Sana; 15-aprel 2022-yil.
Sinflar; 1-“A”, “D” , 3-“A”,”B”,”D”
Tadbir bo`ladigan joy bayramona bezatilgan.
Madhiya kuylanadi.
Assalomu aleykum hurmatli ustozlar aziz mehmonlar. Bizning bugungi “Texnologiya , robotatexnika- bu bizning kelajagimiz” nomli tadbirimizga xush kelibsizlar. Bugungi tadbirimiz bellashuv tarzida bo`lib o`tadi.
So`z navbatini maktabimiz direktori; Najmiddinov Husniddin Husenovichga beramiz.
1-shart ; O`quvchilarni tayyorlab kelgan qo`l ishlarini baholash.
2-shart ; Har bir sinfdan raqslar namoyishi.
3-shart ; Aqliy hujum savollari.
4-shart ; Pantomima
2-shart ; Raqs; 1-A “Toshkent”
Raqs; 1-D “Xorazmcha”
Raqs; 3-A “Popuri”
Raqs; 3-B “Boychechagim” Ziyoda
Raqs; 3-D
3-shart Aqliy hujum ;
1-“A” savollar
1. Men suvman va suv yuzasida suzib yuribman. Men nimaman (Muz)
2.Qanday taomga tuz solinsa ham sho`r bo`lib ketmaydi ?
(Qaynatilgan tuxum)
3.Hakka qaysi mevani sevib iste`mol qiladi ?
(Yong`oq)
4.Rangi har xil
Nomi bir xil (Rangli qalam)
5.25+60-53 Misolni yeching.
Javob; (35)
1-“D” savollar;
1.Choyni qaysi qo`l bilan aralashtirish kerak ?
57-45+12 Misolni yeching.
Javob; (24)
2.Bir ajoyib ishxona, ichi doim qishxona (muzlatgich)
3. Dengizda qanday tosh bo`lmaydi ?
(Quruq tosh)
4.Kim o`tirgan holda yuradi. (Shaxmatchi)
5.Po`lat qushim uchdi-ketdi
Bir zum o`tmay oyga yetdi. (raketa)
3-“A” savollar
Qo`l bilan ekiladi
Ko`z bilan teriladi
Og`iz bilan o`riladi (so`z , harf)
Katta quti ko`zi bor
Ko`p tomosha , so`zi bor . (televizor)
Kishiga 3marta beriladi. 1-2-marta bepul 3-marta yoki undan keyin pul to`lash kerak bo`ladi (tish)
Merining otasining 5 ta qizi bor. Ulaning ismlari Chichi , Chocho , Chacha , Cheche. 5-qizining ismi nima bo`lishi mumkin? (Meri)
Misol; 81:9+10+5 (24)
3-“B” savollar
Daraxt emas yaproqli
Ko`ylak emas etakli
Odam emas so`zlaydi
Turli kuylar kuylaydi. (bulbul)
Stol ustida chizg`ich, qalam, sirkul va o`chirg`ich turibdi. Varaqqa aylana chizish kerak. U birinchi nimani oladi ? (sirkul)
Kichkina , kulranggina , filga o`xshaydi. U nima ? (fil bolasi)
Undan qanchalik ko`p olayersangiz , u shunchalik kattalashib borayveradi. U nima ? (chuqur)
Misol; 49:7+13+5 (25)
3-“D” savollar
Qaysi inson otni ham , filni ham hech 1 qiyinchliksiz ko`tarishga ,
ularni joyiga o`zgartirishga qodir. U kim ? (shaxmatchi)
U sizga tegishli , ammo boshqalar ko`proq foydalanishadi. U nima?
(u sizning ismingiz)
U savol emas lekin unga javob berish kerak. U nima ?
(Telefon yoki eshik qo`ngirog`i)
Qaysi oddiy odam oldida hatta podshoh ham bosh kiyimini yechadi. U inson kim ? (ona )
Misol: 64:8+15+5 (26)
Raqs; 2-“D” sinf qizlari ijrosida
4-shart; Pantomimo
1-“A” Daraxt, quyosh, kitob, telefon, quyon
1-“D” Kompyuter, qurbaqa, gul, qush, oyoq kiyim
3-“A” Sumka, igna, badan tarbiya, oyna, taomlanish.
3-“B” Suv ichish, soch tarash, futbol, yomg`ir, sher
3-“D” Shashka , gulga suv berish, shamol, ko`chatni ekish , tulki
So`z navbatini hay`at a`zolariga beramiz….
Tadbirdaa faol ishtirok etgan 1-“A” , “D”. 3-“A” , “B” , “D”.
Tadbirimiz o`z nihoyasiga yetdi. Hammangiz qimmatli vaqtingizni ayamay kelganingiz uchun rahmat. Sog`-salomat bo`linglar.
Do'stlaringiz bilan baham: |