Portlandtsementlarda uch kaltsiyli silikat koʼp miqdorda boʼlganda sementning suv va sulfat taʼsiriga turgʼunligi kamayadi. Gidroliz vaqtida undan erkin kaltsiy oksid gidrati ajralib chiqadi, bu gidrat juda eruvchan boʼlganligi sababli betondan yuvilib chiqib ketadi. Shunga koʼra sulfat taʼsirida turgʼun portlandtsementda uch kalsiyli silikat miqdori standartda koʼrsatilgandek, 50% dan oshmasligi shart. Sulfat taʼsiriga turgʼun portlandtsement ikki markaga boʼlinadi: 300 va 400.
Bu portlandtsementdan gidrotexnika qurilishlarida, doim namlanish va koʼrish yoki muzlash hamda erish bilan birga sulьfatli suvlar taʼsiriga uchrab turadigan beton xamda temir-beton konstruktsiyalar tayerlash uchun keng foydalaniladi.
Oq portlandtsement-tarkibida (0,3-0,45 %gacha) temir oksid boʼlgan oq klinkerni mayda tuyishdan hosil boʼladigan gidravlik bogʼlovchi modda.
Klinkerni tuyish jarayonida 15% gacha gidravlik yoki 10% gacha inert qoʼshilmalar, shuningdek, tishlashish muddatlarini keragicha oʼzgartirib turish uchun koʼpi bilan 3% gips qoʼshishga ruxsat etiladi. Gips va qoʼshilma tuyilgandan soʼng bu sement belgilangan darajada oq boʼlishi kerak.
Portlandtsement rangi klinker minerallari tarkibida qanday oksid borligiga qarab har xil boʼladi. Masalan, kalsiy silikatlar oq, C3S esa C2S dan oqroq boʼladi va xokazo. Аyniqsa uch kalsiyli alyuminat oqligi bilan boshqa sementlardan ajralib turadi. Toʼrt kaltsiyli alyumoferrit tarkibida temir oksidlari borligi tufayli qoraroq boʼladi. Shu sababli oddiy portlandtsement kul rang-yashil boʼladi. Demak, klinkerda uni boʼyovchi oksidlar, ayniqsa Ғе2О3 boʼlmasa bunday sement oq rangli boʼladi.
Oq portlandtsement klinkerini plitalar ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyo sifatida juda oq boʼlgan materiallar sof oxaktosh yoki boʼr va seralyuminiy oksidli gillar (kaolinlar) ishlatiladi.
Oq portlandtsement oqlik darajasiga karab uch navga boʼlinadi. Oliy nav, OTs-1, OTs-2. Turli nav sementning oqlik darajasi kamida kuyidagi talablarga mos boʼlishi kerak. 1-nav-76%, 2 nav-72% oddiy portlandtsement 40% gacha.
Oqlik darajasi fotometr yordamida aniqlanadi. GOST ga koʼra qaytarish koeffitsienti 96,3% dan kam boʼlmagan bariy sulьfat (BaSO4) oqlik etaloni hisoblanadi. Klinkerdan koʼp mikdorda uch kaltsiyli silikat boʼlsa, oq portlandtsementdan tayyorlangan buyumlarning sirtida oq dogʼlar yoki shoʼra hosil boʼlishi mumkin. C3S ning gidrolizi vaqtida ohak ajralib chiqishi sababli bu hol yuz beradi. Bunga yoʼl qoʼymaslik uchun oq portlandtsement, albatta, ohakni kam eriydigan kaltsiy gidrosilikatga aylantirish uchun 5-10% juda aktiv gidravlik qoʼshimcha qoʼshiladi.
Klinker tarkibida koʼp miqdorda C3S va С3А boʼlgani uchun oq sement tez mustahkamlana boradi, hamda koʼproq kirishish xossasiga ega boʼladi. Bu sement 400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi.