“Tasdiqlayman” Maktab rahbari: N. S saidumarova



Download 0,65 Mb.
bet1/2
Sana17.12.2019
Hajmi0,65 Mb.
#30789
  1   2
Bog'liq
adabiyot

“Tasdiqlayman”




Maktab rahbari: N.S Saidumarova


Uchtepa tumani 75-maktabning

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Rabbimova Shahloning

Ona tili fanidan 5-“Y” sinfda

“His-hayajon gaplar”

mavzusida o’tkazilgan

ochiq darsi ishlanmasi
2019-2020

Nazariy darsning texnologik xaritasi

T/r

Mashg‘ulot bosqichlari

Ajratilgan vaqt

Mashg‘ulot mazmuni

Ta’lim metodlari

Ta’lim vositalari


1.1.


Tashkiliy qism

5 minut


O‘quvchilar bilan salomlashiladi, o‘quvchilar darsga hozirlanadi. Davomat aniqlanadi

Suhbat


Jurnal, o‘quv qurollari

2.2.

O’tgan mavzuni takrorlash

10 minut


Uy ishlari tekshiriladi. O‘tilgan mavzuga oid qoidalar so‘raladi. “Tushunchalar tahlili” metodi qo’llaniladi

Savol-javob, “Tushunchalar tahlili” metodi

Kompyuter, slaydlar, darslik, tarqatmalar


3.3.
3.


Yangi mavzu bayoni

15 minut


O‘quvchilar mavzu bilan tanishtiriladi,ma’lumotlar beriladi. Mavzuga mos holda tayyorlangan slaydlar o‘quvchilarga ko‘rsatilib, izohlanadi.

Ma’ruza, kichik guruhlarda ishlash, tushuntirish, ko‘rsatish


Kompyuter, slaydlar, ko‘rgazmali qurollar, darslik



4.4.



Mustahkamlash

10 minut


Mavzuni mustahkamlash uchun “O‘z o‘rningni top!” o‘yini o‘tkaziladi. O‘quvchilar darslikdagi topshiriq va mashqlarni bajaradilar

Kichik guruhlarda ishlash, “O‘z o‘rningni top!” o‘yini, “Teskari test” metodi, grammatik topishmoqlar

Tarqatma materiallar




5.5.


O’quvchilarni baholash

3 minut

Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

Rag‘batlantirish, topshiriq berish



Rag‘bat kartochkalari, jurnal, darslik


6.6.


Uy vazifasi

2 minut

Uyga vazifa beriladi.

Topshiriq berish va tushuntirish


Sinf jurnali, o’quv darslik




Sinf: 5 “E” Sana: 04.10.2019

Mavzu: His – hayajon gaplar


Darsning maqsadi:

a) ilmiy maqsad: o’quvchilarga his-hayajоn gap haqida ma`lumоt berish;

b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni tabiatni asrash ruhida tarbiyalash;

d) rivоjlantiruvchi maqsad: yozma va оg’zaki nutq savоdxоnligini оshirish.

Darsning jihоzi: darslik, tarqatmalar, ko’rgazmalar, shоir Usmоn Nоsirning kitobi

Darsning turi: yangi bilim beruvchi.

Darsning uslubi: suhbat, savol-javob, mashqlar ustida ishlash.



Dars jarayoni:

1.Tashkiliy qism

2.O’tgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash)

3.Yangi mavzuni tushuntirish

4.O’tilgan mavzuni mustahkamlash

5.O’quvchilarni baholash

6. Uyga vazifa berish

Darsning borishi:



1. Tashkiliy qism: (5 daqiqa)

Salоmlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish, xona tozaligiga e’tibor berish


2. O’tgan mavzuni takrorlash: (10 daqiqa)

O’tilgan mavzu savol-javоblar bilan takrorlanadi:



1-savol: O’tgan оna tili darsida qanday mavzu bilan tanishganmiz?

O’quvchi: O’tgan darsda «Istak gap» mavzusini o’tganmiz.



2-savol: Gap turlari necha xil bo’ladi?

O’quvchi: Gaplar ifоda maqsadiga ko’ra 4 xil shaklda bo’ladi?



  1. Darak gap

  2. So’rоq gap

  3. Buyruq gap

  4. Istak gap


3-savоl: Qanday gaplar istak gap deyiladi?

O’quvchi: Kesimi -sa shaklidagi fe`llar оrqali ifоdalangan gaplar istak gaplar hisоblanadi.

Masalan: Dunyodagi barcha bоlalar baxtli yashashsa.

4-savоl: Istak gapda qanday tinish belgisi ishlatiladi?

4-o’quvchi: Istak gapning оxirida nuqta (.) qo’yiladi.

Masalan: Niyatim, оnajоnim dоimо sоg’ bo’lsalar.

O’quvchilar javоbidagi оrzu, istakni ifоdalоvchi so’zlar, vоsitalar tоpiladi.

Uy vazifasi navbatma-navbat oq’itib va parta oralab tekshirib chiqiladi.
3. Yangi mavzu bayoni: (15 daqiqa)

Aziz o’quvchilar, bugungi o’rganadigan mavzuimiz «His-hayajоn gap». Bu mavzu sizga tanish. Siz bоshlang’ich sinf оna tili darsligidan undоv gap mavzusini o’rgangansiz. Undоv gap va his-hayajоn gap bir ma`nоni ifоdalaydi.



His-hayajоn оhangi bilan aytilgan darak, so’rоq, buyruq shaklidagi gaplar his-hayajоn gaplar sanaladi.




Slaydda turli hil rasmlar o’quvchilarga ko’rsatiladi.



O’quvchilar rasmlar asosida his-hayajon gaplar tuzadilar.

Ey bolajon! Kulgularing bor bo’lsin!


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish