Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) – to`plangan tajribani ta`lil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyo`rlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Ta`lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi, o`quv-tarbiya jaraѐni yangi o`quv-uslubiy majmualar, ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan to`liq tahminlanadi.
Milliy (elita) oliy ta`lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish amalga oshiriladi. Kasb-hunar ta`limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va o`zini o`zi boshqarishi shakllari mustahkamlanadi.
Ta`lim jaraѐnini axborotlashtirish, uzluksiz ta`lim tizimi jahon axborot tarmog`iga ulanadigan kompg’yuter axborot tarmog`i bilan to`liq qamrab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |