Kuy biror bir musiqa asbobi yordamida yuzaga keladi. Yuqorida aytganimizdek kuylar turli xil bo`ladi.Biz doimo kuylarni shovqinlardan ajrata bilishimiz lozim.
Shuningdek tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish qo`shiqning ma`noli va yoqimli bo`lishiga olib kelishi aytiladi.Tovushlar yuqori, past va bir tekis balandlikda bo`ladi. Sho`x kuy va qo`shiqlar yuqori tovushda, g`amgin qo`shiqlar past tovushda ijro etilishi aytib o`tiladi.Musiqada 7 ta tovush bor. Bular: do, re, mi, fa, sol, lya, si.Bu tovushlarning barchasi nota chizig`iga yoziladi.Bu tovushlarning eng yuqorisi si hisoblansa, do eng past aytiluvchi tovushdir. Har bir xonanda musiqa ijro etayotganda albatta mana shu tovushlarning joylashishiga qarab qo`shiq kuylaydi.Musiqa tovushlarining yuqoriga ko`tarilishi va pastga qarab tushishi tushuntiriladi.
Inson hayotida musiqa muhim ahamiyatga ega, Musiqa orqali insonlarning holati aytiladi. Har bir musiqaning o`z vazifasi bor. Kayfiyatni ko`tarish uchun sho`x, quvnoq kuylar eshitishni, tushkunlikka tushganda esa g`amgin, mungli ohamglarni eshitishni, to`y-tantanalarda yana raqsbop qo`shiq-kuylarni eshitishni xohlaymiz. Shunday ekan musiqa inson hayoiti bilan chmbarchas bo`g`liqdir.
O`quvchilarga o`zbek xalq qo`shig`i “Chamanda gul” qo`shig`i eshittiriladi.
O`quvchilar bilan qish faslining oxirdi oyi o`tayitgani va bu fasldan so`ng bahor kelishi aytib o`tiladi. Bahor faslida tabiat uyg`onadi , borliq gullarga to`ladi. Bugun biz sizlar M. Oqilova she`ri , Il. Akbarov musiqasi bilan yaratilgan “Gullola” qo`shig`i eshittiriladi..She`r mazmuni o`qib, tushuntiriladi, o`qituvchi tomonidan ijro etiladi.
O`quvchilar bilan yuqorida aytilgan qo`shiq haqida suhbat o`tkaziladi.Avval o`qituvchi tomonidan matn o`qiladi, mazmuni yoritiladi, so`ng matn kuyga solinadi va qo`shiq qilib ayttiriladi.
2-darsda ham bugungi o`rganilgan mavzu mustahkamlanadi. Qo`shiq aytish qoidalari, “Gullola” qo`shig`i o`quvchilardan so`raladi va o`rgatiladi.
IV. Mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan suhbat olib boriladi. So`ng birgalikda “Gullola” qo`shig`ini ijro ettiramiz. O`quvchilarga avval matn so`zlarini bir necha bor takrorlab o`rgatamiz. So`ng uning kuyini ijro ettiramiz.
Sinf 3 qatorga bo`linadi va har bir qatorga alohida- alohida ham ayttiramiz. Eng chiroyli ijro etgan qatorlar rag`batlantirib boriladi.
Mavzu 2 ta darsga mo`ljallanganligi uchun 2-dars davomida ham qo`shiqni to`g`ri, so`zlarini aniq ijro ettirishga o`rgatib boramiz.
2-dars davomida o`quvchilardan o`tilgan mavzu yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.
V. O`quvchilarni baholash.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:
Uyga vazifa o`rganilgan mavzular yuzasidan takrorlash topshiriladi.. Dars yakunlandi.
23-dars sana: O`qituvchi –Abdurahmonova Gulnora Abduvaxobovna
Fan: Musiqa
Sana:
Mavzu: Biz sevgan cholg`ular.
Darsning maqsadi.:
1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqidagi bilimlarini mustahkamlsh, milliy cholg`u asboblari bilan tanishtirish.
2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish.
3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish
Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |