Sana: _______________
Mavzu: Masalalarni jadval usulida yechish.
Maqsad: Matematik misol va masalalarni tez va oson yo’l bilan yechish haqida yangi bilim berish.
Ta’limiy: Matematik masalalarni jadval usulida yechishni o’rgatish
Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Ulardagi Vatan haqidagi tushunchalarini boyitib, uni ko’z qorachig’iday asrab-avaylash lozimligini tushuntirish.
Rivojlantiruvchi: Murakkab masalalarni mustaqil yechishni
o’rgatish.
Dars turi: Yangi tushuncha berish, bilimlarni
mustahkamlash.
Dars metodi: Guruhlarda ishlash, ta’limiy o’yinlar,
suhbat tushuntirish
Darsning jihozi: Darslik, daftar, kompyuter.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism .
Salomlashish, ob-havo haqida suhbatlashish, ma’naviyat daqiqasini o’tkazish.
O’quvchilarning darsga tayyorgarliklarini nazorat qilish.
O’qituvchi:
Ma’rifat gulshanin gul-u, lolasi,
Jannatmakon yurtning o’tli lolasi.
Shukronalar aytib, boshlayin darsni,
Salom, bog’larimning totli mevasi
Assalomu – alaykum!
O’quvchilar: Vaalaykum - assalom
O’qituvchi: Bolalar sog’misiz-omonmisiz,
Bugungi darsga tayyormisiz?
O’quvchilar: Bizlar sog’miz – omonmiz,
Yangi darsga tayyormiz.
O’qituvchi: Har narsadan xabarchi,
Sinfda kim navbatchi?
Navbatchi o’quvchi: Sinfda men navbatchi,
Ustozimga yordamchi.
Pok tutaman xonani,
Hamda yozuv taxtani,
Ustozimiz shod bo’ling,
Bugun hamma shu yerda.
Darsingizni miriqib,
Eshitish umidida.
O’qituvchi: Aziz bolajonlar, yangi darsimizni boshlaymiz. O’qituvchi uyga berilgan vazifalarni tekshirib chiqadi.
Bugungi sana va mavzu doskaga yoziladi. O’qituvchi yangi mavzu haqida o’quvchilarga tushuntirib beradi.
Yangi mavzu bayoni:
Masalalar yechishda quyidagi bosqichlarga rioya qilish maqsadga muvofiq:
bosqich: masala mazmuni bilan tanishish;
bosqich: masala yechimini izlash;
bosqich: masalani yechish;
bosqich: masala yechimini tekshirish.
Masala yechishda qulay bo’lishi uchun qisqa yozuvlardan ya’ni „bor edi“, „qo’ydik“, „bo’ldi“ va hokazolar kabi qisqa so’zlar orqali masala shartini tuzib olamiz.
Masala: Baliqchi 10 ta cho’rtanbaliq, 8 ta tangabaliq tutdi. Baliqchi jami nechta baliq tutdi?
Bunda, masala sharti quyidagicha bo’ladi:
Cho’rtanbaliq – 10 ta,
Tangabaliq – 8 ta,
Jami - ?
Yechish: 10+8=18
Javob: jami baliq 18 ta.
Endi ushbu masalani jadval ko’rinishida yozib olamiz.
Cho’rtanbaliq
|
Tangabaliq
|
Jami
|
Javob
|
10 ta
|
8 ta
|
?
|
10+8=18 ta
|
Masala: Traktor 6 soat ish vaqtida 48 litr yonilg’i sarfladi. Yonilg’i soatiga o’sha normada sarf bo’lganda 12 soatda traktorga qancha yonlig’i kerak bo’ladi?
Yoqilg’i sarf bo’lish normasi
|
Ish vaqti
|
Sarf bo’lgan jami yoqilg’i
|
Javob
|
Bir xil
|
6 soat
12 soat
|
48 litr
?
|
48+48=96 litr
|
Masala: Stol ustida 17 ta qalam bor. Qutida stol ustidagidan
4 ta kam. Qutida nechta qalam bor?
Stol ustida
|
Qutida
|
Sarf bo’lgan jami yoqilg’i
|
Javob
|
17 ta
|
4 ta kam
|
?
|
17-4=13 ta
|
Mustaqil yechish uchun masalalar:
1. Yosh tabiatshunoslarga 15 tup olma ko’chati va 10 tup olxo’ri ko’chati ajratildi . Yosh tabiatshunoslarga qancha ko’chat ajratilgan?
2. Yengil mashina yo’lda 4 soat bo’ldi va soatiga 56 km tezlik bilan yurdi. Mashina qancha masofani bosib o’tdi?
3. Do’konda 2 bo’lak chit sotildi. Birinchi bo’lak uchun 180 so’m, ikkinchi bo’lak uchun ikki marta ko’p pul berishdi, ikkinchi bo’lak uchun qancha pul berishgan?
5. Bir oshxonada 29 kg karam, 9 kg bodring, 12 kg pomidor tuzlandi. Ikkinchi oshxonada undan 5 kg kam karam, 3 kg kam bodring, 2 kg kam pomidor tuzlandi. Ikkinchi oshxonada necha kilogrammdan karam, bodring va pomidor tuzlangan?
Darsni yakunlash.
Uyga vazifa: jadval usulida misol va masalalar yechish.
Do'stlaringiz bilan baham: |