14-MA’RUZA (2 soat)
SANOAT BINOLARINING POLLARI, ULARNING TURLARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
REJA :
1. Yaxlit va choksiz pollar.
2. Donador mahsulotlardan ishlangan pollar.
3. O‘ramli va taboqli mahsulotlardan ishlangan pollar.
4. Pollarning alohida konstruktiv elementlari va qismlari.
Tayanch suzlar va iboralar: mexanik mustaxkamlik; sirpanmaslik va siljimaslik; changimaslik va kam eyilish; yaxshi egiluvchanlik va qayishqoqlik; shovqin chiqarmaslik; suv o‘tkazmovchanlik; namga mustaxkamlik; tez tozalanuvchanlik; yaxlit va choksiz pollar; donador mahsulotlardan ishlangan pollar; O‘ramli va taboqli (listovыe) mahsulotlardan ishlangan pollar; gruntli pollar; graviyli, shag‘alli va shlakli pollar; gilli, gilbetonli va kombinatsiyalangan pollar; betonli, temirbetonli, mozaikali, sementli, asfalt va asfaltbetonli, shlakli, ksilolitli, polimerli (mastika, sement qum qorishmali, polimer betonli) pollar; tosh mahsulotli; chorqirra toshli; g‘isht va klinkerli; beton plita va plitkali; temirbetonli, metallotsementli, mozaika–terratsali, plastmassali, taxtali, yog‘och parketli pollar; linoleum, relin, viniplast, yog‘och tolali plita (DVP), yog‘och qirindili plita (DSP) pollar;
Sanoat binolarida xam fuqaro binolaridagidek pollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri grunt ustida va yuqori qavatlarda orayopmalar ustida quriladi.
Pollar sanoat binolarida kechayotgan turli xil jarayonlardan kelib chiqib statik, dinamik, silkituvchi (vыbratsitsion), siljitish (sdvig), zarbali (udarnыe) kuchlar xamda atrof muxit, issiqlik xamda turli ximiyaviy va bioximik jarayonlar tasirida ajralib chiqadigan gaz, suYuqlik va aerozol ko‘rinishidagi turli tasir etuvchilar va namliklar tasirida bo‘ladi.
Rasm. Pollarga tashqi tasir etuvchilar.
1-statik Yuk; 2-silkituvchi Yuk; 3-dinamik Yuk; 4-siljitish kuchi; 5-atrof muxit tasiri; 6-issiqlik zarbasi; 7-gaz, suYuqlik yoki aerozol turidagi agressiv moddalar; 8-suYuq va par ko‘rinishidagi namlik; 9-statik elektrlanish; 10-gox-goxida paydo bo‘luvchi tok manbalari; 11-bioximik tasirlar;
Ushbu munosabat bilan sanoat binolarining pollariga quyidagi talablar qo‘yiladi: -Yuqori darajadagi mexanik mustaxkamlik; -tekis va silliqlik; -sirpanmaslik va siljimaslik; odamlar va transport vositalari xarakatlanganda changimaslik va kam eyilish; -yaxshi egiluvchanlik va qayishqoqlik; -eksplutatsiya paytida shovqin chiqarmaslik; -kam miqdorda issiqlik o‘zlashtirish koeffitsentiga ega bo‘lish; -suv o‘tkazmovchanlik; -namga mustaxkamlik; -yonish, ximiyaviy jarayonlar, kislota va turli ishqorlar tasiriga mustaxkamlik; -tez tozalanuvchanlik, ishqalanishda uchqunlanmaslik; qurilish va tamirlash ishlarini olib borishda industriallik.
Sanoat binolarida birinchi qavatning poli erning tekislangan yuzasi satxidan (planirovochnaya otmetka zemli) kamida 0,15 m balandlikda loyixalanmog‘i shart. Bazi xollarda er osti suvlarining joylashish satxi baland bo‘lgan xollarda pollarni 0,5 m yoki undan xam balandroq satxga ko‘tarish mumkin. Konstruktiv echimiga qarab pollar qoplama, tekislovchi, issiqlik saqlovchi, tovush o‘tkazmovchi, suv o‘tkazmovchi va to‘shama qatlamlaridan tashkil topadi.
Sanoat binolarida pollar mo‘ljallanish turi va qo‘llaniladigan qoplama mahsulotining turiga qarab uch guruxga ajratiladi.
1-gurux: -yaxlit va choksiz pollar.
2-gurux: -donador mahsulotlardan ishlangan pollar.
3-gurux: -o‘ramli va taboqli (listovыe) mahsulotlardan ishlangan pollar.
Do'stlaringiz bilan baham: |