8. Texnik xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan xonalari (pomeщeniya dlya texnicheskogo obslujivaniya) ga korxonaning xisoblash markazlari, avtomat telefon stansiyalari, ichki qo‘riqlash sistemasi, ichki teleradio uzellari, ichki shamollatish va sovutish sitemalari, fotolaboratoriya, arxiv va boshqa turdagi avtomatik boshqaruv va xizmat ko‘rsatish xonalari kiritiladi.
Yordamchi binolar va xonalarni talab bo‘yicha ikkinchi klassda yaxshilangan pardoz bilan loyixalanadi va ularning xizmat qilish muddati 50 yildan 100 yilgacha belgilanadi. Bino va xonalarning olovga bardoshlilik darajasi maxsus QMQ larining talablari asosida belgilanadi.
Yordamchi binolar va xonalar konstruktiv sxemalari bo‘yicha karkasli va karkassiz (yuk ko‘taruvchi devorli) konstruktiv sxemalar asosida yirik panelli va mayda o‘lchamli konstruksiyalardan loyixalanib ularning balandligi 3,0; 3,3; 3,6; 4,2 va 4,8 m balandliklarda amalga oshiriladi. Mamuriy-maishiy binolarning unifikatsiyalangan gabarit sxemalari asosiy xollarda yonbosh xolda qurilgan binolar uchun 12m (6+6), aloxida xolda qurilgan binolar uchun 18 m (6+6+6) o‘lchamda qabul qilinadi. YUqoridagi unifikatsiyalangan gabarit sxemalar uchun 2-4 qavat balandlikda, uzunlik 36, 48 va 60 m o‘lchamlarda qabul qilinadi.
Sanoat korxonalarida madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish tizimi aniq bosqichlarda amalga oshiriladi.
1- bosqich ish joylariga yaqin bo‘lgan va ish kuni davomida bir necha bor foydalaniladigan xizmat ko‘rsatish radiusi 75...100 metr bo‘lgan sex ichi xonalari va kundalik xizmat ko‘rsatuvchi jixozlar qamrab oladi.
2- bosqich xizmat ko‘rsatish radiusi 300...400 metr bo‘lgan umumsexlar va sexlararo kun davomida, tushlik payti va ishgacha va ishdan tashqari vaqtlarda xizmat ko‘rsatuvchi xonalar va jixozlarni qamrab oladi.
3-bosqich xizmat ko‘rsatish radiusi 800...1000 metr bo‘lgan korxona va umum korxona obektlari va tashkilotlarini qamrab oladi.
4-bosqich tuman miqyosida obektlarni qamrab oladi. Bu obektlarni tuman xududidagi boshqa korxonalar va yashash xududidagi xizmat ko‘rsatuvchi obektlar bilan jamlashtirish xam mumkin bo‘lib, ularning xizmat ko‘rsatish radiusi 1,5-2 km.ni tashkil etadi.
Sanoat korxonalarining 4-bosqichida qamrab olinuvchi ishdan tashqari vaqtda foydalaniladigan obektlarini (madaniyat saroylari, poliklinikalar, umumovqatlanish korxonalari, axborot-resurs markazlari, stadionlar, ochiq va yopiq turdagi barcha sport inshootlari, malaka oshirish, kasbiy va boshqa texnik yoki boshqa turdagi bilimlar berish uchun mo‘ljallangan o‘quv va ishlab chiqarish binolari ) loyixalashda nafaqat sanoat korxonasida faoliyat ko‘rsatadigan ishchi-xizmatchi va xodimlarning, balki yaqin yashash tumanidagi axoli sonini xisobga olish maqsadga muvofiq sanaladi.
Sanoat korxonasining Yuqoridagi turdagi yordamchi binolari va obektlarini loyixalashda sanoat korxonasida ishlab chiqarishdan xosil bo‘ladigan zararli chiqindilar miqdorini xisobga olgan xolda, obektlarni sanoat korxonasi xududida yoki shaxar xududida (sanoat korxonasidan ajratib, yaxshi sharoitlarga ega bo‘lgan joylarda) qurilishini amalga oshirish maqsadga muvofiq sanaladi.
Sanoat korxonalarining yordamchi binolari va xonalarini loyixalashtirish va qurilishini amalga oshirishda, sanoat korxonasining tehnologik loyixasini bajarish davrida, sanoat korxonasida ishlovchilarning ro‘yxatdagi (spisochnoe), keluvchi (yavochnoe) va ko‘p sonli smenada (v naibolee mnogochislennoe smenы) xamda smenadagi ko‘p sonli smenada kelib ishlovchilarning (bir soat intervalda ishni boshlovchilar va tugatuvchilarning xisobini olgan xolda) soni aniqlab olinadi. Asosiy ishlovchilardan tashqari yil davomida korxonaga kasb o‘rganish, amaliyotlarni o‘tash va boshqa maqsadlarda tashrif buYuruvchilarning sonini xam xisobga olish maqsadga muvofiq sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |