#axborot
(Axborot miqdori, o'lchash birliklari)
Axborotning eng kichik o'lchov birligi sifatida bit qabul qilingan. Bit axborotning raqamli ifodasidagi 0 yoki 1 belgisi bo'lib, ingliz tilidagi “binary digit” so'zlaridan olingan va "ikkilik raqami” degan ma’noni anglatadi.
Masalan, 100101101 da 9 ta bit bor, chunki unda 9 ta raqam (0 va 1) ishtirok etmoqda. Bitdan kattaroq o'lchov birligi sifatida bayt qabul qilingan: 1 bayt = 8 bit.
Masalan: 11011011 da 1 bayt axborot bor, chunki unda 8 ta bit (raqam) qatnashmoqda, 1011010100100011 da esa 2 bayt axborot bor, chunki unda 16 ta bit (raqam) qatnashmoqda.
Axborotda qatnashgan har qanday belgi 1 bayt hajmli deb hisoblanadi. Masalan, “B” harfi 1 bayt yoki 8 bit hajmga ega;
”MA" esa 2 bayt hajmli; “MAS” 3 bayt hajmli va h.k.
Baytdan katta o'lchov birligi ham mavjud. U kilobayt (KB) deb nomlanadi.
Kilobaytdan katta o'lchov birliklari
megabayt (MB), gigabayt (GB),
terabayt (ТВ), petabayt (PB) kabi belgilangan.
#linux
Linux operatsion tizimi
Linuks operatsion tizimi (ОТ), boshqa OT kabi, zamonaviy kompyuterning ishini ta’minlovchi asosiy qismdir. Unga 1991 yilda, o’sha vaqt hali talaba, Linus Torvalds asos solgan. U qisqa vaqt ichida kompyuter ishqibozlari orasida tez tarqaldi. Hozirgi kunda, u tez rivojlanayotgan OT dan biri hisoblanadi. Allaqachon u faqat «g’alati» kompyuter ishqibozlari uchun deb hisoblanmaydi, chunki u axborot texnologiyalar bozorida o’z o’rniga ega IBM, Novell, SUN kabi katta kompaniyalar unga ko’p millionli investitsiya qilmoqda.
Nima uchun Linuks o’ziga katta e’tibor qaratmoqda? Nima uchun Microsoft o’zining biznesiga havf-hatarlar orasida iqtisodiy inqirozdan keyin aynan Linuksni tan oladi?
# html
Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) о‘rganishni Web-dizaynning quyidagi uchta tushunchasini о‘rganishdan boshlaymiz:
Web-sahifa, Web-sayt va Web-server.
Web-sahifa – о‘zining unikal adresiga ega bо‘lgan va maxsus kо‘rish dasturi yordamida (brauzer) kо‘riluvchi xujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya ma’lumotlar birlashmasi - multimediyali xujjatlar, boshqa xujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin.
Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi.
Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni kliyentga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediyali ma’lumotlarni bir Biz Internet tarmog‘idagi Web-sahifalarni kо‘rishimiz uchun WWW (World Wide Web) deb ataluvchi servisdan foydalanamiz.
World Wide Web (WWW, Butun dunyo о‘rgemchak tо‘ri) – bu kliyent-server
texnologiyasi asosida tashkil etilgan, keng tarqalgan Internet xizmatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |