460-masalaning yechilishi:
1-usul. 1) 2 kg li xaltachalarda - 2 • 20 = 40 (kg);
2) 3 kg li xaltachalarda - 3 • 10 = 30 (kg);
3) qopdagi guruch: 40 + 30 = 70 (kg).
2-usul. 2 • 20 + 3 • 10 = 40 + 30 = 70 (kg).
Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.
Uyga qo'shimcha topshiriq: Nollar bilan tugagan yuzlik va o'nliklami qo'shish va ayirish qoidasini yod olish.
Sana: __________ Sinf: 3 ______ Fan nomi: Matematika
Mavzu. Massa o'lchov birliklari. Kilogramm. Gramm.
495-504-misol va masalalar.
Tayanch tushunchalar: Massa o'lchov birliklari, kilogramm, gramm.
Mavzuning qisqacha mazmuni: Massa o'lchov birliklari, kilogramm, grammga doir misol va masalalar yechish.
Metodlar: Suhbat, mustaqil ishlash.
Jihozlar: darslik, chizg'ich mavzuga doir plakatlar.
Nazorat: Uy vazifasini tekshirish, og'zaki so'rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.
Baholash: Uy vazifalarining bajarilishi, doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o'quvchilar baholanadi.
Mashg‘ulotning maqsadi: a) ta’limiy: O'quvchilarda massa o'lchov birliklari, kilogramm, gramm haqida bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish.
B) Tarbiyaviy:
Turli miqdoriy masalalarni yechishda hisoblashning bu usuli yordamida tez, oson, qulay ko'paytirish usullaridan foydalanishga o'rgatish va shu asosda bolada o'z kuchiga ishonishga, tabiat, jamiyatdagi turli voqea-hodisalarga ongli munosabatda bo'lish, topqirlik, ijodkorlik kabi axloqiy xislatlarni tarbiyalashga.
Rivojlantiruvchi: Massa o'lchov birliklari, kilogramm, gramm va ularga doir misol va masalalar yechish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarga ega boiadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |