MAVZU: O’simlik - yaxlit organism. Nazorat ishi - 5
Darsing maqsadlari:
a) ta’limiy maqsad: O’simlik va atrof muhit, f to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga ekologik iqtisodiy, estetik , gigiyenik tarbiya berish orqali kasbga yo’naltirish.
c) rivojlantiruvchi maqsad : Olgan BKMlar orqali ilmiy va hayotiy dunyoqarashini kengaytitish.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiya elementlari:
Biologik obyekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetensiyasi:
gulli o‘simliklarning generativ ko‘payish organlari, changlanish, o‘zidan va chetdan changlanish turlari, suniy changlatish, jinsiy hujayralarning hosil bo‘lishi, urug‘lanish, qo‘sh urug‘lanish, urug‘ va mevaning hosil bo‘lishi, gulli o‘simliklar hayotining asosiy bosqichlarini biladi va izohlay oladi;
Biologik obyekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o‘tkazish kompetensiyasi:
gulli o‘simliklarni urug‘idan ko‘paytira oladi;
sporali va ochiq urug‘li o‘simliklar turli sistematik birliklarining tarqalishini o‘rganish uchun tabiatda kuzatishlar olib borib, to‘plangan materiallarni tahlil qila oladi, kuzatuv natijalarini qayd etadi, umumlashtirib, xulosalar chiqara oladi;
II. Dars tipi: yangi bilimlar, ko’nikma, malaka hosil qilish;
III. Dars uslubi: Interfaol, BBB metodi, aqliy hujum
Darsning jihozlanishi: kompyuter, multimediya, sladlar, gerbariylar to’plami, biologiyadan proyeksion rasmlar to’plami , ekran.
Darsning borishi : Tashkiliy qism.
O’tgan mavzuni so’rash: savol - javob asosida
Yangi mavzu bayoni
Nazoratishi –V
Mavzu:Meva.Urug‘.
Nazoratshakli: Testtopshiriqlari.
1. Murtakqandayqismlardaniborat?
A. Po‘st, endosperm, murtak. B. Po‘st, 2 ta urug‘palla, murtak.
D. Endosperm, ildizcha, kurtakcha. E. Ildizcha, poyacha, kurtakcha.
2. Urug‘ nafas olganda nima yutib, nima chiqaradi?
A. Kislorod yutadi, karbonat angidrid,suv, issiqlik chiqaradi.
B. Karbonat angidrid yutadi, kislorod chiqaradi.
D. Kislorod yutadi, havo,karbonat angidrid hiqaradi.
E. Karbonat angidrid yutadi, issiqlik, havo chiqaradi.
3. Danakli mevalarni aniqlang.
A.Qulupnay, pomidor, uzum. B. Qovun, olcha, olma.
D. Olxo‘ri, gilos, shaftoli. E. Malina, olma, ituzum.
4. Chin mevali o‘simliklarni aniqlang.
A. Olma, olcha, gilos. B. Olxo‘ri, o‘rik, shaftoli.
D. Nok, behi, gilos. E. Behi, olma, nok.
5. Qaysi o‘simlik urug‘ida yog‘ ko‘p bo‘ladi?
A. G‘o‘za, kungaboqar, yong‘oq. B. Sholi, bug‘doy, makkajo‘xori.
D. Shaftoli, mastak, kampirchopon. E. Loviya, mosh, no‘xot.
6. Qaysi o‘simlik urug‘ida kraxmal ko‘p bo‘ladi?
A. G‘o‘za, kungaboqar, yong‘oq. B. Sholi, bug‘doy, makkajo‘xori.
D. Shaftoli, mastak, kampirchopon. E. Loviya, mosh, no‘xot.
7. Dukkak mevali o‘simliklarni aniqlang.
A. Mosh, loviya, no‘xot. B. O‘sma, karam, rediska.
D.G‘o‘za, lola, bangidevona. E. Bug‘doy, sholi, makkajo‘xori.
8. Qanotchali mevalarni belgilang.
A. Burchoq, xina, yorongul. B. Qayrag‘och, shumtol, zarang.
D. Qoqio‘t, terak, tol. E. Bug‘doy, sholi, makkajo‘xori.
9. Ziravor o‘simliklarni belgilang
A. Bug‘doy, sholi. B. Kashnich, mosh.
D. Zira, murch. E. Nok, olma.
10. O‘simlik urug‘i unib chiqichi uchun qanday omillar zarur?
A. Kislorod, karbonat angidrid B. Suv, havo, harorat, tuproq.
D. Kislorod, havo, tuproq. E. Suv, tuproq.
Yangi mavzu mustahkamlash.
Savol- javob asosida.
Do'stlaringiz bilan baham: |