Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
1-topshiriq. Berilgan gaplarni solishtiring. Qaysisida harakatni bajaruvchi shaxs birdan ortiq ekanligini ayting.
1. Mehmonlar ko'prikdan o'tishdi. (Abdulla Qahhor) 2. Sobir she'r yozdi.
2-t o p s h i r i q. Yuqoridagi gaplar tarkibidagi fe'llarni qismlarga ajrating. Nisbat shakllarini aniqlang.
BILIB OLING. Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe'l shakli birgalik nisbati deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |