Rasm. Bir qavatli metall konstruksiyalardan loyixalangan sanoat binosining ko‘rinishi.
Tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalari. Bir qavatli sanoat binolari qurilishida temirbeton to‘sinlar va fermalar bilan bir qatorda metall konstruksiyali to‘sinlar va fermalardan xam keng miqdorda foydalaniladi. Metall konstruksiyali to‘sinlarining oddiy turi bo‘lib 12 va 18 metrli prolyotga ega bo‘lgan qo‘shtavr kesimli prokat yoki aloxida elementlardan tashkil topgan konstruksiyalar xizmat qiladi.
Metall konstruksiyali fermalar toqalarining joylashishiga qarab uchburchak ko‘rinishli, trapetsiya ko‘rinishli, poligonal toqali, parallel toqali va x.k. ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
13-MA’RUZA (2 soat)
SANOAT BINOLARINING DEVORLARI, ULARNING TURLARI VA KONSTRUKSIYALARI
REJA :
Temir beton ashyolardan ishlanadigan yirik panelli devorlar.
Temir beton va tabiiy tosh ashyolaridan ishlanadigan yirik blokli devorlar.
Engil vaznga ega bo‘lgan devor panellari.
Mayda g‘isht-tosh konstruksiyali devorlar.
Tayanch so‘zlar va iboralar: issiqlik-namlik rejimi, isitiladigan va isitilmaydigan binolar, Yuk qabul qiluvchi, o‘zining og‘irligini qabul qiluvchi, o‘zining og‘irligini uzatuvchi, osilib turuvchi devorlar, burchak paneli, qator paneli, parda paneli, to‘siq paneli, parapet paneli, karniz osti paneli, karniz paneli, yirik blokli devor konstruksiyalari, “Sendvich” paneli.
Tashqi va ichki devorlar, ularning konstruktiv to‘ldiruvchilari (deraza, eshik, darvozalar va x.k.lar) bilan birgalikda sanoat binolarining tik yo‘nalishdagi (vertikalnыe ograjdeniya) to‘siqlarini tashkil etadi. Ularni loyixalashda albatta quyidagi talablarni xisobga olmoq shart :
ishlab chiqarish binosining ichki issiqlik-namlik rejimini;
qurilish ishlari olib borilayotgan tumanning klimatik sharoitlarini;
to‘siqning tayyorlanish mahsuloti va konstruktiv echimini;
to‘siqning arxitekturaviy-badiiy echimini;
texnik iqtisodiy samaradorligini;
Sanoat binolari loyixalanishiga qarab isitiladigan va isitilmaydigan tarzda qurilishi amalga oshiriladi. Isitiladigan sanoat binolarining tashqi devorlarining qalinligi issiqlik texnikaviy xisob talablari va devorning tayyorlanish mahsuloti turlaridan kelib chiqib devorbop panellar uchun 200-300 mm qalinlikda, devorbop bloklar uchun esa 400-500 mm gacha qalinlikda qabul qilinadi.
Ishlash xarakteriga qarab devor konstruksiyalari, Yuk qabul qiluvchi, o‘zining og‘irligini qabul qiluvchi va o‘zining og‘irligini uzatuvchi yoki osilib turuvchi bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |