Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning jihozi: mavjud texnika vositalari, tarqatma materiallar.
Darsning rejasi:
1. Fe'l haqida ma'lumot.
2. Fe'lning gapdagi o’rni haqida.
O’qituvchi dars boshlagach, quyidagi so’zlar yozilgan tarqatma materiallarni o’quvchilarga beradi: ishladim, o’qidim, o’yladim, yozdi, bordi, kelayapti, bajarayapmiz va boshqalar. O’quvchilar bu so’zlar ishtirokida og'zaki usulda gap tuzadilar. Mazmunli tuzilgan gaplar sinf taxtasiga yozdiriladi.
O’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi:
1. Tuzgan gaplaringizda harakat va holat bildiruvchi so’zlar bormi?
2. Ular qaysi so’roqlarga javob bo’ladi?
O’quvchilarning javoblari xulosalanadi va nazariy ma'lumotlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |