Hodimlarning mehnat xaqi – bu ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etgan
resurslar narxi. Asosan mehnat xaqi sarf etilgan mehnatning miqdori va sifati bilan
belgilanadi, ammo uncha bozor omillari (mehnat talabi va taklifi, konkret bozor
konyukturasi), xududiy aspekt, xuquqiy normalar ta’sir qiladi.
Bozor iqtisodiyoti ishchi kuchi bozorini mehnat resurslarining hududiy siljishi
bilan taklif etadi – talab bor joyda mehnatni ko‘payishii, taklif ortig‘i bilan bor joyda
esa kamayishi bilan ifodalanadi. Ana shu omillar komleksi
konkret mehnat xaqini
shakllantiradi.
xodimning o‘zi ham, jamoa ham shaxsiy iste’mol uchun o‘zlari yaratgan va
bozorda sotilgan jamiyat mahsulotining bir qismiga ega bo‘lish imkoniyatiga loyiq(
maxsulot jamiyat uchun zarur va uncha xaridor topilgan).
Demak, ikki omil – bozor konyukturasining xolati va iste’molchi tomonidan
tan olinganligi jamoa va alohida xodim daromadining darajasini belgilaydi. Bunday
vaziyat ishlab chiqaruvchilarni aholining qatlamlariga qarashligini kuchaytiradi, shu
bilan birga yaratilgan maxsulot natijalari uchun, sifat darajasi va narxiga bo‘lgan
iqtisodiy ma’suliyatini oshiradi.
Mehnat taqsimoti ham o‘zgarib barmoqda. Teng bajarilgan ish uchun teng, bir
xil xak to‘lashda ish vaqtining sarflangan soat
soni va malaka darajasi emas,
maxsulotni tovar sifatida bozorda tan olinganligi, mexnatining natijalari asos bo‘la
oladi.
Ish xaqini tashkil qilishning asosiy tamoyillari.
Ish xaqini tashkil qilish – bu xodimlar sarf qilgan mehnatining soni va sifatiga
qarab xak to‘lashni ta’minlab beruvchi chora-tadbirlar majmuasi, hamda shu asosda
ularda mehnatlarining pirovard natijaga erishishi uchun moddiy qiziqish
o‘yg‘otishdir. Ish xaqi ishlab chiqarish va undash, rag‘batlantiruvchi
funksiyalarni
bajarar ekan, u korxona xodimlarining mehnatini taqdirlashda muhim vositadir.
Taqdirlashga
pensiyalar
(nafaqa),
kasallik
varaqalar
– mehnatga
layoqatsizliklar bo‘yicha nafaqalar (posobiya), to‘lovli otpuskalar, korxona
transportidan foydalanish xuquqi va shunga o‘xshash imtiyozlar, hamda komission
haqlar, korxona yoki firmaning foydasidagi ulushlar kiradi.
Ish xakining umumiy darajasi quyidagi omillar:
-
korxona
xo‘jalik
faoliyatining natijalari, uning foyda olish
darajasi;
-
korxonaning kadrlar siyosati;
-
ixtisoslar
bo‘yicha xodimlar orasidagi xududdagi ishsizlik
darajasi;
-
kasaba uyushmalar, raqobatchilar va davlat ta’sirlariga bog‘liq.
Mehnat haqini ratsional tashkil qilishdan maqsad – haq miqdori va
korxonaning xo‘jalik faoliyatiga qo‘shilgan ulush o‘rtasida muofiqlikni ta’minlash,
ya’ni mehnat va iste’mol me’erlarini bir-biriga muvofiqlashtirishdir.
xodimlar daromadlari faqatgina ish xaki bilan cheqlanmay, balki ijtimoiy
iste’mol fondlar to‘lovlaridan ham iborat. Bularga davlatning ijtimoiy sug‘urta
bo‘yicha sarflar,
nafaqalar, ta’lim, bepul tibbiy xizmat, ko‘p bolalik va yakka xolda
yashovchi onalarga beriladigan moddiy yordam pullari, bolalar bog‘chalari va
yaslilar qaramog‘i, sanatoriy va dam olish uylariga bepul va imtiyozli yo‘llanmalar
va shunga o‘xshash boshqa to‘lov va imtiyozli to‘lovlar kiradi. Bozor
munosabatlariga o‘tish mehnat haqini yangicha tashkil qilishni talab qiladi. Bu real
zaruriyatdir va O‘R-si qonunlarida ham qayd etilagan.
xar bir xodimning mehnat daromadlari korxona turidan kat’iy nazar, korxona
faoliyatining pirovard natijalarini inobatga olgan xolda, uning shaxsiy
mehnat ulushi
bilan belgilanadi, soliqlar asosida rostlanadi va maksimal miqdori tiklanmaydi.
O‘R-si Prezidenti Farmoyishi asosida belgilangan ish xaki minimal-
kafolatlangan miqdorda ko‘rinishi lozim, ya’ni korxona, muassasalar shtat jadvalini
tasdiqlashda xodimga ushbu minimal-kafolatli ish xakidan kam belgilashi mumkin
emas. xodimlarning tarif stavka va oylik okladlari mehnat darajasi bilan bog‘liq
bo‘lib, ular ob’ektiv iqtisodiy mehnat bo‘yicha taqsimot qonuniga va ijtimoiy
tamoyilga muvofiq kelishlari lozim, teng bo‘lmagan
mehnatga bir xil, teng xak
to‘lanishi lozim emas. Ish xakini tashkil qilish tizimi quyidagi tamoyillarga
asoslanadi:
-
xak to‘lash mehnat miqdori va sifatiga qarab amalga oshiriladi;
-
ish haqi xodimning malakasi, mehnat sharoiti, korxonani tarmoq va
regionalga tegishligiga nibatan differensiyalangan bo‘lishi lozim;
-
real ish haqining sistematik o‘sishi, ya’ni minimal ish haqining o‘sishi
inflyasiyadan ustun kelishi kerak;
-
mehnat unumdorligini o‘sishi ish haqi o‘sishidan yuqori bo‘lmog‘i lozim.
Bevosita korxonalarda mexnat haqini to‘lash tizimi quyidagi elementlardan
iborat:
-
mexnat xaki fondini shakllantirish, tuzish;
-
mehnatni normalash;
-
tarif tizimini belgilash;
-
ish xaki tizim va turlarini aniqlash.
Hodimlar mexnat xakini to‘lash tizimi.
Sanoatda ishchilar ish haqini aniqlashda, hamda og‘ir va engil malakali va
malakasiz mexnat uchun haqlar o‘rtasida to‘g‘ri nisbatlarni
belgilashda tarif tizimi
qo‘llaniladi.
Tarif tizimi – mexnat muraqqabligi va sharoitlarga qarab haq to‘lash
darajasini aniqlash uchun qo‘llaniladigan normativlar to‘plamidir. Tarif tizimi 3
elementdan iborat:
-
tarif-malaka ma’lumotnomasi, TMM (tarifno-kvalifikatsionnыy
spravochnik);
-
tarif setkasi;
-
tarif stavkasi.
Tarif-malaka ma’lumotnomasi ma’lum sanoat tarmog‘ida bajariladigan ishlar
tavsifi (xarakteristikalari) va shu ishni bajarish uchun ishchilarga qo‘yilgan talablar
ruyxati (perechen) dan iborat.
Bu xujjat asosida ishchilar malakasi (razryad) aniqlanadi. TMM 2 xil bo‘ladi:
A)
tarmoqning asosiy ishlab chiqarishdagi kasblar uchun;
B)
yordamchi ishlab chiqarish uchun ishlar va kasblarning yagona tarif-
malaka ma’lumotnomasi, YATMM (hamma tarmoqlarda qo‘llaniladi).
Tarif setka – qo‘llaniladigan razryadlarga mos, to‘g‘ri keladigan xak to‘lash
darajasini aniqlash shkalasi. Tarif setkada ma’lum tarmoqda qo‘llaniladigan tarif
razryadlar va xar bir razryad uchun belgilangan tarif koeffitsientlar
ruyxati qayd
etilgan.
Iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish sharoitida ish haqini rag‘batlantiruvchi
ahamiyatini ko‘tarish maqsadida O‘R-si Vazirlar Maxkamasi tomonidan 1996 yil
18.03-da
qabul qilingan
qaroriga
binoan
x/x-ning
hamma
tarmoqlarida
qo‘llaniladigan yangi YAgona tarif setka (YATS) tasdiqlangan. Bu YATS 22
razryaddan iborat bo‘lib, uning asosini O-razryadning tarif koeffitsienti 1-ga teng
bo‘lgan tarif stavkasi tashkil qiladi. Tarif setka malaka va ma’lumot talab qilmagan
ish uchun belgilangan xak (O-razryad) dan boshlanib, eng yuqori davlat boshqaruv
organlari xodimlari uchun (22 razryad) belgilangan ish haqi bilan tugallanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 2 apreldagi «Ish xaqi,
pensiyalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish tug‘risida»gi Farmoniga
muvofiq minimal ish xaqining miqdori 5440 sum, 2004 yil-9420 so‘m, 2005yil-
10800 so‘m, 2006 yil-12420 so‘m va 1.08.2007 yildan e’tiboran-15525 so‘m etib
tayinlandi.
Xozirgi paytda iqtisodiyot soxasida qo‘llanilayotgan tarif setkasi 1-jadvalda
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: