4-rasm. Temirbeton kolonnalar orasidagi bog’lovchilar.
a-kolonnalar orasidagi bog’lovchilarning sxemasi; b-bog’lovchilarni kolonnaga mahkamlash detali (qismi); 1-xoch (krestov)li bog’lovchi; 2-portalli bog’lovchi.
Bir qavatli sanoat binolarda asosiy kolonnalardan tashqari faxverk (yordamchi) kolonnalar ham ishlatiladi, ular asosan bino yon tomoni, chetki bo’ylama qator kolonnalarining qadami 12 m, devor panelining uzunasi 6m bo’lganda qo’llanadi. Faxverk kolonnalari asosan devorni ushlab turish uchun ishlatiladi, qisman devor og’irligi va shamol yukini qabul qiladi. Faxverk kolonnalari metall va temirbetondan kesim yuzasi 300 x 300 dan 400 x 600 mm gacha bo’ladi.
5-rasm. Temir-beton kran izi osti to’sinlar.
a-kolonnani qadami 6 m; b-kolonnani qadami 12 m; v-to’sinni kolonnaga mahkamlash; g- kran relьsini kolonnaga mahkamlash; d-ko’priksimon kranga moslama-tayanch; 1-po’lat taxta (list) tayanch (160x12x500mm); 2-ankerli bolt; 3-po’lat plastinka (100x12mm); 4,5- kolonnani bog’lovchi elementlari; 6-po’lat lapka; 7-bolt; 8-8 mm li qayishqok qatlam; 9- kran izining relьsi; 10-chorqirra g’upa 200x200x360 mm; 11-uzunasi 1228 mm № 45 shveller; 12-po’lat plastinka (12x300x970mm)
Faxverk kolonnalari poydevor yoki tom yopma diskiga sharnir bog’lanadi. Poydevorga anker boltlari yordamida bog’lanadi. Binoning enlama tomonidagi faxverk kolonnalarini tepa qismi stropila konstruktsiyasiga (7.6-rasm), bo’ylamasi esa tom plitasi yoki vertikal bog’lovchi fermalariga mahkamlanadi (7.6- rasm).
Metall faxverk kolonnalari payvandlangan keng tochkali qo’shtavrdan tayyorlanadi.
Binoning uzunasiga mustahkamligi va ustuvorligini oshirish uchun, kolonna va tom yopmalarini asosiy yuk ko’taruvchi elementlari (to’sin yoki ferma) orasiga vertikal bog’lovchilar qo’yiladi.
Binolar ko’priksimon kransiz va osma kran bilan jihozlangan bo’lsa, u holda, kolonnalar orasidagi vertikal bog’lovchilar, xonalarni balandligi 9,6 m va undan baland bo’lsa qo’yiladi.
Binolar harorat choklari bilan bloklarga bo’lingan bo’lsa, u holda karkas elementlariga harorat va boshka kuchlar ta’sirini kamaytirish uchun, vertikal bog’lovchilar, shu blokni o’rtasiga har qatorga qo’yiladi. Kolonnalar qadami 6 metr bo’lganda portal bog’lovchilar qo’yiladi (7.6-rasm).
Agar binoda ko’priksimon kran bo’lmasa, u holda kolonnalararo vertikal bog’lovchilar kolonnaning tepa qismdagi tirgovichga, ko’priksimon kranli bo’lsa, kran osti to’sini bilan bog’lanadi. Bog’lovchilar burchakli yoki shvellerlardan tayyorlanib, kasinkalar yordamida kolonnaga bog’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |