Tez qotadigan sementlar metall qoliplarni tez boʼshatishga imkon beradi. Аyrim vaqtlarda esa issiq ishlov berishdan ham ozod qiladi.
Maxsus tez qotuvchan portlandtsement ham mavjud. U tez qotuvchan portlandtsementga nisbatan yana ham jadalroq qotadi. Bunday sement tarkibida kamida 60-65% C3S va 8% С3А boʼlgan klinkerni gips ishtirokida oʼta mayda tuyish (400-450 m2/kg) orqali olinadi. Oʼlchamlari 30 mkm boʼlgan zarrachalarning umumiy miqdori kamida 50-60% baʼzan 80% gacha boʼlishi kerak.
Maxsus tez qotuvchan sementning tishlashish muddatlarini yaxshilash uchun koʼp miqdorda gips qoʼshiladi (kamida 4% gacha SO3 xisoblaganda). Sement tez tishlashib qolmasligi uchun sement tuyish paytida temperaturaning juda koʼtarilib ketishiga yo’l quymaslik kerak. Maxsus tez qotuvchan portlandtsementning mustaxkamligi 1, 3, 28 sutkadan keyin 30, 40, 50 MPa ni tashkil qilish kerak.
Hozirgi kunda oddiy portlandtsement klinkerni sulfoalyuminat klinkeri bilan birgalikda tuyish orqali bundan ham tez qotuvchan va yuqori mustaxkamlikka ega bulgan sementlar olinadi. 28 sutkadan soʼng bunday sementlarning markasi 700-800 ni tashkil qiladi.
Klinkerni plastifikatsiyalaydigan yoki gidrofoblovchi qoʼshilma bilan birgalikda mayda qilib tuyishdan hosil boʼladigan gidravlik bogʼlovchi moddalar tegishlicha plastifikatsiyalangan yoki gidrofob portlandtsement deb ataladi.
Plastifikatsiyalaydigan va gidrofob qoʼshilmalar sement ogʼirligini (quruq moddaga nisbatan xisoblanganda) 0,1-0,25% miqdorda qoʼshiladi.
Plastifikatsiyalovchi sirt-aktiv qoʼshilmalar sifatida sulfat spirt bardasi (SSB) ning kontsentrati xizmat qiladi.
Sement zarrachalarining ustida gidrofil moddalarning adsorbtsion pardalari borligi beton qorishmasining bevaqt yopishib qolishga toʼsqinlik qiladi. Shuningdek, sement zarrachalarining va toʼldirgichlarning qatlam-qatlam boʼlib choʼkishini hamda qorishmadan suvning ajralib chiqishini kamaytiradi, yaʼni suv, shagal, qum va sement qorishmasining alohida-alohida qatlamlamlanishiga yoʼl qoʼymaydi.
Plastifikatsiyalangan sementdan tayerlangan beton zich, sovuqqa chidamli va kam suv oʼtkazuvchan boʼladi. Bunday sement ishlatilganda 10% gacha bogʼlovchi material tejaladi. Plastifikatsiyalangan sement 300, 400, 500, 600 markalarda chiqariladi.