Nazorat savollar
1.
“Ishlab chiqarish sarflari” tushunchasi.
2.
Maxsulot tannarxiga kiritiladigan
sarflar tarkibi xakidagi yangi
Yo‘riqnomaning moxiyati.
3.
Kalkulyasiya sarf moddalari va bir turli iqtisodiy elementlar bo‘yicha
sarf xarajatlarning guruxlanishi.
4.
O‘zgaruvchan va o‘zgarmas (doimiy) sarflar moxiyati?
5.
Maxsulot tannarxidagi – to‘g‘ri va yordamchi (endosh) moddiy sarf
xarajatlar moxiyati.
6.
Maxsulot tannarxidagi mexnatga doir to‘g‘ri va yordamchi sarf
xarajatlar.
7.
Davr xarajatlar, favqulotdagi sarflarning moxiyati va tarkibi.
8.
Maxsulot tannarxini pasaytirish yo‘nalishlari.
9-ma’ruza
Korxonaning moliya ko‘rsatkichlari
Reja:
1.
Moliya va uning xususiyatlari;
2.
Moliyaning vazifalari;
3.
Koxona moliya resurslari;
4.
Korxona foydasi;
5.
Foydani taqsimlash;
6.
Rentabellik ko‘rsatkichlari;
Moliya va uning xususiyatlari
Bozor iqtisodiyotidagi xar qanday faoliyat mablag‘, pul talab qiladi, moliyani
yuzaga keltiradi. Umuman, moliya xakl xo‘jaligida pul resurslari bilan bog‘langan
bo‘lib, bunday resurslarni xosil qilish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarining
shakllanishi tushunchasidan iboratdir. Ma’lumki, ishlab chiqarish iste’moldan oldin
taqsimotni talab etadi. Avvalo qiymat shaklidagi taqsimot amalga oshib, maxsulot
ana shu qiymatlar xissasiga qarab taqsimlanadi.
Qiymat taqsimoti turli pul resurslarini, fondlarini yuzaga keltiradi. Bular
tovarlarga almashinilib, iste’molni shakllantiradi. Umumjamiyat iste’moli davlat
tomonidan ta’minlanadi. Buning uchun avvalo resurslar, bir necha xil pul fondlari
yuzaga keltiriladi. Axoli ijtimoiy ximoyasi, atrof-muxitni saqlash, mudofa, davlat
boshqaruvi, nomoddiy soxalarni ta’minlash kabilar shular jumlasidandir. Buning
uchun avvalo qiymatlar taqsimoti tufayli zarur pul resurslari tashkil etilib, maxsus pul
fondlari yuzaga keladi. SHu pul resurs va fondlarning ishlatilishi tufayli eslatib
o‘tilgan tarmoq va soxalarning extiyoji qondiriladi. Bular davlat tomonidan amalga
oshirilib, davlat moliyasining shakllanishi va davlatning moliyaviy faoliyatidan kelib
chiqadi. Demak, pul shaklidagi moliyaviy fondlar xosil bo‘lib, ular moliyaviy
resursni tashkil etadi. Moliya maxsulot qiymatining taqsimlanishidir. Qiymat
taqsimoti maxsulotni ishlatishdan oldingi jarayon bo‘lib, u iste’molga atalgandir.
Davlat va nodavlat moliyasi mavjud bo‘lib, birinchisi asosan umumjamiyat
moxitini kasb etsa, ikkinchisi tadbirkor, oila, jamoa moliyasidan iboratdir. Moliyaviy
munosabatlar va aloqalarning sub’ektlari bo‘lib, bularga moliyaviy resurslarni tashkil
etishda, taqsimlashda va ishlatishda ishtiroq etuvchi kabilar kiradi. xar bir sub’ekt
o‘ziga qaratilgan maxsulotlarga teng bo‘lgan pul fondlarini tashkil etadi. Bu fondlar
turlicha bo‘lib, xar biri ma’lum maqsadni ko‘zlaydi. Masalan, davlat moliyasi
davlatni boshqarish, mudofani ta’minlash, axolini ijtimoiy ximoyalash, rezervlar
tashkil etish kabilaga sarf etiladi.
Moliyaning vazifalari
Jamiyatning o‘ziga xos vazifalari mavjud bo‘lib, bulardan asosiy to‘rt xilini
ko‘rsatish mumkin: taqsimlash, rag‘batlashtirish, ijtimoiy ximoyalash, iqtisodiy
axborot vazifalari. Moliyaning vazifalari (funksiyalari) deganimizda uning xo‘jalik
faoliyatida mazmunlashuvini, aniq ifodalashini tushunamiz.
Taqsimlash vazifasi milliy maxsulot, milliy daromadning pul fondlari
shakllanishi asosida taqsimlanishidan iborat. Birlamchi va qayta taqsimlash mavjud.
Bevosita ishlab chiqarishdagi taqsimlash qayta taqsimlanishdan iboratdir. Aytaylik,
ish xaki, foyda, ijtimoiy sug‘urta, amortizatsiya kabi fondlarga bo‘linish birlamchi
taqsimotga kiradi.
Soliqlar, turli to‘lovlar, maishiy xizmat kabilar ikkilamchi yoki qayta
taqsimlashga kiradi. YAlpi milliy maxsulotni 100% deb olsak, shundan 60% ishlab
chiqarishni tiklash, 20% ish xaki, 15% foyda, 5% ijtimoiy sug‘urta fondlari uchun
taqsimlanishi mumkin.
Moliyaviy axborotlarning iqtisodiy boshqarishda, iqtisodiy faoliyatni
baxolashdagi o‘rni katta. Bu moliyaviy yakunlari xususida o‘z vaqtida xabarlar berib
turish orqali amalga oshadi. Aytaylik, moliyaviy fondlar xolati bo‘yicha xalk
xo‘jaligi soxalarining muvozanati, bir-birlariga lonandligi kabilari aniqlash mumkin.
Moliviy axborotda auditorlik xizmati ma’lum o‘rin egallab, axborotdan
foydalanishni yaxshilaydi. Va tezlashtiradi. CHunki auditorlik xizmati korxonalar,
kompaniyalarning xo‘jalik-moliyaviy faoliyatini taxlil qiladi, ekspertizasini bajaradi,
xolisona xulosalar chiqaradi va ularni o‘z vaqtida etkazib beradi.
Moliya vazifalaridan unumli foydalanish iqtisodiy o‘sish uchun xizmat qiladi.
Moliyaviy resurslar ikki turga, ya’ni mikroresurslar va makroresurslarga
bikroresurslar markazlashmagan bo‘lib, korxona, firma, kompaniya, tashkilot, jamoa
uyushmalari, shaxslarning pul resurslaridan iboratdir. bUnga qarzga olingan pullar
xam kiradi.
Makroresurslar asosan davlat ixtiyoridagi pul resurslaridan iborat bo‘lib,
umumdavlat miqyosida tashkil etiladi. Bular umuman byudjetda majg‘ariladi. Bozor
iqtisodiyotida, albatta mikroresurslar asosiy o‘rinni egallaydi. Bozorda erkin iqtisodiy
faoliyat sharoitida albatta firma, konsern, korporatsiya, birlashma, korxona
kabilarning moliyasi asos bo‘lib xisoblanadi. Lekin bozor iqtisodiyotini tartibga
solishda davlat moliyasi etakchi o‘rinda bo‘ladi.
Moliya resurslarining tashkil topishi asosan uch usulda amalga oshadi:
1.
o‘zini-o‘zi moliyalashtirish;
2.
qarz olish (kredit);
3.
zaruriy xolatlarda davlat ajratgan moliyadan foydalanish.
Birinchi usulda pul mablag‘lari, resurslari xar bir iqtisodiy sub’ekt tomonidan
o‘z xisobiga shakllanadi. Ikkinchi usulda qarz olish xisobiga moliya resurslari tashkil
topadi. Uchinchi usulda davlat byudjeti yoki boshqa umumiy fondlar xisobiga
moliyalashtirish zaruriyati tug‘ilishi bilan moliya resursi paydo bo‘ladi va shu asosda
sarmoyalar ishga solinadi.
Moliya tizimi. Moliya tizimi yuzaga kelib bu bozor iqtisodiyotning tarkibiy
qismiga aylanib ketadi. Moliya tizimi deganda jamiyatdagi moliya munosabatlari
yig‘indisini, ularni ifodalovchi moliya mexanizmlari, vositalari xamda moliya
siyosatini tushunish kerak. Moliya tizimida mikromoliya va makromoliya mavjuddir.
Mikromoliya birlamchi bo‘lib, u korxona, firma, jamoa, oila moliyalarini
bildiradi. Buning asosida ichki va tashki moliyaviy, pul bilan bog‘langan munosabat
aloqalari yotadi. Bunda o‘zlari taqsimlab, o‘zlari ishlatadilar. Mikromoliyadagi ichki
aloqalar shu jamoa ichidagi pul taqsimoti va uni ishlatish jarayonini o‘z ichiga olsa,
tashki aloqalar pul sarmolari bilan aloqador boshqa korxona, firmalar, birjalar,
banklar va davlat moliya idoralari bilan bo‘lgan munosabatlarni o‘z moliyalarini
shakllantiradilar va tashki moliyaviy majburiyatlarini bajaradilar. Bunday moliya
amortizatsiya ajratmasi, iqtisodiy faoliyatidan olingan foyda, korxona sotib olingan
bo‘lsa, o‘z ishchi va xodimlaridan tushgan pul, shuningdek, firma yoki korxona
sotgan aksiya va obligatsiyalardan tushumlar, qarzga olingan pul mablag‘lari, davlat
subsidiyasi kabilardan tarkib topadi.
Korxona, firma moliya albatta o‘z faoliyati natijasi bo‘lib, avvalo u foyda
darajasi, bu xo‘jaliklarning iqtisodiy samaradorligining asosidir. CHunki korxonaning
yaxshi ish natijalari o‘z xissasining ortib borishi, o‘zi ishlab topgan sarmoyalar
xisobiga pul resurslarini ko‘paytirib o‘z ishini o‘zi moliyalashtirish darajasida
bo‘lishi mustaqil ish olib borish, tez rivojlanish imkonini tug‘diradi. Moliyaviy
qarashlik xar bir firma uchun doimo qiyinchilik tug‘diradi. Mikromoliyadagi tashki
majburiyatlarni olsak, bular soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, sug‘urta pulini
to‘lash, qarz xajmiga qarab qarz qismi xamda protsentini to‘lash kabilarni o‘z ichiga
oladi. Moliyalashtirishda korxonani rivojlantirish xamda asosiy kapital qismini
yangilab borish oborot kapitaliga qo‘shilish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshiriladi.
Korxonani kuchaytirish maqsadida imkoni boriga boshqa firma yoki korxona
aksiyalari va obligatsiyalarini rag‘batlantirish uchun, sarmoyalarni ko‘paytirish uchun
xarakat qilinadi. Mikromoliyada aksiya va obligatsiyalarning ta’siri katta bo‘lishi
mumkin. Aksiya qimmat baxo qog‘oz bo‘lib, u korxona kapitalida ishtiroklikni
bildiruvchi xujjatdir. Aksiya daromad keltiradi. Buni dividend deyiladi. Obligatsiya
esa qarzdorlikni bildiruvchi qimmat baxo qog‘oz bo‘lib, bu xam protsent turida
daromad keltiradi.
Keyingi vaqtlarda aksioner xamiyatlari ko‘payib, aksiyalarning korxonalar
iqtisodiy faoliyatiga ta’siri ortib bormoqda. Aksiyalar oddiy va imtiyozli bo‘ladi.
Oddiy aksiyada dividend foyda darajasiga qarab turli bo‘ladi va aksioner ovoz berish
xuquqiga ega bo‘ladi. Imtiyozli aksiyada esa daromad oldindan belgilanib,
kafolotlanadi, lekin aksioner ovoz berish xuquqiga ega emas.
Imtiyozli aksiyalar xaridorgir bo‘lib, bozorda uning xaridorlari ko‘p, baxosi
oldi-sotdida belgilanadi. Ankiyalarning bozor baxosi ularning sotish kursini yuzaga
keltiradi. Bozor kursi kotirovka deyilib, u fond birjasida amalga oshiriladi. Aksiya
kursi iqtisodiy, siyosiy va ruxiyat omillariga ega.
Makromoliya davlat moliyadan iborat. Lekin bunga mavjud ijtimoiy fondlar
xam kiradi. Davlat moliyasi uning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faoliyatini ta’minlash
uchun xizmat qiladi. Bu milliy boylik va milliy daromadning bir qismi. Davlat
moliyasi tarkibi muraqqab bo‘lib, davlat byudjeti uyushtirilgan fondlar, davlat, kredit
va korxonalar moliyasi kabilarni o‘z ichiga oladi.
Davlat moliyasi daromadlari avvalo milliy daromad va milliy boylik
qiymatining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonida paydo bo‘ladi. Aniq
xolda davlat ixtiyoriga topgan qismi xisobiga shakllanadi. Buning chiki manbalari
soliqlar, zaemlar, emissiyadan iboratdir.
Koxona moliya resurslari
Moliya resurslar – bu korxonaga qarashli mablag‘lari bo‘lib, ular joriy
xarajatlar va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish xarajatlar, moliya majburiyalarni
bajarish va xodimlarni iqtisodiy rag‘batlantirishlarni
amalga oshirish uchun
mo‘ljallanganbirlar.
Korxona moliya resurslari o‘ziga qarashli shaxsiy va zaem pul mablag‘lar
evaziga shakllanadi. Moliya resurslarning dastlabki shakllanishi korxona ta’sis
etilgan va uni ustav (aksioner yoki shirkat) kapitali.
Ustav kapitali – bu korxonaning mulqidir. U ta’sischilar ulushi, korxona
nizomi yoki uni tashkil qilish SHartnomasiga binoan belgilangan faoliyatni boshlash
uchun zarur bo‘lgan kapital miqdori, aksiya, obligatsiyalar chiqarish, davlat va
xususiy investitsiyalar evaziga xosil bo‘lib, asosiy va aylanma fondlar qiymatidan
iborat xamda korxona balansida boshlang‘ich (dastlabki) qiymatlari bo‘yicha eks
ettiriladi.
Korxona moliya resurslari asosan foyda evaziga (asosiy faoliyat yoki boshqa
tur faoliyatdan olingan), xamda chiqarilgan mulqni realizatsiyasidan tushgan tushum,
turli xil maqsadli to‘lovlar, mexnat jamoasi a’zolarining ulush pullari (vznos, paylar),
rezerv va boshqa kapitallar, uzoq muddatli zaemlar, korxona oborotidagi kreditorlik
qarzlar va xokazo asosida shakllanadi.
Korxona moliya resurslarni sug‘urta muassasalar tarkibiga kirgan konsern va
assotsiatsiyalardan xam olishi mumkin.
Korxona moliya resurslardan quyidagi yo‘yicha foydalanadi:
-
maxsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishga ketgan joriy
xarajatlar;
-
mablag‘larni
ishlab chiqarishni
kengaytirish
va texnikaviy
yangilashga mo‘ljallangan kapital quyilmalarga investitsiya qilish;
-
moliya resurslarni qimmat baxo qog‘ozlarga investitsiya qilish;
-
moliya bank tizimlari, byudjetdan tashkari fondlarga to‘lovlar
to‘lash;
-
kengaytirish, rag‘batlantirish, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan fondlar
va rezervlarni tashkil qilish;
-
xayriya maqsadlari, sponsorlik va x.k.
Korxona foydasi
Ishlab chiqarish sarflari, mexnat va moddiy resurslar iste’mol xajmilari,
texnika darajasi, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqa faktorlar (omillar) asosida
yoki ko‘payishi yoki kamayishi mumkin, ammo boshqaruvchi o‘tkir, bilimli bo‘lsa,
sarflarni kamaytirish yo‘llari ish qo‘llab, boshqarishni to‘g‘ri olib boradi.
Korxona, firma faoliyatining natijasi (yakuni) maxsulot sotilgandan so‘ng
xosil bo‘lgan tushim (QQS va aksizsiz) va maxsulotni ishlab chiqarish va sotishga
sarflangan xarajatlar ayirmasiga teng.
Bu erda yalpi daromad va yalpi foyda tushunchalarni farq qilish lozim.
YAlpi daromad – korxona yoki firmaning ishlab chiqarish va tijorat
faoliyatini yakunlovchi ko‘rsatkich bo‘lib, yalpi tushum va maxsulotni ishlab
chiqarish va sotilishiga ketgan sarf xarajatlar (ish xakidan tashkari) ayirmasiga teng.
YAlpi tushum – bu tovar maxsulot, ishlar, xizmat va moddiy ne’ematlarni
xaqiqiy sotilgan narxlari bo‘yicha realizatsiyasidan kelib tushgan mablag‘larning
to‘la yig‘indisi.
YAlpi foyda – yalpi daromadning qismi bo‘lib, korxolna maxsulot, asosiy
fondlar va boshqa mulqini sotish natijasida xosil bo‘lgan va ushbu jarayonlar sarf
xarajatlar miqdoriga kamaygan mablag‘.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi qoidasiga binoan quyidagi foyda
ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi:
1.
Maxsulot sotishdan tushgan yalpi foyda: F
ya
=S
m
–T/N
S
m
– sotilgan maxsulot, (so‘m)
T/N – maxsulotning ishlab chiqargan sarflari, (so‘m).
2.
Asosiy faoliyatning foydasi: F
a
=F
ya
-D
xar
±boshqa daromad zarar
D
xar
– davr xarajatlari.
3.
Umumxo‘jalik faoliyatning foydasi:
F
ux
=F
a
+D
d
±D
val(3)
±Q
q
-S(%)
D
d
– dividend va %-lar bo‘yicha daromadlari
D
val
– chet el valyutalari bilan operatsiyalar daromai (zarar)
Q
q
– qimmat baxoqog‘ozlarga investitsiya (quyilma) larni qayta
baxolash (peretseonka investitsiy v sennыe bumagi)
S(%) – foiz bo‘yicha sarflar.
4.
Soliqni to‘laguncha qadar xosil bo‘lgan foyda: F
s
=F
ux
±F
f(3)
F
f(z)
– favqulotdagi (ko‘zda tutilmagan, gayri tabiiy) daromad yoki
zararlar saldosi.
5.
Korxonani o‘zida qoladigan sof foyda: SF=F
s
-Soliq(fd)-boshqa
soliq va to‘lovlar
Korxona xo‘jalik faoliyatiningyakunlovchi moliyaviy ko‘rsatkichi bo‘lib
balansidagi foyda (kvartal, yil natijalari bo‘yicha tuzilgan buxgalterlik balansida aks
ettirilgan) xizmat qiladi.
Balans foydasi uch elementdan tashkil topadi:
-
maxsulotni sotish, ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatishdan kelgan foyda;
-
asosiy fondlar yoki boshqa tur mulqni realizatsiyasidan tushgan foyda
(zarar);
-
realizatsiyasidan tashkari operatsiyalarning moliyaviy natijalari.
Foydaning shakllanish va taqsimlanishi
quyidagi sxemada keltirilgan.
Foydani taqsimlash
Foyda turli, rang-barang extiyojlarni qondirar ekan, bozor iqtisodiyoti
sharoitida, uni iqtisodiy asoslangan tizimni ishlab chiqish va joriy etish katta
axamiyatga ega. Bu tizimda xo‘jalik sub’ektlarning manfaatlari oqilona, bir-biriga
muofiq kelishilgan bo‘lishi lozim.
Foyda taqsimlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
-
jamiyat (davlat ko‘rinishida) oldidagi moliyaviy majburiyatlarni
birinchi galda bajarish;
-
kengaytirilgan ishlab chiqarish extiyojlarini maksimal darajada
ta’minlash;
-
ishlovchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish;
-
foydani ijtimoiy-madaniy maqsadlarga ishlatish.
O‘zbekiston Respublikasi “Korxonalar to‘g‘risida” dagi qonunning (18
modda) da “Byudjetga to‘lanadigan soliq va boshqa to‘lovlardan so‘ng qolgan foyda
(sof foyda) korxona ixtiyorida qoladi va uni tortib olish man etiladi” deb qayd
etilgan.
Bozor sharoitida korxona yuqoridagi prinsiplarni amalga oshirish yo‘llarini
o‘zi belgilaydi, foydani qaerga, qancha va qancha muddatda sarflashni o‘zi xal qiladi,
korxonalar faoliyatidagi davlat nazorati soliqlar (ularga tegishli imtiyoz va
sanksiyalar bilan) orqali amalga oshiriladi.
Soliq – qonunda belgilangan muddat va xajmda byujdetga to‘lanishi majburiy
(shart) bo‘lgan to‘lovlar (bitta yalpi daromad, qolganlari foyda xisobidan). Qonunga
binoan to‘lovlar tartibi quyidagilardir:
-
avvalo daromaddan QQS va aksiz solig‘i to‘lanadi;
-
keyin mulq soliqlari (korxona mulqi, er, transport soliqlari)
to‘lanadi;
-
qolgan soliqlar, shu jumladan foyda solig‘i.
Soliq va to‘lovlardan so‘ng qolgan foyda ishlab chiqarish iste’mol xamda
ijtimoiy extiyoj va maqsadlarga taqsimlanadi. Bundan tashkari, agar korxona ustav
fondi boshqa investorlar ishtirokida tashkil topgan bo‘lsa, u xolda shu foydadan
ularga foiz (%) va dividendlar to‘lanadi.
Korxona ixtiyorida qolgan foydani taqsimlash tizimida bugungi kunda asosiy
talab – bu iste’mol va jamg‘arish uchun ajratilgan mablag‘lar orasida optimal nisbatar
belgilash asosida kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishni moliya resurslari bilan
ta’minlashdir.
Bozor konyukturasi talabiga binoan korxona ishlab chiqarish potensiyalini
kengaytirish va yangilash zaruriyati tug‘ilsa, foydadan ishlab chiqarishni
rivojlantirish fondlarna ajratmalar miqdorini belgilash muxim o‘rin tutadi. Bu fondlar
resurslari kapital quyilmalarni moliyalashtirish, aylanma mablag‘larni ko‘paytirish,
ilmiy-tekshirish ishlarni o‘tkazish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ilg‘or mexnat
usullariga o‘tish va xokazolarga mo‘ljallangandir.
Foyda ma’lum miqdorda yana kredit investitsiyalar bo‘yicha foiz (%)
to‘lovlarga ishlatiladi.
Foyda taqsimlanish tizimida rag‘batlantirish fondlarni tashkil qilish xam katta
axamiyatga ega. Ushbu fondlar resurslari ishchi va xizmatchilarni mukofolash, yil
yakunlari bo‘yicha taqbirlash, bir vaqtli moddiy yordam ko‘rsatish va xokazolarga
ishlatiladi.
Bozor sharoitiga o‘tish munosabati bilan xodimlarni ijtimoiy muxofaza etish
tizimining axamiyati ortib boradi. SHuning uchun foydaning ma’lum miqdori turli
ijtimoiy-madaniy extiyojlarni qondirish uchun mo‘ljallanadi, shu jumladan:
-
turar
uy-joylar,
maktabgacha bo‘lgan bolalar muassasalarini
qurish va kapital ta’mirlash;
-
ishchi oshxonalar uchun dotatsiya, xodimlarga madaniy-maishiy xizmat
ko‘rsatishni yaxshilash;
-
maktabgacha bo‘lgan bolalar muassasalari va ezgi lagerlarda bolalar
oziqlanishini yaxshilash va x.k.
Rentabellik ko‘rsatkichlari
Rentabellik ko‘rsatkichi korxona faoliyatining umumiy samaradorlik
darajasini ifodalab, olingan natija (yalpi daromad, foyda) ni sarflar yoki iste’mol
qilingan resurslar bilan solishtiradi.
Amalda korxona faoliyatida quyidagi rentabellik ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:
1.
Maxsulot rentabelligi: R
m
=(F
ya
/T/n)*100% - sof foydani maxsulot
tannarxiga bo‘lgan nisbati (maxsulot, tovar xizmatlar erkin baxo bo‘yicha sotiladi).
2.
Ishlab chiqarish rentabelligi:
R
i/chF
=(F
b
/(A
f
+O
ch.m.
))*100%, yoki R
i/chF
=(F
s
/(A
f
+O
ch.m.
))*100%
F
b
– balans bo‘yicha foyda miqdori;
F
s
– sof foyda;
A
f
- asosiy ishlab chiqarish fondlar o‘rtacha-yillik qiymati, (so‘m);
O
ch.m.
– cheklangan (me’erlangan) aylanma mablag‘lar qiymati, (so‘m).
3.
Korxona jami aktivlarining rentabelligi: R
A
=(F
s
/A
.
)
F
s
– sof foyda, so‘m;
A – aktivlarning o‘rtacha-yillik qiymati.
Aktivlar rentabelligi aktivlarning 1 so‘mi qancha sof foydani kelib tushganini
ko‘rsatadi.
4.
xususiy (shaxsiy) mablag‘lar rentabelligi – sof foydani korxona balansidagi
xususiy mablag‘lar xajmiga bo‘lgan nisbatni ifodalaydi.
5.
SHaxsiy (xususiy) kapital rentabelligi: R
sh.k.
=(F
s
/(K
fsh.o‘r.yil.
)
K
sh.o‘r.yil
– shaxsiy kapitalning o‘rtacha-yillik qiymati (ustav kapitali+rezerv
kapitali+jamg‘arilgan foyda).
SHaxsiy kapital rentabelligi xususiy mulq egalari korxonaga sarflangan xar
bir so‘mi qancha sof foyda keltirganini ko‘rsatadi.
6.
Maxsulot realizatsiyasining rentabelligi: R
r
=(F
rya
/M
r
), yoki (F
s
/M
r
)
Bu katkich realizatsiya etilgan (sotilgan) maxsulot xajmida sof foyda ulushini
belgilaydi yoki sotilgan maxsulot xajmida aks ettirilgan sarf xarajatlar ulushini
ko‘rsatadi.
7.
Bir aksiyaning rentabelligi (foydaliligi): F/A= (F
s
/n
a
)
n
a
– muomalaga chiqarilgan aksiyalar soni.
Bir aksiyaning rentabelligi muomaladagi bitta aksiyaga to‘g‘ri kelgan sof
foyda miqdorini ko‘rsatadi.
Muomaladagi aksiyalar – bu korxona, firma, kompaniya chiqargan
aksiyalarini korxona o‘zi sotib olgan aksiyalar soniga kamaygan miqdoridir.
Erkin baxolar bo‘yicha sotilgan maxsulotning rentabellik darajasi
cheklanmagan (bundan monopol maxsulot istisno, chunki respublika moliya
muassasalari tomonidan ularga cheklangan rentabellik darajalari belgilangan).
Do'stlaringiz bilan baham: |