom ettirishga imkon yaratadi.
Korxona moliyaviy qobiliyati omillarining tasniflanishi