Sanoat binolari



Download 8,71 Mb.
bet34/92
Sana18.04.2022
Hajmi8,71 Mb.
#560699
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92
Bog'liq
Sanoat binolari

T.s.

Prolet V (m), o‘rta qator ustunlarining qadami l (m)



Pol satxidan Yuk ko‘taruv konstruksiyasining pastki qismigacha bo‘lgan masofa


(balandlik N (m))

1

V = 6 m, l = 6 m

N= 3 - 6 m




V = 9 m, l = 6 m

N= 3 - 6 m




V = 12 m, l = 6 m

N= 3 – 9,6 m




V =18 m, l = 6 va 12 m

N= 4,8 -10,8 m




V = 18 m, l = 12 m

N= 12 m




V = 24 m, l = 6 va 12 m

N= 4,8 -10,8 m




V = 24 m, l = 12 m

N= 12,0 -14,4 m




V = 30 m, l = 6 va 12 m

N= 6,0 – 18,0 m




V = 30 m, l = 12 m

N= 12,0 -18,0 m




V = 36 m, l = 6 va 12 m

N= 7,2 – 10,8 m




V = 36 m, l = 12 m

N= 12,0 -18,0 m

- Bino (prolyot) ko‘prikli kranlarga ega bo‘lgan xolatda :







T.s.

Prolet V (m), o‘rta qator ustunlarining qadami l (m)



Pol satxidan Yuk ko‘taruv konstruksiyasining pastki qismigacha bo‘lgan masofa


(balandlik N (m))

Kranning Yuk ko‘tarish qobiliyati




V =18 m, l = 6 va 12 m

N= 8,4 -10,8 m

10-30 t




V = 18 m, l = 12 m

N= 12 - 14,4 m

10-30 t




V = 24 m, l = 6 va 12 m

N=8,4 -10,8 m

10-20 t




V = 24 m, l = 12 m

N= 12,0 -18,0 m

10-50 t




V = 30 m, l = 12 m

N= 10,8 – 18,0 m

10-50 t




V = 36 m, l = 12 m

N= 10,8 -18,0 m

10-50 t



Yuqorida keltirilgan qoidalar asosida loyixalangan barcha bino (prolet)larning barcha konstuksiya va elementlari to‘lig‘icha qurilish industriyasining zavod va kombinatlarida namunaviy tarzda ishlab chiqariladi.
Yuqorida keltirilgan qoidalarda uchramaydigan parametrlarga ega bo‘lgan barcha bino (prolet)lar (M: V =36 m dan katta yoki l = 18 m dan katta xolatlar) uchun aloxida individual loyixalar ishlanadi va qurilish ishlarini olib borishda bir muncha qiyinchiliklar tug‘diradi.

10-MA’RUZA (2 soat)


KO’P QAVATLI SANOAT BINOLARINING HAJMIY REJAVIY YECHIMLARI.


REJA :

  1. Ko‘p qavatli sanoat binolarining loyixaviy echimlari.

  2. Ko‘p qavatli sanoat binolarining konstruktiv echimlari.

  3. To‘sinli va to‘sinsiz echimga ega bo‘lgan ko‘p qavatli sanoat binolari.



Tayanch so‘zlar va iboralar: ramali, ramali bog‘lamli va bog‘lamli konstruktiv sistemalar, bikr ramalar, tik bog‘lamlar (diafragmalar), tehnologik jarayon, tehnologik qurilma, bloklashgan binolar, aralash qavatli binolar.

Ko‘p qavatli sanoat binolari loyixalanishiga qarab ikki qavatli yoki ko‘p qavatli bo‘lib karkassiz, to‘liq karkasli va to‘lik bo‘lmagan karkasli konstruktiv sxemalarda to‘sinli va to‘sinsiz echimlar asosida loyixalanadi va qurilishi amalga oshiriladi. Karkasning asosiy elementlari bo‘lib ustunlar, to‘sinlar, orayopma va tom yopma plitalari hamda bog‘lamlar xizmat qiladi. Ko‘p qavatli to‘sinli echimga ega bo‘lgan sanoat binolarida ustunlar to‘ri 6x6, 9x6, 6x12, 6x18 va 6x24 metr o‘lchamlarda , binoning balandligi esa 3,6; 4,8; 6,0 metr balandlikda qabul qilinadi, bazi hollarda birinchi qavatning balandligini 7,2 m qabul qilinishi mumkin. Ko‘p qavatli sanoat binolarida tik yo‘nalishdagi transport vositalari sifatida zinapoyalar uchun mo‘ljallangan bloklarda odamlar va Yo’qlar uchun mo‘ljallangan liftlar xam loyixalanadi.


Ko‘p qavatli sanoat binolarining mustahkamligi ramali, ramali bog‘lamli va bog‘lamli konstruktiv sistemalar asosida saqlanadi. Ramali konstruktiv sistemada binoga barcha tasir etuvchi barcha tik va buylama yo‘nalishdagi kuchlar faqat ustunlar va to‘sinlar yani bikr ramalar orqali qabul qilinadi va binoning mustaxkamligi ramalar orqali saqlanadi, ramali bog‘lamli konstruktiv sistemada esa barcha tik yo‘nalishdagi kuchlar ramalar orqali , bo‘ylama yo‘nalishdagi kuchlar esa ramalar va tik bog‘lamlar (diafragmalar) orqali qabul qilinadi, bog‘lamli konstruktiv sistemada esa barcha tik yo‘nalishdagi kuchlar ramalar orqali , bo‘ylama yo‘nalishdagi kuchlar esa faqat tik bog‘lamlar (diafragmalar) orqali qabul qilinadi, binoning mustaxkamligi ramalar va tik bog‘lamlar orqali saqlanadi.
Ikki qavatli sanoat binolarining afzalliklari shundaki ushbu loyixalash turida asosiy ishlab chiqarish sexlari binoning ikkinchi qavatida, tehnologik jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan bazi bir sexlar xamda va xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan bloklarni binoning birinchi qavatida joylashtirish mumkin. Bundan tashkari tehnologik jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan sexlarning birinchi qavatda joylashishi tehnologik jarayonni olib borish uchun zarur bo‘ladigan turli xil uskunalar va qurilmalarni joylashtirish uchun loyixalanadigan va quriladigan erto‘lalar, turli kommuniksion er osti tonellari va shaxtalarini loyixalash va qurish ishlaridan xamda ushbu binolar uchun poydevorlarni o‘ta chukurlikda loyixalash va qurilish ishlarini bajarishdan ozod etib binoni anchayin oddiy (kompakt) ko‘rinishga ega bo‘lishini taminlaydi . Ikki qavatli sanoat binolarining Yuqoridagi afzalliklari bir qavatli sanoat binolariga nisbatan bino xajmini 15-20%ga, qurilish maydonlarini 30 % gacha xamda qurilish ishlarini bajarish muddatlarini ( turli xil erto‘lalar va shaxtalar qurilishi bilan ko‘shib hisoblaganda ) qisqartirishga imkoniyatlar yaratadi.
Ko‘p qavatli sanoat binolari asosan ko‘proq ish faoliyati davomida engil vazndagi mahsulotlar ishlab chiqarish va engil tehnologik qurilma va jixozlarga ega bo‘lgan korxonalar uchun mo‘ljallanib loyixalanadi .( M: engil sanoat korxonalari, kimyoviy ishlab chiqarish, engil mashinasozlik, Yuviler va elektron mahsulotlar i\ch va x.k. ).
Ko‘p qavatli sanoat binolarini loyixalash tehnologik jarayonlarni xisobga olgan xolda asosan ularga tarxda oddiy to‘g‘ri turt burchak shaklida amalga oshiriladi.


Download 8,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish