Sanoat binolari ustunlari



Download 1,54 Mb.
bet1/3
Sana26.05.2022
Hajmi1,54 Mb.
#609164
  1   2   3
Bog'liq
6 maruza


6-мавзу:
Sanoat binolarida ishlatiladigan ustunlar turlari. Faxverk ustunlar va ustunlar orasidagi bog’lovchilar.
Reja:

  1. Sanoat binolari ustunlari

  2. Temirbeton kolonnalari, faxverk va kolonnalar orasidagi bog’lovchilar (svyazi)


SANOAT BINOLARI USTUNLARI
Bir va ko’p qavatli sanoat binolari sinchlarini tuzishda temir beton va po’lat ustunlar qo’llaniladi.
Bir qavatli sanoat binolari temir beton ustunlari tokchali yoki tokchasiz (ko’prik kranlar bilan jixozlangan xolda) xolda bo’lishi mumkin. Ularni bino tarxida joylashishiga qarab o’rta va chekka qator ustunlariga ajratiladi (2.13-rasm).
Ustunlar kesimi to’g’ri to’rt burchakli, tavr profilida va ikki ko’rinishga ega bo’ladi. Ustun ko’ndalang kesimi o’lchamlari unga tushayotgan yuk miqdoriga bog’liq bo’ladi. Ustunlar kesimi unifikatsiyalangan bo’lib, to’g’ri to’rt burchak kesimli ustunlar uchun 400x400: 400x600: 400x800: 500x500: 500x600: 500x800mm, kesimi tavr profilida bo’lgan ustunlar uchun kesimi uchun esa 400x1000: 500x1000: 500x1300: 500x1400: 500x1500: 600x1400: 600x1400: va 600x2400mm qilib olinadi. Bunda ustunlarni balandligi bo’yicha maxsus detallar o’rnatilgan bo’lib, ularga devor panellarini qotirish ko’zda tutiladi. (2.14-rasm). Ustunlar qurilishmaydonlarida yig’iladigan bir necha qismdan iborat bo’lishi ham mumkin.
Ustunlarni koordinatsiya o’qlariga bog’lash muxim axamiyatga ega bo’lib, unifikatsiya qilingan elementlarni montaj qilish, yig’ma konstruktsiyalar orasidagi tirqishlar va choklarni hisobga olish uchun modulь o’lchamlar ko’zda tutilgan bo’ladi. (2.14-rasm).
Tokchali ustunlar kran usti va kran osti shoxlardan iborat bo’ladi. Kran usti shohlari kesimi ko’pincha kvadrat yoki to’g’ri to’rt burchakli bo’lib, 400x400: yoki 500x500mm qilib olinadi. Bu ustunlarni sinfi V20-V40 bo’lgan yuqori sifatli betonlardan xamda xar xil sinfdagi armaturalardan tayyorlanadi.
Ustun uzunligi tsex balandligi va ustunning poydevori ichiga tushiriladigan qismi to’rt burchakli ustunlar uchun: agar bino ko’prik kran bilan jixozlanmagan bo’lsa, 750mm; agar bino ko’prik kran bilan jixozlangan bo’lsa, 850mm; ikki shoxli ustunlar uchun bu kattalik tsex balandligi 10,8m bo’lganda – 900mm; tsex balandligi 10,8 metrdan yuqori bo’lgan xol uchun – 1000mm; ikki shoxli ustunlar uchun 1050 va 1350mm qilib olinadi.

1-rasm. Bir qavatli sanoat binolari temir beton ustunlarining asosiy xillari:

  • a – ko’ndalang kesimi to’g’ri to’rt burchakli ustunlar qadami 6m bo’lgan kransiz binolarda qo’llaniladigan ustun

  • b – bu xam, ustunlar qadami 12m bo’lganda qo’llaniladigan ustun

  • v – ikki tarmoqli, ko’proq kransiz binolarda qo’llaniladigan ustun

  • g – ko’ndalang kesimi to’g’ri to’rt burchakli bo’lib, ko’prik krani bilan jixozlangan binoda qo’llanadigan ustun

  • d – bular xam, faqat qo’sh tavrli kesimga ega bo’lgan ustunlar

  • e – ikki tarmoqli ko’prik krani bilan jixozlangan binolarda ishlatiladi

  • j – ustun umumiy ko’rinishi

1– yopma ko’taruvchi konstruktsiyalarni qotirishda ishlatiladigan zakladka detali
2 – 3 – bular ham, kran osti balkasini qotirishda ishlatiladi
4 – bu, xam devor panlini qotirishda ishlatiladi.

2-rasm. Ustunlarda o’rnatilgan maxsus quyma (zakladka) detallari va anker boltlarining joylashishi

  • a – kransiz binolarning chetki qatorlari uchun

  • b – kransiz binolarning o’rta qatorlari uchun

  • v – kranli binolarning chetki qatorlariga mo’ljallangan to’g’ri burchakli ustun

  • g – kranli binolarning o’rta katorlariga mo’ljallangan to’g’ri burchakli ustun

  • d – kranli binolarning chetki qatorlariga mo’ljallangan ikki tarmoqli ustun

1. – quyma detallari
2. – po’lat kallak
3. – anker boltlar
4. – konsol sirtidagi quyma detal
5. – ustun chetidagi quyma detal



3-rasm. Bir qavatli sanoat binolarining ustun va devorlarini koordinatsiya o’qlariga bog’lash.

  • a – ustunlarni o’rta o’qlarga bog’lash;

  • b,v – bularda xam, ustun va devorlarni chekka bo’ylama o’qlarga bog’lash;

  • g,e – bularda xam bino to’ri qismidagi ustun va devorlarni va xarorat choki ko’ndalang joylashgan joydagi ustunlarni ko’ndalang o’qlarga bog’lash;

  • j,i – oraliqlar balandligi bir xil bo’lgan binolardagi bo’ylama xolda joylashgan xarorat choklari ustunlarni bo’ylama o’qlarga bog’lash;

  • k,m – bularda xam parallel joylashgan oraliqlar balandligi xar xil bo’lgan joylardagi bog’lanishlar;

  • p,m – ko’taruvchi devorlarni bo’ylama koordinatsiya o’qlariga bog’lash

  1. – xar xil balandlikdagi oraliqlarni baland oralig’ini ustuni

  2. – ko’ndalang xolda joylashgan baland oraliq to’ri bilan taqalgan balandligi pastroq bo’lgan oraliq ustuni.



Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish