Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni sinf jurnaliga qayd qilish.
Faollashtiruvchi savollar:
Tasviriy san'atning qanday tur va janrlarini bilasiz?
Eng birinchi Q‘zbekistonning ayol rassomi kim, va uning qanday asarlarini bilasiz?
V) Impressionizmning ma’nosi nima?
0’qituvchining kirish so‘zi
Yangilik o‘zgarishdan
Bizning ko'nglimiz ham shod Kirib kelgan yilingiz
Nomi “Sog’lom ona va bola"
Qadrli va aziz o‘quvchilar! Siz bizning yorqin kelajagimiz, ona vatanimizning g‘ururi iffixori, ertagingi kunimizning davomchilarisiz.
Prezidentimizning farmoni bilan 2016-yil “Sog’lom ona va bola ” yili deb e’lon qilingan ekan, bu bilan sizning imkoniyatlaringiz yanada kengayadi. Maktab dargohlarida sizning kamolotga erishishingizda keng yo‘l ochib beradi. Hamma ezguliklar bilim tufaylidir.U tufayli ko‘kka yo‘l topiladi. Bu ishda sizning eng yaqin ko‘makdoshingiz, ilm olishingizda yo‘l boshchi, bunyodkorlik ishlarida, aql idrokning rivoj topishida beminnat yordamchi do‘st, ilmu donishning asosi Kitob yordam beradi. Bugun siz bilan o‘tkazayotgan norasmiy darsimizda kitob dunyosi, uning yaratilishi tarixiga bir nazar tashlaymiz. Qani, kitob biz uchun nima? Oddiy buyum yoki ... Keling shu savollarga javob topaylikchi?
Ey o‘quvchi: Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo‘qdir. Kitob balog‘atga, latofatga, tengi yo‘q munofiqlardan holi hamroxdir. Yolg‘izlikda va g‘amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoqdir na gina. U shunday hamdamki so‘zlarida yolg‘on va xato bo‘lmaydi.
Shunday ekan siz haqida nima deysiz?
1-o’quvchi:Kitob olimlar fikrining panoxgohi, dono kishilar bo'stonining chamani, oddiy kishilarning tomoshagohidir, U barcha yerda barcha bilan oshno dardli kishilar diliga davodir.
2-o’quvchi:Kimki kitobga ko‘p boqsa. Kitob uning zehnini oshiradi. So'zga chechan qiladi.
3-o’quvchi:Kitobni o‘tmish va kelajakdan xabar beradi.
4-o’quvchi:Kitob odob axloqning koni bilimning esa bulog'idir.
Mana fikrlaringizni eshitdik. Ozmi-ko‘pmi u haqida bilimingiz bor! Bugungi darsimizda fikrlar davomi sifatida shunday mavzuni o‘tamiz.
Kitobot san’ati. Tarixi.
1.Kitobot san’ati-sharq madaniyatining eng nodir qadimiy turlaridan biri. Kitob sharqda qadimdan izzat-ikromda bo‘lgan. Unda vatan va millat tarixi, ilm-fan sirlari, kishilarning falsaviy va estetik qarashlari va turmush tarsi aks ettirilgan. Sharq kitoblarida sharqona donolik ma’naviy barkamollikni aks ettirganlar. Sharq kitobot san’atining yana bir qimmatli jihati shundan iboratki unda hattot, naqqosh, rassom, muqavosoz, zarhal harf yozuvchi mutaxassislarning yuksak badiiy mahorati sintezi tufayli badiiy asar darajasiga yetkazilgan. Endi siz bilan ikki guruhga bo‘linib, “topqir” o‘quvchilar baxsini boshlaymiz. 0‘quvchilar “Bahor” va “Nafosat” guruhlariga bo‘linishida. Tanishuv sharti bo‘lib o'tadi.
2.Ilm daraxtiga jon baxsh eting. Atrofga qarang hamma daraxtimiz ko‘kka burgangan juda go‘zal, negadir bizning ilm daraxtimiz uyquda. Siz o‘zingiz topqirligingiz bilan uning gullab yashnashiga yordam berasiz.
Guruh a’zolariga 5 tadan savol beriladi va javoblar baholanadi.
“Bahor” guruhi.
1-kartochka.Dizayn nima? Turli buyumlar. binolar intereri texnik vositalami qo‘llash.
2-kartochka.Illyustratsiya nima? Biror matn yoki biror xodisani to'Idirish. yoki tushuntirish uchun ishlangan tasvir.
3-kartochka.Girix so‘zining ma’nosini tushuntiring? Kompozitsiya geometrik shakllardan hosil qilingan naqsh turi.
4-kartochka.Grafika nima? Tasviriy san’at turi: uning metografiya, gravyura, ofort, plakat, dastgoh, kitob ishlab chiqarish kabi turlari mavjud.
5-kartochka.Emblema nima? Biror bir g‘oya harakat, jamiyat, tashkilot, korxona va hokazolaming shartli tasviri.
“Nafosat” guruhi.
1-kartochka. Ekspozitsiya nima? Muzey. ko'rgazma zallariga qo‘yilgan asori-antiqa, buyum, kartina
2-kartochka. Animal janrda nima tasvirlanadi? Hayvonlar tasviri ishlanadi.
3-kartochka. Geraldika so'zining ma’nosi nima? Gerbshunoslik, gerblar tarixini o‘rganadigan san’at turi.
4-kartochka.Qodirjon Haydarov kim? Usta yog'och uymakori. Toshkentlik.
5-kartochka.Mono Liza asari muallifi kim? Leonarda Do Vinchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |