Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmog’i



Download 284,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana22.07.2022
Hajmi284,92 Kb.
#837291
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarmoqli 1-MI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 
dekabrda Oliy Majlisga yo‗llagan Murojaatnomasining birinchi qismida 2017-2021 
yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi 
bo‗yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida 
amalga oshirish davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar, umuman, 2017 
yil davomida turli sohalarda erishilgan natijalar atroflicha tahlil qilinib, zarur 
xulosalar chiqarildi . 
Mazkur xulosalar 2017 — 2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasini , 
jumladan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor 
yo‗nalishlarini amalga oshirishdagi sanoat tarmoqlarining o‗rni va rolini ochib 
beradi. 
2017 yilda iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha 
ma‘no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish yo`lida birinchi 
qadamlarni qo`ydik . 
Iqtisodiyotimizni mutlaqo yangi asosda tashkil etish va yanada erkinlashtirish, 
uning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va 
diversifikatsiya qilish bo`yicha qator qonunlar, farmon va qarorlar, puxta 
o`ylangan dasturlar qabul qilindi va ular izchil amalga oshirilmoqda. 
Sanoat ishlab chiqarishining tarixiy rivojlanishi va uning asosiy yakunlari 
to‗g‗risida so‗z yuritilganda shuni ta‘kidlash kerakki, hozirgi O‗zbekiston 
hududida «Uy sanoati»ning rivoji bundan 12-15 ming yil muqaddam - mezolit 
davrida boshlangan. Bu davrda juda oddiy mehnat qurollari va buyumlari 
tayyorlangan. 
Yangi tosh asri (neolit, miloddan avvalgi 5-ming yillikning boshi) davrida 
kemachilik, to‗qimachilik vujudga kelgan. Neolit davrining oxirida metalldan 
qurol yasash boshlangan. 
Arxeologik 
topilmalardan 
ma‘lum bo‗lishicha, milloddan avvalgi
3 ming yillikning oxiridayoq hozirgi O‗zbekiston hududida yashagan aholi misdan 
qurol yasashni bilgan. 
Quldorlik tizimi (miloddan avvalgi 1-ming yillik o‗rtalari, V asr) davrida 
mehnat qurollarini yasash jarayonining taraqqiy etishi, metalga ishlov berishning 
takomillashuvi hunarmandchilikning yuksalishiga, ayirboshlash va savdo-sotiq 
kuchayishiga olib keldi. 


Feodalizm tuzumining boshlarida (VI-VIII asrlarda) Farg‗ona bilan So‗xda 
oltin, mis, temir, Ilokda qo‗rg‗oshin, kumush, oltin, Shahrisabzda toshtuz qazib 
chiqarilgan. 
IX asrda Samarqand sifatli qog‗ozi va lampa shishasi bilan mashhur bo‗lgan, 
Shosh viloyati ko‗pchilik mahsulotlari bilan dong taratgan. O‗sha davrda O‗rta 
Osiyodan Sharqiy evropa, Xitoy va boshqa yurtlarga Buyuk Ipak yo‗li orqali 
charm, mato, ipak, jun, kiyim-kechak chiqarilgan. 
X-XIII asrlarda yuz bergan feodal tarqoqlik, qabila va elatlar o‗rtasidagi 
nizolarning avjiga chiqishi tufayli hunarmandchilikda yirik o‗zgarshlar ro‗y 
bermagan. 
XIV 
asrning 2-yarmida Amir Temur Samarqandda hokimiyatni qo‗lga 
kiritib, markazlashgan davlatga asos soldi va natijada davlatning iqtisodiy va 
ijtimoiy ravnaqiga katta yo‗l ochib berdi. 
XI 
asrning oxiriga kelib Movaraunnahrda yuzaga kelgan ziddiyatlar 
tufayli Temuriylar davlatining iqtisodiy negiziga putur etadi va rivojlanish to‗xtab 
qoldi. 
XVI-XVIII asrlarda Buxoro, XIVa, Qo‗qon xonliklarining vujudga kelishi 
iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga ijobiy 
ta‘sir ko‗rsatdi XIX asrga kelib Turkistonda hunarmandchilikda yog‗och va metall 
o‗ymakorligi, idishlarga naqsh solish, matolarga gul bosish, qurollarni badiiy 
bezash rivojlandi. Bu asrning ikkinchi yarmida O‗zbekiston hududida taraqqiyot 
tezlashib sanoat, ayniqsa, ip-gazlama sanoati rivoj topdi. 
XX asr boshlarida ko‗plab paxta tozalash, yog‗-moy zavodlari qurilib ishga 
tushirildi. 1925-1926 yillarda elektrostansiyalar qurila boshlandi. Birinchi bo‗lib 
Toshkent yaqinida qurilgan Bo‗zsuv gidroelektrostansiyasi 1926 yil 1 mayda ishga 
tushirildi. 
Samarqand, Buxoro, Qo‗qon, Termiz va Asaka shaharlarida issiklik 
elektrostansiyalari qurilishi boshlandi. Bunday elektrostansiyalar soni 1930 yilda 
30 ga yetdi. O‗sib borayotgan energetika bazasi bir qancha yangi sanoat 
korxonalari qurishga imkoniyat yaratdi. 
Ikkinchi jahon urushigacha bu yerda 500 dan ortiq sano¬at korxonalari, 
jumladan, «Tashselmash», Toshkent to‗qimachilik kombinati, Chirchiq 
elektrokimyo kombinati, Kattaqo‗rg‗on yog‗ zavodi, Bekobod va Quvasoy sement 
korxonalari qurildi. Neft va rangli nodir metallar qazib chiqarish, qurilish sa¬noati 
mahsulotlarini tayyorlash rivoj topdi. 


Sanoat taraqqiyotida yoqilg‗i - energetika majmuasining o‗rni alohida. Uning 
tarkibiga energetika, neft va neftni qayta ishlash, gaz va gaz kondensati, ko‗mir 
qazib olish va boshqa bir qator kichik sohalar kiradi. Bu majmua sanoat ishlab 
chiqarishining ¼ qismini tashkil etadi. 
O‗zbekiston Respublikasi jahonda gaz ishlab chiqaruvchi 10 ta mamlakatdan 
biridir. 
Bu yerda qudratli issiqlik Elek¬trostansiyalari va gidroelektrstansiyalar 
mavjud. Energetika tarmog‗i respublika xalq xo‗jaligining negizi, iqtisodiyot va 
fan-texnika taraqkiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi. O‗zbekiston 
energetika tizimi umumiy quvvati 12,5 ming. Mvt bo‗lgan 37 issiqlik va 
gidravlik elektrostansiyalarni o‗z ichiga olgan. Ular yiliga 53 mlrd. kvt/soat dan 
ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. O‗zbekiston energeti¬ka 
tizimining barcha kuchlanishlardagi elektr tarmoqlari umumiy uzunligi qariyb 300 
ming km.ni tashkil etadi. Tarmoq transformatorlarining umumiy quvvati
42,6 ming Mvt.ga teng. Hozir respublika energetika tizimida 47 mingga yaqin 
xodim ishlaydi. 

Download 284,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish