# bilasizmi #maslahat
Noutbugim uzoq umr ko‘rsin desangiz…
Buzilgan noutbukni ta’mirlash sertashvish va serxarj yumushligini bugun deyarli ko‘pchilik yaxshi biladi. Kompyuter – temir, uning joni yo‘q, bir qarashda binoyidek ishlab turgani bilan, sal o‘tmay «miq etmay» qolishi hech gap emas. Sabablar ko‘p – noto‘g‘ri foydalanish, chang-g‘ubor, viruslar… Nozik qurilma emasmi, salgina ehtiyotsizlik ham uni ishdan chiqarishi hech gap emas.
Noutbuk umrini uzaytirish va uni turli ko‘ngilsizliklardan asrash aslida qiyin ish emas. Buning uchun ayrim oddiy qoidalarga rioya qilinsa bas.
1) Dastlab noutbuk akkumulatori to‘liq quvvatsizlantiriladi va bu zaryadlantirish / zaryadsizlantirish bir necha marta amalga oshiriladi. Zaryadlash qurilmasini ulashda uni avval noutbukka, keyin elektr tarmog‘iga ulang. Barqaror bo‘lmagan tarmoqlarga ulanishda ehtiyot bo‘ling, ko‘ngilsizliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun maxsus filtrlardan foydalanganingiz ma’qul.
2) Noutbukni ochishda hushyor bo‘ling (ekran-qopqoqni ikki tomonidan yoki o‘rtasidan ushlab ochish to‘g‘ri hisoblanadi).
3) Klaviatura ustiga turli narsalar (ruchka, ko‘zoynak, naushnik kabilar)ni qo‘ymang, maboda bilmasdan qopqoqni yopib yuborsangiz ekran yoki klavishlarga shikast yetishi turgan gap. Davomi bor...
# bilasizmi #bu_qiziq…
Stiv Jobs suhbatini tinglab undagi hayotiy hikmatlardan lol qoldim. Musulmon bo‘lgandami degan armon o‘tdi qalbimdan. Bu gaplar quruq nasihat emas¸ o‘z boshidan o‘tkizgani uchun ham o‘zgacha ta’sir kuchiga ega.
Aytyaptiki :
- Hech qachon o‘rtachalikka qoniqma hardoim xalollikka intil;
- Biror maqsad sari intilsang o‘sha maqsadga erisholmasang ham aslida juda katta yutuqqa erishgan bo‘lasan chunki o‘sha harakat jarayonida o‘rgangan narsang bebaho tajribadir;
- Xato qilishdan qo‘rqma, eng muhimi yiqilib yiqilib to‘g‘risini topishingdir;
- Orzularing ichingda qolib ketmasin, amal qil!
- Odamlardan yordam so‘rashdan iymanma, aksariyat odamlar jon deb yordam qo‘lini cho‘zadi. Men o‘smirligimda Hyulit Pakird shirkati xo‘jayini telfonini topib gaplashganman. Kompyuter ehtiyot qismlari so‘raganimda bajonidil bergan, yozda tajriba orttirishga ham chaqirgan. Qaragin tortinmay birgina qo‘ng‘iroq ortidan qancha imkoniyatlar eshigi ochildi.
- Kompyuter dasturlashni har bir kishi o‘rganmog‘i zarur chunki bu fikrlashni o‘rgatadi.
- Insondagi bor-yo‘q sarmoya uning vaqti - umri xolos. Vaqtingni seni ma’nan boyitadigan narsalarga sarfla.
- Muhimi sen boshingdan o‘tkazayotgan kechinma - tajribalar, qancha pul to‘playotganing emas.
- Biz Apple ga aslida eng yaxshi san’atchi, me’mor, tilshunos, tarixchi ikkilamchi o‘rinda dasturchi bo‘lganlarni ishga oldik. Shuning uchun mahsulotimiz go‘zallik va estetik jihatdan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |