quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
Korxona avvaldan mo‘ljallanganga nisbatan qancha miqdorda (hajmda) aylanma mablag‘larni bo‘shatgan (ozod etgan).
7-masala. Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan buyumning sof og‘irligi 40 kg. Dastur bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmi – 3000 dona material ishlatishning amaldagi koeffitsienti – 0,75. Texnologik jarayonlarning takomillashuvi natijasida korxona materialldan foydalanish koeffientini 0,81 gacha ko‘tarib, uning qiymatini 1 kg uchun 350 dan 200 so‘mgacha pasaytirishni mo‘jallayapti.
quyidagilarni aniqlash talab qilinadi:
Har dona mahsulotga moddiy xarajatning amaldagi va mo‘ljallangan normasini aniqlang.
Ishlab chiqarilishi mo‘ljallanayotgan mahsulot tayyorlashda qancha material tejash mumkin.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish aylanma fondlaridan qanday farq qiladi?
Aylanma mablag‘larni tashkil qiluvchi asosiy elementlar qaysilar?
Aylanma mablag‘lar to’zilmasi deganda nima tushuniladi? Qaysi omillar uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi?
Qaysi ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish aylanma fondlari va aylanma mablag‘lardan foydalanish darajasini tavsiflaydi?
Qaysi omillar aylanma mablag‘larning aylanish darajasiga ta’sir ko‘rsatadi?
Korxonaning normativ bazasi deganda nima tushuniladi?
5 – Mavzu. Koxonaning mexnat resurslari
Ushbu amaliy mashg’ulotda grafik organayzer, klaster, mashq va masalalardan foydalanish mumkin.
Tayanch iboralar
Kadrlar salohiyati, kadrlar, mehnat resurslari, korxona personalii, ishchi kuchi, mehnat uchun ijtimoiy sharoitlar, mehnat yuklamasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, sanoat-ishlab chiqarish personali (S.ICH.P), noishlab chiqarish personali, rahbarlar, xizmatchilar, o‘rtacha ro‘yxat soni, ko‘rsatkichlar, korxona personalining sifat tavsifi, kasb, malaka, kadrlar siyosati, ish haqi, xodimlar mehnatiga haq to‘lash, nominal ish haqi, real ish haqi, mehnatga ishbay haq to‘lash, mehnatga ishbay-mukofotli haq to‘lash, mehnatga vaqtbay haq to‘lash, vaqtbay-mukofotli haq to‘lash, mehnatga akkord haq to‘lash tizimi, tarif stavkasi.
Reja:
Korxonaning kadrlar salohiyati.
Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning kadrlar siyosati.
Korxona mehnat salohiyatining holatini va ta’minlanganligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar
Korxona mehnat salohiyati samaradorligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari
Korxonada mehnatga haq to‘lash.
Korxonada moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimini rivojlantirish
Korxona ishchi-Xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tarif razryadlari (toifalari), koeffitsient va ma’lumotnomalardan iborat tarif tizimi asosida amalga oshiriladi.
Ta’rif toifasi ishchi (hodim)ning malakasi yoki bajarilgan ishning murakkabligini tavsiflaydi. Tarif koeffitsientini ushbu toifaga haq to‘lash darajasi birinchi toifa bo‘yicha haq to‘lashdan necha barobar yuqoriligini ko‘rsatadi.
Tarif – malaka ma’lumotnomalari ishchi kasblari va ularning ta’rifidan iborat ro‘yxatlar ko‘rinishida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |