Sana: yil Ona tili fani Sinf: 10



Download 3,6 Mb.
bet155/173
Sana18.07.2021
Hajmi3,6 Mb.
#122210
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   173
Bog'liq
10 ona tili konspekt

BAXT KALITI


Bir savdogar o’g’lini eng katta donishmandning huzuriga baxtning kaliti —
sirini bilib kelish uchun jo’natipti. Yigit sahroda qirq kun yo’l yuripti va nihoyat,
ulkan tog’ning tepasida haddan ziyod muhtasham bir qasrni ko’ripti. U qidirgan
donishmand shu qasrda yashar ekan. Kutganiga zid o’laroq qasr avliyo odamning xilvat go’shasiga o’xshamasdi. Uning ichi odamga to’la edi: savdogarlar mollarini maqtab har tomon yugurishar, burchak-burchaklarda odamlar to’p-to’p bo’lib gurunglashar, sozandalarning kichik bir dastasi qandaydir nafis kuyni ijro etar, zalning o’rtasida esa kattakon stol, uning ustiga dasturxon tuzalgan, dasturxon esa bu yurtning eng noyob va
tansiq taomlari, bag’oyat xushta'm noz-ne'matlariga to’la edi. Donishmand shoshmasdan mehmonlar bilan birma-bir ko’rishib chiqdi. Yigit navbati kelishini ikki soatcha kutib qoldi. Nihoyat, donishmand yigitning nima maqsadda kelganini bildi, lekin hozir unga baxtning kaliti — siri nimada ekanini tushuntirib berishga vaqti yo’q ekanini aytdi. Donishmand yigitga chiqib qasrni tomosha qilishni va ikki soatlardan keyin bu yerga — zalga qaytib kelishni buyurdi. «Sendan yana bir iltimosim bor, — dedi u yigitga ichiga ikki tomchi yog’ solingan choy qoshig’ini uzatib. — Bu qoshiqni o’zing bilan olib yur, faqat ehtiyot bo’l, ichidagi yog’i to’kilib ketmasin».
Yigit qoshiqdan ko’zini uzmagan holda qasrni aylandi, uning zinalaridan tepaga
ko’tarildi, pastga tushdi va, nihoyat, ikki soat o’tgach, Donishmandning
ro’parasida yana namoyon bo’ldi. «Xo’sh, qalay, — deb so’z qotdi donishmand. — Koshonadagi fors gilamfari senga manzur bo’ldimi? Benihoya mirishkor bog’bonlar o’n yiidan beri ko’zining oq-u qorasidek avaylab parvarish qilayotgan bog’dagi gullar va daraxtlar yoqdimi? Kutubxonadagi qadimiy kitoblar va nodir qo’lyozmalar-chi?»

Xijolatdan qizarib ketgan yigit bularning hech qaysisini ko’rmaganini tan oldi,


negaki, uning butun diqqat-e'tibori donishmand unga ishonib topshirgan ikki tomchi yog’da bo’lgan ekan. «Bor, orqangga qayt, mening uyimdagi hamma mo’jizalarni ko’rib kel, — depti donishmand. — Odam qayer-da va qanday yashashini bilmay turib, unga ishonib bo’lmaydi». Qo’lida qoshiqcha bilan yigit yana zallar va yo’laklar bo’ylab aylana boshlapti. Bu gal u o’zini ancha erkin his qilib-di va xonalarni bezab turgan hamma noyob va g’aroyib narsalarni ko’ripti. U bog’lami va qasr tevaragidagi tog’larni tomosha qilibdi, gullar jozibasidan va mohirlik bilan joylashtirilgan haykallar-u rasmlardan bahra olipti. donishmandning huzuriga qaytib kelib, ko’rgan narsalarining hammasini birma-bir sanab beribdi. «Men senga qoshiqchada olib borib, to’kmay qaytarib olib kel, deb bergan yog’ qani?» — deb so’rabdi donishmand. Shu choq yigit qarasa-ki, yog’ to’kilib ketgan ekan. «Senga berishim mumkin bo’lgan birdan-bir maslahatim ham shu, — depti donolar donosi. — Baxtning kaliti — siri ana shunda: bu dunyoni bezab turgan, unga joziba, ajiblik ato etib turgan nimaiki bo’lsa, hammasini ko’ra bilmoq kerak va ayni choqda o’sha choy qoshiqdagi ikki tomchi yog’ni ham zinhor-bazinhor unutmaslik zarur». (403ta so’z)

II.Yozma ishlar yozib bo’lingach daftarlar yig’ishtirib olinadi.

Uyga vazifa: o’tilgan darslarni takrorlab kelish.
. 10-sinf. Ona tili fani.

Mavzu: Yozma ish tahlili.

Darsning texnologik xaritasi:

Mavzu

Yozma ish tahlili.

Maqsad va vazifalari

Maqsad:-mavzuni ta’limiy va tarbiyaviy maqsadda o’quvchilarga yetkazish,xatosiz yozishga va nutq ravonligiga o’rgatish;

-o’zaro hurmat, hamkorlik tuyg’ularini, vatanparvarlik, axloqiy tarbiya sifatlarini singdirish;

-yozma nutqni rivojlantirish.

Vazifalari:-o’quvchilarda yozma nutq ravonligi va savodxonligini tekshirish.

-o’rganilgan nazariy bilimlardan qay darajada foydalana olayotganliklarini nazorat qilish, ular bilimini baholash.



O’quv jarayo-nini amalga oshirish texno-logiyalari

Metod: an’anaviy usul

Usul:mustaqil ta’lim

Shakl:yozma

Nazorat:og’zaki va yozma

Baholash: 5 balli tizim asosida.

Kutiladigan natijalar

O’qituvchi:O’quvchilarning yozma nutqini o’stiradi, savodxonliklarini oshiradi.O’quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi, bir darsda barcha o’quvchilar baholanishiga erishadi.O’quvchilar tomonidan mustaqil o’rganish, xotirada saqlash, nutqini yozma bayon qila olish ko’nikmalarini rivojlantiradi.Yozma nutqlarini o’stiradi.

Oquvchi:ravon va bexato yosish ko’nikmalarini hosil qiladi,mustaqil ishlashni o’rganadi,yozma nutq ravonligiga erishadi.

Kelgusi rejalar

O’qituvchi:pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish,darslarga tadbiq etish,takomillashtirish, o’z ustida ishlash.

O’quvchi:mustaqil ishlashni o’rganadi, o’z fikrini ravon bayon qila oladi,do’stona muhit va birgalikda ishlash ko’nikmalari shakllanadi

Uyga vazifa

Imlosi qiyin so’zlar lug’ati tuzib kelish, o’tilgan darslarni takrorlash.

Darsning blok chizmasi:

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Yozma ish tahlili o’tkazish

30 daqiqa

3

O’quvchilarni rag’batlantirish.

5 daqiqa

4

Uyga vazifa berish

5 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism : salomlashiladi, davomat aniqlanadi, o’quvchilarning darsga tayyorgarliklari kuzatiladi. Yozma ish daftarlari tarqatiladi.



II.Yozma ish baholari sinf jurnaliga ko’chiriladi.So’ng yozma ish tahlili o’tkaziladi:

1.Yozma ishlar matnlaridan eng yaxshi yozma ishlar o’qib beriladi.Kamchiliklarga yo’l qo’yilgan matnlardan o’quvchilar birgalikda mustaqil ravishda xato va kamchiliklarini aniqlaydilar.

Mavzuga mos matnlar tuzilganligi, matnni yaratishda fikrlar izchil va ravonligiga erishilganligi, lo’nda ifodalanganligi, imlo qoidalariga amal qilgan holda matn yaratilganligi, matnni husnixat bilan yozganligiga ahamiyat beradilar.

2.”O’rgan-o’rgat ” tizimi bo’yicha biriktirilgan faollar yozma ishni yozishda kamchiliklarga yo’l qo’ygan tengdoshlari bilan birgalikda bu kamchiliklarni tuzatadilar.

III.O’quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va imlo qoidalari yuzasidan musobaqalashadilar.

Musobaqaning 1- sharti- H va X undoshlari imlosiga oid lug’at diktanti o’tkaziladi.Bunda o’quvchilar imlosi qiyin so’zlarni yozuv taxtasi oldiga chiqqan o’;quvchilarga aytib turadilar, ular yozadilar.

2- sharti - Musobaqaning 2-sharti-”Savol bering, javob beramiz ” o’yini.

Bu shartga ko’ra o’quvchilar o’zlari tuzgan savollarini musobaqadoshlariga beradilar.

Musobaqaning 3-sharti-“Kim ko’p tushumva qaratqich kelishiklarini to’g’ri qo’llab so’z birikmalari tuzish” o’yini.


Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish