Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/72
Sana18.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#455037
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72
Bog'liq
2 5285267968547098640

 
 
 
 
 
Reja:
16-ma’ruza
Menejerlar (boshqaruvchi kadrlar) ni tayyorlash 
jarayonini tashkil qilish


1.
Menejer mexnatining moxiyati; 
2.
Menejerlar oldiga bozorning qo‘ygan talablari; 
3.
Menejerlarni tayyorlash. 
Ilmiy menejmentni amalga oshishini malakali boshqaruvchi – menejerlar 
ta’minlaydilar. Statistika bo‘yicha ko‘p xollarda bu mansabga daxldar odamlar 
iqtisodiy bilim egallari, moliya va marketing soxasidagi mutaxassislardir. 
Zamonaviy menejer jamoat ishlab chiqarishda: a) boshqaruvchi; b) 
diplomat; 
v)
etakchi (peshqadam); g) innovator; d) inson sifatida maydonga 
chiqadi. 
Boshqaruvchi-menejer. Menejerning bu funksiyasi azoldan unga xos 
bo‘lgan an’anaviy funksiya xisoblanadi. Boshqaruvchilik vazifasini ado etar 
ekan, menejer xokimiyatga ega shaxs bo‘lib qoladi. xozirgi sharoitlarda 
xokimiyat tanxo bir kishiga tegishli bo‘lmay qolgani uchun, xokimiyatni qo‘lda 
tutuvchi kishidan bugungi kunda xam qat’iyat, xam ma’lum darajada muloyimlik 
ko‘rsatish talab etiladi. Boshqaruvchi menejer xalol, o‘z lavzida turadigan, 
yuqsak kasb maxoratiga ega, ish yuzasidan muomala qilish ko‘nikmalarini 
o‘zlashtirgan, notiq, maslaxatchi, pedagog va psixolog maxoratiga erishgan 
bo‘lishi kerak. 
Diplomat-menejer. So‘nggi o‘n yilliklar davomida, ayniksa, keng eyilgan 
menejerlik malakalari va ko‘nikmalari orasida bularning avvalo muzokaralar 
olib borish bilan bog‘liq xillari tilga olib o‘tish lozim. O‘rta va oliy bo‘g‘ii 
menejerlari xozirgi kunda o‘zlarining ish vaqtlarini asosan odamlar bilan aloqalar 
bog‘lash va bu aloqalarni kengaytirishga, ish soxasidagi aloqurlashtirish, 
shartnomalar, bitimlar tuzish, baxslarni xal qilish, xukumat bilan o‘rnatiladigan 
munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga sarflaydilar. xar xil vositachilik ishlarida 
menejerlarning ishtiroq etishi 
tobora ko‘proq zarur bo‘lib qoldi. Mana shularning xammasi uchun kishida 
aloxida, ya’ni diplomatlarga xos qobiliyatlar bo‘lishi kerak. 
Etakchi- menejer. Zamonaviy menejer menejerlik ishlaridan tashkari 
etakchilik ishlarini xam olib boradi. Menejment xususidagi amerika 
nazariyotchilari “xar bir menejer etakchi bo‘lishi kerak” degan ishorni 
allaqachonoq o‘rtaga tashlashgan. Menejerlik vazifasi bidan etakchilik vazifasi 
bir ma’noni anglatmaydi. Bizda menejerlik vazifasi deyilar ekan, ko‘pgina 
biznesning moddiy kenja tizimi 
faoliyatini (ishlab chiqarish resurslari, 
muolajalari, texnologik jarayonlarni) quvvatlab borish uchun zarur bo‘lgan jami 
professional xarakatlar tushuniladi. Bizda bu o‘tmishdan qolgan. Biznesning 
insonga xos bo‘lgan boshqa avlod tizimi, ya’ni boshqarishning asosiy ob’ekti bu 
o‘rinda go‘yo chetda qolib ketgan. Lekin bu vazifani yaxshi uddalash uchun 
menejer odamlarni o‘ziga ergashtirib borish qobiliyatiga ega, ya’ni etakchi 
bo‘lishi kerak. 
Zamonaviy nuqtia nazarga muvofiq etakchilik funksiyalari ikki qismdan 
professional-texnokratik va emotsional shaxsga oid qismlardan iborat. 
Murabbiy- menejer. Ishlab chiqarish jarayonlari muraqqablashib borgani 
sayin xodimlarga qo‘yilgan talablar ortadi. Bir tomondan xodimlarning 


texnologik bilimlarini oshirish extiyoji paydo bo‘lsa, ikkinchi tomondan ular 
xayot faoliyatining 
ma’naviy tomonlarini kamolatga etkazish zaruriyati 
tug‘iladi. 
Murakkablashib 
borayotgan 
texnika 
bilan 
texnologiya 
mutaxassislarga uzluksiz kasb ta’limi berib borish zaruriyatini tug‘dirishi xech 
kimda shuyuxa uyg‘otmaydi. Bu ravshan, shunga 
ko‘ra biz, ko‘p 
surishtirmasdan bu ishga talaygina mablag‘larni sarflamiz. Lekin xodimlarni 
ma’naviy tomondan kamolatga etkazish borasida biz sustkashlik qilmoqdamiz va 
shuning uchun ishlab chiqarishda zarar xam ko‘ramiz. Vaxolanki, xodimlarning 
yaxshi tarbiya ko‘rganligi, yuksak ma’naviy axloqqa ega ekanligi taraqqiyot 
cho‘qqisiga chiqqan iqtisodiyotning mintaqadan mintaqaga o‘tib borishi uchun 
xal qiluvchi shart bo‘lib xisoblanadi. 
Muffaqiyat qozonishni mo‘ljallaydigan menejer xodimlarni odob-axloq, 
xis- xayajon tomonidan tarbiyalab borish barcha menejerlik ishlarning muxim 
tomonidir, degan tegishli xulosaga kelish lozim. 
Innovator- menejer. Fan-texnika taraqqiyotining informatsion yuksalish 
sharoitida menejerlik ishining eng muxim tomonlaridan biri innovatsiyalar 
bo‘yicha faoliyat olib borishdir. SHiddat bilan davom etayotgan fan-texnika 
inqilobi sharoitlarida innovatsiyalar xususida kimki sustkashlik qiladigan bo‘lsa, 
u tez orada orqaga o‘tib qoladi. Innovatsiyalarning zarurligini tushuntirish juda 
oson. Eskirib qolgan asbob-uskunalarni tiklash, yangiliklarni joriy etishdan 
mablag‘ tejab qolishdan ko‘ra yangi texnika va texnologiya bazasida mexnat 
unumdorligini va maxsulot sifatini ko‘tarish ancha oson va tezroq bo‘ladi, deb 
xisoblanadi. 
Menejer avvalo insondir. Menejer tashki energiya manbaalaridan 
ishlaydigan 
mashina emas. SHuning uchun xam insonga xos bo‘lgan 
xususiyatlarning xech biri unga begona emas. Menejer tarbiya natijasida 
etishtirilgan ijtimoiy sifatlarning murakkab bir tizimi, ya’ni shaxsiyatli kishidir. 
xar bir menejerning o‘z xulk-atvori bilan belgilanadigan o‘z tadiati bor. Lekin 
odam tabiatining xar qaysi tomoni xam menejerlik vazifalarini ado eitishga 
yordam beravermaydi. 
YApon “Matsusita denki” firmasining menejerlari ishchilar mexnatining 
samarasinii oshirish va ularni maxsulot sifatini tinmay takomillashtirib borishga 
undash uchun mana bunday ma’naviy qoidaga amal qilib borishadi: 

Bizning tomoyillarimiz. Jamiyatimzni rivojlantirish va faravonligini 
oshirish 
borasida 
o‘z ma’sulitlarini anglab olish. Jaxon 
madaniyatini yanada taraqqiyot ettirishga o‘z-o‘zini bag‘ishlash. 

Bizning kredo. Madaniyat taraqqiyoti mavxum bir narsa emas. 
Bizning 
xammamiz 
birgalikda 
xarakat 
qilib, 
madaniyat 
taraqqiyotiga o‘z ulushimizni qo‘shib boramiz. Bizning xar 
birimiz buni doimo edda tutmog‘imiz kerak. xar ishda firmaga 
sadoqatli muvaffaqiyat kalitidir. 

Ma’naviy qadriyatlarimiz: a) ishlab chiqarishni takomillashtirish 
yo‘li bilan millatga xizmat qilish; b) xallolik; v) uyg‘unlik va 
xamkorlik; g) sifat uchun kurash; d) o‘z qdrini bilish va 
buysunish; e) firma bilan payvasta bo‘lib ishlash; j) firmaga 
minnatdorchilik. 
Menejerlikning asosiy maqsadi – izlanish, doimiy o‘qib o‘rganish va 


ishni barcha mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘la samara olishni 
ta’minlaydigan qilib tashkil etishdan iborat. Menejer xar doim odamlar bilan 
muloqtda bo‘lib, ularning ishini tashkil qiladi. Binobarin, menejer psixologik, 
ijtimoiy va boshqa zarur bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Uning bilim doirasi
qanchalik keng bo‘lsa, uning xodimlar bilan bo‘ladigan munosabati shunchalik 
yaxshi bo‘ladi. 
Odamlar bilan munosabatda menejerlar mazmunli muxbat o‘tkazish, 
yig‘ilish va majlislar o‘tkazish, ish yuzasidan olib boriladigan muzokaralar, 
suxbatlar davrida kamgap bo‘lish, ortiqcha, keraksiz so‘zlar ishlatmaslik,
fiqrini aniq, ravshan, qa bayon xam yuqori malaka xisoblanadi. 
Menejer mexnatkashlarni ishni bajarishga davat qiladi va yo‘naltiradi. 
Uning birdan-bir quroli yozma yoki og‘zaki aytilgan so‘z eki raqamlar tilidir. 
Menejerning ishi texnika xisoblash ishlari yoki maxsulotlarini sotish 
bilan bog‘liqmi, yo‘qmi, undan qat’i nazar ishning samarasi uning eshitish, 
o‘qish va yozish qobiliyatiga bog‘liq. 
Menejer katta foyda olishni quzlagan xususiy mulq egasi bo‘lmasada, 
bugungi kunda u iqtisodning ishlashini ta’minlovchi shaxsdir. 
Menejerlar oldiga qo‘yilgan talablar 
CHuqur professional bilimlar bilan birgalikda menejerlar odamlar
orasidagi munosabat, muloqatlar xaqidagi bilimlarga ega bo‘lishlari 
kerak. 
xozirgi zamon menejeri quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
Maxsus bilimlar kompleksiga ega bo‘lish, yuqori darajada kompetentli 
va zukko, uddaburon, keng doirali dunyo qarashga ega bo‘lish, 
yangi bilimlarga intilishi. 
Tashabbuskur, tirishqoq, ishga ijodiy endoshishi, tavvakalchilikka 
tayyor turishi. 
Vaziyatga tanqidiy endashishi. 
Egiluvchan va ratsional, oqilona xamda mantiqan fiqr yuritishi va 
xarakat qilishi. 
Muloqatga tayyor turish, erkin fiqr almashish. 
Odamlar bilan to‘g‘ri munosabatda boada yaxshi, sog‘lom ruxiy 
iqlimni, ijodiy xamkorlikni va do‘stona munosabatlarni ta’minlay 
olishi. 
Rakobatga, tanlov erkinligiga moyinl bo‘lishi. 
Jamoaning sotsial muammolarini, qo‘l ostidagi xodimlarning
shaxs sifatida barkamollikka erishishini ta’minlash uchun sharoit 
yaratish. 
Mustaqil, ko‘rqmasdan 
fiqrlash va xarakat qilishi,
konservatizm, turgunlikka qarshi kurash olib borish. 
Menejer minimum nimaga qodir bo‘lishi lozim bo‘lgan shartlar quyidagilar: 
Ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va maxsulotni sotish; 
To‘g‘ri boshqaruv qaror va echimlarni qabul qilish; 
Jamoaga xozirgi zamon talablariga binoan raxbarlik qilish 
(peshqadam bo‘lish); 


Odamlar bilan muloqatda bo‘lish, ularni iqtisodiy yuksalishga o‘z xissalarini 
qo‘shimcha, manfaatdorlik, 
ijodiy faoliyatga 
undash, buysunuvchilarning xar qaysi yutug‘iga e’tibor berib tan berish, baxolash; Nizolik, kelishilmovchilik vaziyatdan 
chiqa bilish, yo‘lini topish; 
O‘z shaxsiy munosabatidan qa’tiy nazar, ob’ektiv 
bo‘lish; xodimlarni to‘g‘ri tanlash va o‘qitish; 
Buysunishni bilish va subordinatsiyasiga amal 
qilish; Ish yuzasidan muzokaralar olib borish; 
Doimo o‘z ustida ishlash, bilimlar doirasini 
kengaytirish; Muammoni xar tomonlama ko‘ra bilish 
va xal qila olish; 
O‘zgalarsha ta’sir o‘tkazish darajasi yuqori bo‘lishi,
boshqarish qobiliyatga ega bo‘lish; 
Samarali ishchi guruxlarni tashkil qilish va 
rivojlantirish; O‘zini-o‘zi boshqara bilish. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish